2-bob. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasining maqsadi va vazifalari
4. Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual,
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
ta‘lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta‘limiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olish.
5. Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta‘lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
5
«Ўзбекистон Республикасида нодавлат мактабгача таълим муассасаси тўғрисида»ги Низом. —Т., 2008, 35—
38-бетлар.
MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
123
bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta‘minlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni
amalga oshirish;
bolalarda xalqimizning yuksak ma‘naviyati va insonparvarlik an‘analariga sadoqat tuyg‘ularini
shakllantirish.
3-bob. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
6. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq muassasa shaklida tashkil
etiladi.
Davlat maktabgacha ta‘lim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va
jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasining muassislari bo‘lishi mumkin.
7. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda
litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta‘lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
8. O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi
Qonuniga
muvofiq, nodavlat maktabgacha
ta‘lim muassasasini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida
amalga oshiriladi.
9. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasida ta‘lim mazmuni maktabgacha ta‘limga qo‘yiladigan
davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan
tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Muassasa o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
10. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo‘lish vaqti
muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi
ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib
chiqib, nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish
haftasi ham joriy etilishi mumkin.
11. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena
normativlari asosida amalga oshiriladi.
12. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko‘rsatish
shtatdagi yoki sog‘liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot
xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning
hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya
qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun
javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasi xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish
shartnoma asosida amalga oshiriladi.
13. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasi ta‘limning uzluksizligini ta‘minlash maqsadida
shartnoma asosida o‘z faoliyatini umumiy o‘rta ta‘lim muassasalari bilan birgalikda amalga
oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |