Abdullayev sayfulla fayzullayevich azimov sanjar samadovich avezov sherali naimovich



Download 7,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/107
Sana08.06.2022
Hajmi7,4 Mb.
#643049
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   107
Bog'liq
fayl 1992 20211005

Tabaqalashtirilgan ta‟lim 
Mamlakatimizda umumiy o‗rta maktab - yagona maktab bo‗lib, unda barcha bolalar 
yagona o‗quv reja, yagona namunaviy o‗quv (fan) dasturi hamda yagona o‗quv darsligi 
bo‗yicha shug‗ullanadilar. Biroq bolalar tabiatan har xil. Ularning qiziqishlari va 
moyilliklari bir - birlariga o‗xshamaydi

layoqatlari ham, rivojlanish darajalari xam 
turlicha. Yuqori sinflarda esa hayotiy rejalar turli - tuman bo‗ladi. Kichik yoshdagi 
bolalarga ta‘lim berishda mazkur fanlarni hisobga olish deyarli murakkabliklar 
tug‗dirmaydi. 
Mazkur farqlarni odatda o‗quvchi shaxsiga pedagogik jihatdan o‗zini 
oqlaydigan individual yondashuv, o‗quv jarayonining to‗garak va sinfdan tashqari 
mashg‗ulotlar bilan to‗ldirish orqali hisobga olish, erishish mumkin. 
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablari yuqori sinf o‗quvchilarida bu farqlar sezilarli 
darajada keskin bo‗lib, ularning tarkibi bo‗yicha turli - tuman bo‗lgan sinf 
o‗quvchilari bilan ishlash qiyinlashib boraveradi. O‗quv jarayoni optimal rejimdan 
borgan sari uzoqlashaveradi. 
Ma‘lum yoshdan boshlab barcha o‗quvchilarga ularning individual 
xususiyatlarini hisobga olmasdan ta‘lim - tarbiya berish pedagogik nuqtai nazardan 
maqsadga muvofiq bo‗lmay qoladi. 
Yuqorida bayon qilinganlar o‗quvchilar ta‘limi va ularning rivojlanishini 
amalga oshirishni ta‘minlashga imkon beradigan qulay shart - sharoitlarni izlab 
topish bilan bog‗liq o‗ta muhim va g‗oyat murakkab muammoni yuzaga keltiradi. 
O‗quvchilarning xarakterli individual farqlarini hisobga olib tashkil etilgan 
o‗quv - tarbiya jarayonini 
tabaqalashgan

ushbu jarayon asosidagi ta‘limni esa 
tabaqalashtirilgan ta’lim
 
deb aytish qabul qilingan. 
Tabaqalashtirilgan ta‘limning asosiy mazmuni keyingi yillarda iqtidorli, 
talantli bolalar va o‗smirlarni alohida o‗qitishga yo‗naltirilmoqda. Jahon ta‘lim 
tizimida mazkur muammoga qiziqish sezilarli darajada ortmoqda. Ushbu 
yo‗nalishda bir qator tashkilotlar faoliyat ko‗rsatmoqda. "Yuksak qobiliyatlilar 
Evropa Uyushmasi", "Iqtidorli bolalarni Tadqiq qilish Markazi" (Angliya), 
"Iqtidorli bolalarni o‗qitish Evropa qo‗mitasi", "Iqtidorli o‗quvchilarni o‗qitish 


185 
Maslahat Xizmati" (Germaniya) va boshqalar shular jumlasidandir. Bu 
tashkilotlarda bolalar iqtidorligi darajasini o‗rganish, o‗quvchilar qobiliyatini 
rivojlantirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. 
"Iqtidorli bolalar" tushunchasi o‗z ichiga qator tavsiflarni qamrab oladi. 
Birinchi navbatda, intellektual ijodiy faoliyatga yuksak darajalarga erishish 
qobiliyatiga ega bo‗lishi, o‗ziga psixomotor va ijtimoiy qobiliyatlarning 
shakllanganligi va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtidorlilarga, shuningdek
ijodiy xarakterdagi test natijalariga yuqori ko‗rsatkichlarga erishgan, yuksak 
qobiliyati, ma‘lum bir faoliyatda keng fikrlash va harakatlanish masalasini namoyon 
qiladigan bolalar kiradi. 
Iqtidorli o‗quvchilar har bir sinfda bo‗lib, ular oddiy maktablarda ham o‗qitilishi 
mumkin. Buning uchun aynan differensiatsiya metodidan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Chunki tabaqalashtirishda har bir o‗quvchining qiziqishi, layoqati hisobga 
olinadi. Layoqati nisbatan past darajadagi o‗quvchiga ta‘lim berishda tabaqalashtirish 
metodini qo‗llash ayni muddao hisoblanadi. O‗quvchidagi bunday yashirish layoqati 
va qobiliyatlarni yuzaga chiqarish tabaqalashtirilgan ta‘limning asosiy vazifasidir. 
Keyingi yillarda nashr etilgan pedagogik adabiyotlarda bir - biriga yaqin ikki atama 


Download 7,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish