MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
143
Ota-onalar uchun yig'ilishlar o'tkazish va ularni choyga chaqirib turishga, ota-onalarni
maktabgacha ta'lim muassasalariga kelib turishlarini yo'lga qo'yish to'g'risida qaror qabul qilindi.
Respublika Maorifi Xalq Komissarligining maktabgacha ta'lim bo'limi asosiy qoidalar ishlab
chiqib, bu qoidalarni joylarda maktabgacha ta'limni yo'lga qo'yishda asos bo'lmog'i kerak edi. Xalq
Maorifi bo'limlari qoshida viloyat territoriyasidagi hamma ishlarni birlashtiruvchi, koordinatsiya
qiluvchi va yo'llovchi maktabgacha ta'lim bo'limi tashkil etildi.
Viloyat mahalliy tashkilotlari maktabgacha ta'lim g'oyalarini keng tashviqot qilish yo'li bilan ota-
onalar kengashlari tashkil etdilar. Viloyatdagi barcha maktabgacha ta‘lim ishlarining markazi
bo'lgan viloyat maktabgacha bo'limlari ishni to'g'ri yo'lga qo'yish maqsadida joylarda maktabgacha
ta'lim seksiyalari tuzildi. Maktabgacha ta‘lim bo'limi maktabgacha ta'lim muassasalarining ko'p
qismini katta tuzib bolalar o'yinlariga aylantirishdi. Farg'ona, Samarqand va boshqa viloyatlarda
maktabgacha ta'lim bo'limlarining ishi yaxshilandi.
1919-yil yozida Turkiston Respublikasida Maorif Xalq Komissarligining Qaroriga muvofiq
Pedagogika toifasi vujudga keltirildi, bu toifa qoshida birinchi maktabgacha ta'lim kabineti tashkil
qilindi. Uning vazifasi maktabgacha ta‘lim xodimlariga doimiy va malakali metodika yordami
ko'rsatib borishdan iborat edi. Kabinet qoshida maktabgacha ta'lim muassasasi burchagi tashkil
etilib, mebel qo'yilgan edi, tokchalarga ko'rgazmalar, o'yinchoqlar, mashg'ulotlar uchun kerakli
bo'lgan turli materiallar, bolalar yasagan narsalarning namunalari terib qo'yilgan edi. Maktabgacha
ta'lim kabineti tez orada amaliy tajribalarni o'rtoqlashish uchun tayanch maktab bo'lib qoldi.
Kabinetda maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari uchun adabiyot, bolalar badiiy
adabiyotlarining namunalari paydo bo'ldi
11
. 1920-yil yanvar oyida Maorif Xalq Komissarligi
Toshkentda o'lka uch oylik kursi tashkil qilindi, bu kursda maktabgacha ta'lim nazariyasi,
psixologiya, gigiyena asoslari o'qitilar edi. Xalq Maorifi tizimi tezkor sur'atda rivojlanib borib,
endilikda O'zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimi bo'g'inlariningish faoliyati, mazmuni, uning
vazifalari o'zgacha qiyofa kasb etmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi
Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyat va Maktabgacha ta'lim boshqarmalari, tuman Maktabgacha
ta'lim bo'limlari maktabgacha ta'limni boshqarishning vakolatli organlari hisoblanadi.
Maktabgacha ta'lim muasssasalarini boshqarish xalq deputatlari Kengashi qoshidagi Xalq
kengashining vazifasiga kiradi. Viloyat, shahar, tuman Maktabgacha ta‘lim boshqarmasi kengashi
a'zolari turli xildagi maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini rivojlanishini ta'minlaydi. U
maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy texnik bazasini mustahkamlash, yangi muassasalarni
qurish, mablag' bilan ta'minlash, kadrlar tanlash ishlariga yordam beradi. Kadrlar tayyorlash va
ularning malakasini oshirishni yo'lga qo'yadi, metodik materiallar bilan ta'minlaydi. Idoralar jamoat
tashkilotlari hamda shaxsiy tashabbuslarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Alohida olingan maktabgacha ta'lim muassasasining ishidagi kollegional, demokratik usullarga
yordam berish va qo'llash, uning mustaqilligini oshirish maqsadida jamoatchilik asosida ish olib
boradi va kengashida ko'riladi.
Kengash homiylik qiluvchi muassasalarning eng faol va manfaatdor bo'lgan xodimlardan, ota-
onalar jamoatchiligidan, maktab vakiilaridan, maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlaridan tibbiy
yordam xizmatchilaridan, mahalla qo'mitasi vakiilaridan iborat bo'ladi. Ta'limning mablag'i davlat
mablag'idan tashkil topadi.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim bo'limi maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan
boshqariladi. Maktabgacha ta'lim boshqarmasining ish mazmuni tegishli boshqarma bo'limlari
11
A.Xromovskix. U istokov doshkolnoy raboti. Arxiv materiallari. 1957.103-114-betlar
Do'stlaringiz bilan baham: |