A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov


 §. Antropogenezning harakatlantiruvchi omillari



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

6 §. Antropogenezning harakatlantiruvchi omillari 
 
Tayanch tushunchalar va bilimlar: 
biologik omillar, ijtimoiy omillar, 
irsiyat, o„zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tik yurish, embrional rivojlanish, 
organlar tizimi. Nutq, tafakkur. 
Odamning kelib chiqishida rol o‗ynagan omillarni biologik va ijtimoiy 
omillarga ajratiladi. Biologik omillar barcha tirik mavjudotlar o‗simlik hayvon-
larning evolyutsiyasida rol o‗ynagan omillardir. Ularga irsiy o‗zgaruvchanlik, 
yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish kiradi. Ana shu omillar odam 
evolyutsiyasining dastlabki davrlarida o‗z ta‘sirini odamning eng qadimgi 
ajdodlariga ham o‗tkazadi. Qayd etilgan omillar tufayli qadimgi odamsimon 
maymunlar organizmi bir qancha morfo - fiziologik o‗zgarishlarga uchragan.
Shularning natijasida tik yurish layoqati daraxtdan pastda - yerda yashashga 
o‗tgan maymunlarda paydo bo‗lgan. Avstralopiteklarda rivojlangan qo‗l, 
oyoqlarning funksiyasi taqsimlangan, lekin odamning kelib chiqishida faqat 
biologik omillarning o‗zi yetarli bo‗lmaydi. Antropogenezda biologik omillardan 
tashqari ijtimoiy omillar mehnat, jamoa bo‗lib yashash, faoliyat ko‗rsatish, ya‘ni 
nutq hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗lgan. 
Antropogenezni harakatlantiruvchi asosiy omil mehnat hisoblanadi. Eng 
yuksak darajada rivojlangan maymunlar tayyor narsalarni qurol o‗rnida 
ishlatadilar, lekin ularning o‗zlari qurol yasay olmagan. 


80 
Tik yurish
layoqatini yuzaga kelishi odam evolutsiyasi uchun, ayniqsa, 
muhim rol o‗ynagan. Tik yurish natijasida maymunlarning tana kattaligi va vazni 
orta borgan. Umurtqa pog‗onasiga egiluvchanlik baxsh etgan. S simon bukilma 
yuzaga kelgan. Gumbazsimon oyoq panjasi paydo bo‗lib, chanoq kengaygan. 
Dumg‗aza mustahkamlangan, jag‗ apparati ancha engil bo‗lib qolgan.Tik yurishga 
layoqatli bo‗lish million yillar davomida qaror topgan.Tik yurish biologik jihatdan 
olganda odamni anchagina mushkul ahvolga solib qo‗ydi. U odamning yurish 
tezligini chekladi, dumg‗azaning harakatchanligidan mahrum qildi. Uzoq vaqt tik 
yurish va yuk tashish panjalarning yassilashishiga va oyoq vena tomirlarining 
kengayishiga sababchi bo‗ldi. Darvinning fikricha, tik yurishga o‗tish 
maymunlarning odamga aylanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗ldi. 
Tik yurish tufayli odamning maymunsimon ajdodlarida qo‗llar tanani tutib turish 
vazifasidan xalos etib, xilma-xil harakatlar qila olish layoqatini kasb etdi. Odam 
shakllanayotgan davrda uning qo‗llari dastlab sust rivojlangan bo‗lib, eng oddiy 
harakatlarni bajargan, xolos. Yashash uchun kurashda qo‗llari mehnat qilish uchun 
foydali irsiy o‗zgarishlar paydo bo‗lgan. Individlar tabiiy tanlanish tufayli 
saqlanib, o‗zlarida vujudga kelgan bunday o‗zgarishlarni kelgusi nasllarga berib 
borgan. Driopiteklardan to homo halilis va pitekantrop, sinantroplarning tabiiy 
narsalarni qurol o‗rnida ishlatishdan to ularni o‗zi tayyorlaydigan bo‗lguncha 
oradan million yillar o‗tgan.
Mehnat qurollarining eng oddiylari ham odamni atrof- muhitga qaramligini 
yengillashtiradi, bilim doirasini kengaytirib, tabiatdagi narsalarni nomoyon bo‗lish 
xossalarini ochib beradi. Mehnat qurolining rivojlanishi odamning kelib chiqishida 
biogen omillar ta‘sirini susaytirib, ijtimoiy omillar ta‘sirini kuchayishiga olib keldi.
Ijtimoiy hayot tarzi odam evolyutsiyasining bosh omilidir. Eng oldin mehnat 
ijtimoiy bo‗lgan, chunki maymunlar to‗da – to‗da bo‗lib yashagan. Mehnat jamoa 
a‘zolarining jipislashuviga olib kelgan. Ular birgalikda yirtqich hayvonlardan 
himoyalangan, ov qilishgan, bolalarini tarbiyalashgan. Jamoaning yoshi ulug‗ 
a‘zolari kichik yoshdagilarga ozuqalarni qidirib topishni, qurol yasash sirlarini, ov 
usullarini, olovni saqlashni o‗rgatib borganlar. Mehnat jarayonining rivojlanib 


