Bog'liq Maktabgacha ta\'limda boshqaruv va menejment.
MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI. 120
NMTT qonun xujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta‘lim
faoliyatini amalga oshirish huququga ega bo‘ladi.
NMTTni akkreditatsiya qilish vakolati davlat organi tomonidan, attestatsiya asosida amalga
oshiriladi.
NMTTda ta‘lim va tarbiya dunyoviy xususiyatga ega bo‘ladi.
NMTTda ta‘lim mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi tomonidan
tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Tashkilot o‘z (mualliflik) dasturidan foydalanishga
haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi Maktabgacha ta‘lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
NMTTning ish kun tartibi va bolalarning u yerda qancha vaqt bo‘lishi tashkilot nizomida
hamda tashkilot rahbari (yoxud muassis) bilan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar
o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi.
NMTTda bolalarni o‘qitish va tarbiyalash davlat tilida va «Davlat tili haqida»gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.
NMTT tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko‘rsatish shtatdagi yoki sog‘liqni saqlash
organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari muassasa xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘ligi va jismoniy
rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlarining o‘tkazilishi, sanitariya-gigiena me‘yorlariga,
ovqatlanish kun tartibi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas‘uldir. Muassasa xodimlarini tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
NMTTda bolalarning ovqatlanishi O‘zbekiston Respublikasi Cog‘liqni saqlash vazirligi
tomonidan tasdiqlangan tibbiyot, sanitariya-gigiena me‘yorlari va talablari asosida amalga
oshiriladi.
NMTT ta‘limning uzluksizligini ta‘minlash maqsadida shartnoma asosida o‘z faoliyatini
umumiy o‘rta ta‘lim maktablari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
NMTTga bolalar 2 yoshdan boshlab 6—7 yoshgacha tegishli tibbiy xulosa asosida qabul
qilinadi.
Bolalarni qabul qilish va ularning chiqib ketishi tartibi nodavlat maktabgacha ta‘lim
tashkilotining nizomi bilan belgilanadi.
Nodavlat tashkilot guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari uchun
belgilangan me‘yordan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Maxsus pedagogik ma‘lumotga ega bo‘lgan shaxslargina nodavlat maktabgacha ta‘lim
tashkilotida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadir. Sud tomonidan yoki tibbiy
xulosaga ko‘ra, bunday faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslar pedagogik faoliyat
yuritishiga yul qo‘yilmaydi.
NMTT rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlashni ta‘minlaydi, ularning sha‘ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg‘or pedagogik va
axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallarni joriy
etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
NMTTda pedagoglar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor
qilish amaldagi qonun xujjatlariga binoan amalga oshiriladi.
NMTTda bolalar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar va pedagog olimlar ta‘lim
jarayonining qitnashchilari (sub‘ektlari) hisoblanadi.
Nodavlat maktabgacha ta‟limtashkilotining asosiy vazifalari: • Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘ligini mustahkamlash ;
• Bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qizikishlarini rivojlantirish;