Bog'liq Maktabgacha ta\'limda boshqaruv va menejment.
MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI. 150
— kengashda kun tartibidagi masalalarni ko‘rishdan oldin avvalgi kengashda qabul qiilingan
qarorlarning ijrosi haqidagi masala eshitiladi va ijrosi ta‘minlangan har bir masala yuzasidan qabul
qilingan qarorlar nazoratdan olinadi;
— kengash kun tartibida muhokama etilayotgan har bir masala aniq ifodalangan bo‘lishi, masalalar
o‘quv yilining asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda kiritilishi lozim. Kengashda ko‘riladigan
masalalar soni uchtadan oshmasligi zarur;
— kengashda qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat etish muassasa rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Pedagogika kengashi huquqlari
—Pedagogika kengashi maktabgacha ta‘lim muassasasi faoliyatini rivojlantirish yunalishining
istiqbol rejasini belgilaydi;
— maktabgacha ta‘lim muassasasining o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarni bajarish yullarini
belgilab beradi va ijrosini ta‘minlaydi;
— ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda turli shakl va metodlarni ishlab chiqadi;
— o‘z vakolati doirasida ishlab chiqilgan xujjatlarni muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul
qiladi;
— pedagoglarning malaka oshirishdan keyingi amalga oshiradigan vazifalari yuzasidan ishlab
chiqilgan istiqbol ish rejalarini tasdiqlaydi va ularning ijrosi ta‘minlanishini nazorat qiladi;
— maktabgacha ta‘lim muassasasi nizomiga muvofiq, pedagog xodimlarni rag‘batlantirish va
jazolash bo‘yicha masalalarni hal qiladi.
Pedagogika kengashi bayonnoma daftarining yuritilishi
Kengash bayonnomasi yoziladigan daftarning kirish qismida kengash o‘tkaziladigan sana,
bayonnoma tartib raqami, qatnashgan pedagoglar soni, kengash raisi va kotibining ismi-sharifi qayd
etiladi, qatnashmagan pedagoglarning qatnasha olmaslik sabablari ko‘rsatilgan holda familiyalari
tartib buyicha yozib chiqiladi.
Bayonnomalar daftarida Pedagogika kengashi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasi,
kengash a‘zolari kiritgan taklif va mulohazalar hamda kun tartibidagi xar bir masala yuzasidan
qabul qilingan qarorlar qayd etib boriladi. Kun tartibiga «Turli masalalar» yoki «Boshqa
masalalar»ning' kiritilishiga yul qo‘yilmaydi.
Bayonnomalarda yul qo‘yilgan kamchiliklarga tegishli izoh berilib, kengash raisining imzosi
bilan tasdiqlanadi. Bayonnomalar aniq, ozoda, ravon yozilishi, daftarning xar bir sahifasi
raqamlanishi va tikilishi lozim.
Bayonnomalar daftari maktabgacha ta‘lim muassasalari faoliyatini metodik ta‘minlash va
tashkil etish tuman (shaxar) bo‘limi mudiri tomonidan, nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasalarida
esa muassis tomonidan imzolanadi va muxrlanadi.
Kengash bayonnomasi Pedagogika kengashi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi va
muxrlanadi.
Pedagogika kengashi bayonnomasi har o‘quv yili boshida yangidan raqamlanadi. Pedagogika
kengashi xujjatlari
Pedagogika kengashi xujjatlari ta‘lim muassasasining ish yuritish xujjatlari bilan birga
saqlanadi.
Pedagogika kengashi xujjatlari bayonnoma va pedagogika kengashi kun tartibida muhokama
qilingan masalalarga oid materiallardan iborat.
Pedagogika kengashi xujjatlari muassasada uch yil davomida saqlanadi. Tarbiyachilarning eng
yaxshi tajribalarini o‘rganish, barcha ilg‘or tajribalarini tahlil qilish va amaliyotga joriy etish
maktabgacha ta‘lim muassasasi uslubiy faoliyatining asosini tashkil etadi.