81 
borishi bilan odam ajdodlari bir - birini quvvatlash va bir - biriga yordam berish 
foydali ekanligini tobora aniq bila borgan. Eng qadimgi ov va baliqchilik qurollari, 
eng qadimgi odamlarning go‗shtli ovqat iste‘mol qilganligidan dalolat beradi. 
Olovda pishirilgan ovqatni istemol qilish, chaynash apparati pastki jag‗larga 
tushadigan yuklamani kamaytirgan. Maymunlarda baquvvat chaynash muskullari 
kelib birikadigan tepa suyak qirrasi biologik ahamiyatini yo‗qotib, foydasiz bo‗lib 
qolgan va yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish jarayonida asta- sekin yo‗qolib 
ketgan. O‗simlik ovqatlaridan aralash ovqatlanishga o‗tish ichakning qisqarishiga 
olib kelgan. Olovdan foydalanish organlar va, ayniqsa, miyani zarur moddalar 
bilan ta‘minlashda, sovuqdan, yirtqich hayvonlardan himoyalanishda muhim 
ahamiyatga ega bo‗lgan. Atrof- muhitni o‗lik va tirik tabiatni bilishda orttirilgan 
hayot tajribasi avloddan- avlodga berilib, takomillasha borgan. Jamoa bo‗lib 
yashash odamlarning bir-biri bilan muomala qilish uchun keng imkoniyatlar 
yaratgan. Jamoa a‘zolarining birgalikdagi faoliyati imo-ishora, har xil tovushlar 
orqali xabarlashib turish zaruriyatini tug‗dirgan. Dastlabki so‗zlar unchalik aniq 
ifodalanmagan bo‗lsada, ular mehnat yumushlari bilan bog‗liq bo‗lgan va ish – 
harakatlarni bildirgan narsalarni nomlash esa keyinchalik paydo bo‗lgan.
Maymunlarning yaxshi rivojlanmagan hiqildog‗i bilan og‗iz apparati irsiy 
o‗zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish tufayli insonning ma‘noli nutq organiga 
aylangan. Oqibatda odam signallarni so‗z holida idrok eta oladigan bo‗ldi. Bu 
ikkinchi signal sistemasidir. 
Nutq ajdodlarimiz aqliy rivojlanishini ma‘lum bosqichda paydo bo‗lgan va 
miyani yanada rivojlanishiga, fikrlash jarayoniga ta‘sir ko‗rsatgan. So‗z tufayli 
aniq narsalarni hayolga keltirish, umumashtirish, xulosalash, ya‘ni obstrak tarzda 
fikrlash amalga oshgan. Bu faqat insonlarga hos xususiyatdir. So‗z orqali odamlar 
o‗zaro muomalada bo‗ladilar. Katta yoshdagilar o‗z bilimini kelgusi avlodga so‗z 
orqali beradilar. So‗z insonni tarbiyalashda muhim vazifa hisoblanadi. Nutq 
ijtimoiy munosabatlarni kuchaytiradi. Insoniyat jamiyati evolyutsiyasi davomida 
tabiiy tanlanish asta-sekin o‗z ahamiyatini yo‗qotib bormoqda. 


82 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish