MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
125
25. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi
munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga
muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
26. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasida tegishli pedagogik ma‘lumotga ega bo‘lgan shaxslar
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan
shaxslar pedagogik faoliyatga qo‘yilmaydi.
27. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat
shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
28. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasi rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar
malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni ta‘minlaydi, ularning sha‘ni va qadr-qimmatini
himoya qiladi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik
qo‘llanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
29. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun
hujjatlarida, ushbu muassasaning ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
30. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasini boshqarishda ushbu muassasa ustavida belgilanadigan
tartibda qatnashish;
o‘z kasbiy sha‘ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
31. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagilarga majbur:
ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta‘lim dasturlarini tatbiq etish;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va
jismoniy rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta‘lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta‘lim sifatini
oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan
himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda
bo‘lish ruhida tarbiyalash;
o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda
belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |