MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
147
15-MODUL METODIK UYUSHMA VA PEDAGOGIK KENGASHLARNI TASHKIL ETISH
2-MAVZU: METODIKA UYUSHMASINING ISHINI TASHKIL ETISH VA UNGA
RAHBARLIK QILISH. PEDAGOGIK KENGASH SHAKLLARI.
Reja:
1. Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish
2.
Maktabgacha ta‘lim muassasasida pedagogik kengash va uning ish mazmuni
3. Pedagogik kengash asosiy vazifalari va uning majburiyatlari
4. Maktabgacha ta‘lim muassasasida pedagogik kengash va uni
tashkil qilishga rahbarlik
5. Pedagogik kengash tashkil etish tamoyillari
6. Zamonaviy sharoitda maktabgacha ta'lim muassasasining pedagogik kengash
Tayanch tyshunchalar:
metodika uyushmasi,
pedagogik kengash, pedagogik kabinet,
majburiyatlar, funksiyalar
1. Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va
unga rahbarlik qilish
- Tuman (shahar) miqyosida maktabgacha ta'limning bir necha yo'nalishlari, shuningdek
(maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari, metodist,
tarbiyachi, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy
tarbiya yo'riqchisi, logopedlar uchun)
bittadan Metodika uyushmasi tashkil etiladi.
- Metodika uyushmasiga har bir ta'lim muassasasidan bir va bir necha
pedagog xodim muassasa
rahbarining tavsiyasi va buyrug'i bilan a'zo qilib olinadi.
- Metodika uyushmasiga tegishli ta‘lim yo'nalishi bo'yicha tuman (shahar)ning eng ijodkor va
tajribali tarbiyachi mutaxassisi rais etib saylanadi va uyushma yig'ilishiga rahbarlik qiladi.
-Metodik uyushma raisi va uning a'zolari uyushma faoliyatiarini jamoatchilik asosida yuritadilar.
- Metodik uyushma faoliyatiga bog'liq barcha tashkiliy ishlar va hujjatlarni yuritish tuman (shahar)
ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining maktabgacha
ta'lim yo'nalishi metodisti zimmasiga yuklatiladi.
- Uyushma faoliyati tuman (shahar) ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik
ta'minlash kichik guruhining huzuridagi Metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
- Metodika uyushmasi yig'ilishi har ikki oyda bir marta o'tkazilishi va yig'ilish ma'lum bir masalani
muhokama qilishi yoki o'quv seminari tashkil qilishi mumkin.
- Metodika uyushmasi yig'ilishlarida muhokama etilgan masalalar majlis bayonnomasida aks
ettirilishi va qabul qilingan qaror yuzasidan tegishli ko'chirma taqdim etilishi zarur.
- Yig'ilish bayonlari daftari, uyushma ish rejasi va hisoboti tuman (shahar) metodika kabinetida uch
yil saqlanadi.
Metodika uyushmasi hujjatlari:
Metodika uyushmasi quyidagi hujjatlar asosida faoliyat yuritadi:
yillik
ish rejasi;
yig'ilish bayonnomalari;
hisobotlar;
metodika kengashiga taqdim etilgan va muhokamadan o'tgan ishlarning chop etilgan va
elektron nusxasi.