Bog'liq Maktabgacha ta\'limda boshqaruv va menejment.
MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI. 121
• Bolaning intellektual, ma‘naviy va jismoniy rivojlanishini ta‘minlash ;
• Bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish;
• Bolani milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish ;
• Bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash.
Nodavlat maktabgacha ta‘lim tashkilotida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash
tartibi va vakolatlari maktabgacha ta‘lim muassasasi nizomida belgilanadi.
Bolalarni qabul qilishda muassasa ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni uning
nizomi va faoliyatini tartibga soladigan boshqa xujjatlar bilan tanishtirishi lozim.
NMTT bilan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
nodavlat maktabgacha ta‘lim tashkilotining nizomi va shartnoma orqali tartibga solinadi.
SHartnomada tomonlarning o‘qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish jarayonida paydo
bo‘ladigan huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi aks ettiriladi.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar:
— o‘z bolalari uchun o‘qiitish va tarbiyalashning shakllarini, bolalar maktabgacha ta‘lim
tashkilotlari tipini va ta‘lim berish tilini tanlash;
— bolalar maktabgacha ta‘lim tashkiloti ma‘muriyatidan maktabgacha ta‘lim tashkilotining
nizomiga muvofiq bo‘lgan zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
— bola shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
— bolalarning maktabgacha ta‘lim tashkilotida hayot kechirishini tashkil etishda faol ishtirok etish;
— kun tartibi doirasida ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta‘lim tashkilotiga
olib kelish va undan olib ketish huquqiga ega;
— ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar Qonun xujjatlariga va shartnomaga muvofiq
boshqa huquqlarga xam ega bo‘lishi mumkin.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
— bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi;
— bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, unda mehnatsevarlik, ezgulik,
mehr-shafqat xislatlarini, katta yoshdagilarga hurmat tuyg‘usini tarbiyalash;
— belgilangan me‘yorlarga muvofiq maktabgacha ta‘lim tashkilotida bolaning ta‘minotiga tegishli
to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish;
— bolalarni oilada tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni ta‘minlash;
— bolalarning to‘laqonli ovqatlanishi, ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalarining shakllantirilishini
kuzatib borish, bolani maktabgacha ta‘lim tashkilotiga toza-ozoda kiyingan holda olib kelish;
— ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslar zimmasiga qonun xujjatlariga va
shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Ota-onalar yoki ularning o‟rnini bosuvchi shaxslar: ♦ bolalari uchun o‘kitish va tarbiyalashning shakllarini, bolalar maktabgacha ta‘lim tashkilotlari
tipini va ta‘lim berish tilini tanlash;
♦ bolalar maktabgacha ta‘lim tashkiloti ma‘muriyatidan uning ustaviga muvofiq bo‘lgan zarur
shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
♦ bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
♦ bolalarning muassasada hayot kechirishini tashkil etishda faol ishtirok etish;
♦ rejim doirasida ular uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta‘lim
muassasasiga olib kelish va undan olib ketish huquqiga ega;
♦ ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qonun xujjatlariga va shartnomaga muvofiq
boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.