MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
151
Tajribani o‘rganish va umumlashtirish guruhlardagi tarbiyaviy ishlar holatini tizimli tarzda
tahlil qilishni nazarda tutadi. Tajribani o‘rganishning asosiy yullaridan biri guruhlarga rejali tarzda
kirish va pedagogik jarayon hamda kun tartibi jarayonlarining turli jihatlarini kuzatishdir. Ana shu
kuzatishlar asosida tarbiyachining ishi, bolalarning xatti-harakatlari va xilmaxil faoliyatlari haqida
tasavvur paydo bo‘ladi.
Uslubchining kuzatishlari maxsus daftarda qayd etiladi.
Pedagogik kabinetning ishi
Pedagogika kabineti
— maktabgacha ta‘lim muassasasidagi butun uslubiy ishlarning markazi
hisoblanadi.
Pedagogik jarayonni uyushtirish, ota-onalar bilan ishlash, xodimlar pedagogik mahoratini
oshirish va o‘z ustida mustaqil ishlari va o‘qishini tashkil qilishda, tarbiyachilarga amaliy yordam
ko‘rsatish borasida pedagogika kabineti yetakchi o‘rin tutadi.
Pedagogika kabineti maktabgacha ta‘lim muassasasi qaror topgan an‘ana va to‘plangan tajriba
jamlanadigan joydir. Uslubchining vazifasi — ana shu an‘ana va tajribani aniq va tushunarli
ifodalab, har bir tarbiyachi ongiga singdirishga, bolalar bilan ishlashda ularni ijodiy qo‘llashga
o‘rgatishdir.
Ilg‘or pedagogik tajribani umumlashtirish Pedagogika kabinetida to‘g‘ri yulga qo‘yilgan ish
barcha xodimlarning metodik tayyorgarligini oshirishga, xususan, bolalarni har tomonlama
rivojlantirish vazifalarini hal qiilishga yordam beradi.
Pedagogik kabinetining asosiy vazifasi
— maktabgacha ta‘lim muassasasi tarbiyachilariga
metodik yordam ko‘rsatish, ularning g‘oyaviy-siyosiy va ilmiy-metodik saviyasi, pedagogik
mahoratining o‘sishi, o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil qilishida tegishli shart-sharoit yaratishdir.
Buning uchun uslubchi tomonidan tayyorlangan materiallar mazmunan boy, puxta-pishshiq
o‘ylangan va muayyan tizimga solingan bo‘lishi kerak.
Pedagogika kabinetida tarbiyachilarni mavjud materiallar bilan tanishtirish, ilg‘or tajribani
ommalashtirish maqsadida «axborot xizmati» uyushtiriladi. Axborot xizmati doirasida kabinetni
ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy-ma‘rifiy adabiyotlar, xilma-xil axborot byulletenlari bilan jixozlash,
bolalar ta‘lim-tarbiyasiga doir masalalar bo‘yicha «axborot kunlari»ni o‘tkazish, «Metodik
adabiyotlar yangiliklari», «Tajriba, muammo, amaliyot», «Metodik burchak» kabi stendlarni tashkil
etish maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari, kabinetning uzluksiz ishlashini tashkil etish, tarbiyachilarga o‘z vaqtida
uslubiy yordam kqrsatish maqsadida maktabgacha ta‘lim muassasasi mudiri bilan kelishgan holda
navbatchilik uyushtirilishi mumkin.
Muxtasar aytganda, pedagogika kabineti maktabgacha ta‘lim muassasasi uslubiy-metodik
faoliyatining chinakam markaziga aylanishi zarur. Buning uchun uslubiyotchi tarbiyachilarning
yaqin hamkoriga aylanishi, ularga kabinet xizmatidan, bu yerda saqlanayotgan o‘quv, ilmiy va
uslubiy materiallardan samarali foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishi zarur. Bu o‘rinda, ayniqsa,
yosh tarbiyachilar bilan ishlashni yo‘lga kuyish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa uslubchining
bilimi, mahorati, tashkilotchilik qobiliyati va insoniy fazilatlariga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |