2. Investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish va uning monitoringini o‘tkazish tizimini
yaratish.
Shakllantirilgan investitsiya loyihasining samarali amalga oshirilishi, ko‘p hollarda, uni amalga
oshirishning tezkor rejasining o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishiga bog‘lik bo‘ladi. Bunday tezkor
reja amaliyotida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning kalendar rejasi deb nomlanadi.
195
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasini ishlab chiqish muayyan tamoyillarga
asoslanadi va muayyan ketma – ketlikda amalga oshiriladi. Quyida biz Ushbu tamoyillarni ko‘rib
chiqamiz:
1. Kalendar rejaning ob'ekt tabaqalanishi (differensiyasi) bo‘yicha tamoyili kalendar rejalashtirish
investitsiya loyihasining butun davriga asoslanib amalga oshirishini kerakligini ko‘zda tutadi.
Loyihani amalga oshirishni kalendar rejalashtirish jarayoni uni amalga oshirishning baza muddatlariga
va biznes rejada aks ettirilgan investitsiyalar oqimi jadvaliga asoslanadi.
Har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha uni amalga oshirish uchun bank tomonidan loyiha
monitoringini olib boruvchi loyiha menejeri belgilanadi.
2. Kalendar rejaning vaqtinchalik tamoyili ishlab chiqish shakli bo‘yicha uning
detallashtirilishining turli xil darajasini nazarda tutadi. Investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha
kalendar rejaning vaqtinchalik differensiyasining asosiy shakllari kuyidagilar hisoblanadi:
- kalendar reja investitsiya loyihasini amalga oshirishning yillik jadvalini tezkor rejalashtirish
natijalarini aks ettiruvchi boshlang‘ich va asosiy hujjat hisoblanadi. U (yillik jadval) bir necha yillar
davomida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha rejalashtirilayotgan kalendar yil doirasida bajarilishi
ko‘zda tutilayotgan ishlar hajmini o‘z ichiga qamrab oladi. Shuningdek u bir yil mobaynida amalga
oshiriladigan loyihalarda loyihaning maqsadiga ko‘ra bajarilish muddati va ketma-ketligi bilan
tavsiflanadi.
- loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlarnng choraklik yoki yillik rejasi ularning ko‘rsatilgan
vaqtinchalik oraliqlari doirasidagi aniq, hajmlarini qamrab oladi. Ularni ishlab chiqishning asosi
bo‘lib, detallashtirishning tegishli ketma-ketligi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirishning yillik
jadvali hisoblanadi. Ishlarning choraklik rejasi yillik rejaning taqdim etilishi bilan bir vaqtda taqdim
etiladi va tasdiqlanadi.
- dekadali (o‘n kunlik) topshiriqlar ishlarni bajarishning oylik rejasini ketma-ket detallashtirish
shakli hisoblanadi. Bizning mahalliy amaliyotda kalendar rejani tabaqalashning bu shakli kamdan-kam
hollarda qo‘llaniladi. Biroq, yirik investitsiya loyihalari uchun jalb etiladigan ko‘pgina xorijiy
pudratchilar kalendar rejalashtirishning bunday shaklini keng tadbiq etadilar.
3. Kalendar rejaning funksional tabaqalanishi tamoyili uning alohida funksional qismlarga
bo‘linishini nazarda tutadi. Bu investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasini ishlab
chiqish jarayonining birmuncha ma'suliyatli qismidir. Bunday bo‘linish loyihaning hajmi va amalga
oshirilishi bosqichiga bog‘liqdir. Uning asosiy funksional qismlari bo‘lib kuyidagilar hisoblanadi:
a) loyihani amalga oshirishga tayyorlash;
b) loyiha-konstruksiya ishlari;
v) moddiy texnikaviy ta'minlash;
g) kurilish-montaj ishlari;
d) loyihani ekspluatatsiyaga kiritish;
ye) loyiha kuvvatlarini ishga tushirish;
j) loyiha bo‘yicha qarzlarni qaytarish.
4. Kalendar reja zaxirasini shakllantirish tamoyili unga alohida kiritilgan ishlar muddatlarining
tahlili qilingan buzilish hollarini aniqlashdan va ushbu zaxiraning loyihani amalga oshiruvchi
ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishidan iborat. Kalendar rejadagi har bir ish uni bajarish uchun zarur
bo‘lgan vaqt bilan, ishlarning boshlanish va tugallanish muddatlari bilan tavsiflanishi kerak. Ishlab
chiqilgan reja real bo‘lishligi uchun alohida ishlarni bajarishningrejalashtirilgan vaqti 75-80%dan kam
bo‘lmagan ishonch bilan aniqlangan bo‘lishi kerak. Bunday ehtimollik asosida ko‘zda tutiladigan
zaxira jami kalendar reja muddatining 10-12%ini tashkil etishi kerak.
5. Kalendar reja bajarilishini doimiy nazorat qilish tamoyili investitsiya loyihasini amalga
oshirishning kalendar rejalashtirilishi tegishli nazorat qiluvchi blokni ham o‘z ichiga qamrab olishidan
iborat. Bu tamoyilning bajarilishi uchun joriy monitoring qo‘llaniladi.
Loyihani amalga oshirishning yaxshi ishlab chiqilgan kalendar rejasidan tashqari investitsiya
loyihasini amalga oshirishning byudjeti ham juda muhim sanaladi. Investitsiya loyihasini amalga
oshirishning samaradorligi ko‘pgina hollarda uni moliyalashtirishning asoslangan rejasi bilan
196
aniqlanadi. Amaliyotda bu moliyaviy reja «nvestitsiya loyihasini amalga oshirishning byudjeti» deb
nomlanadi (yoki loyiha byudjeti). Byudjet investitsiya loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq
xarajatlar va mablag‘lar tushumini aks ettiruvchi qisqa muddatli (bir yilgacha) tezkor moliyaviy reja
sifatida o‘zini namoyon etadi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish byudjetini ishlab chiqish ikkita asosiy vazifalarni hal
etishga qaratilgan bo‘ladi:
1. Kalendar rejaning alohida bosqichlari hajmida investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha
xarajatlar hajmi va tuzilishini aniqlash.
2. Investitsiya loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun belgilangan jami mablag‘lar
hajmi doirasidagi investitsiya resurslari oqimining zarur bo‘lgan xarajatlarni qoplashini ta'minlash.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish byudjetini ishlab chiqish uchun asosiy ma'lumot xujjatlari
bo‘lib kuyidagilar hisoblanadi:
- investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi;
- alohida ko‘rinishidagi ishlarni bajarish va kalendar rejaning alohida funksional bloklari
ko‘rinishida ishlab chiqilgan xom ashyolar, materiallar, moslamalar va uskunalarni sotib olish
xarajatlari smetalari;
- investitsiya loyihasini moliyalashtirishning umumiy strategiyasi;
- loyiha biznes-rejasini ishlab chiqish bosqichida tuzilgan investitsiyalar oqimining oldindan
bashorat qilingan jadvali.
Investitsiya jarayoni bosqichlariga bog‘liq holda investitsiya loyihasini amalga oshirish vaqtida
ikki xil ko‘rinishidagi byudjet ishlab chiqilishi mumkin:
1. Kapital sarflar va mablag‘lar tushumi byudjeti. Bu byudjet yangi kurilish bilan ob'ektning
kengaytirilishi, ta'mirlanishi va texnik jihatdan qayta kurollantirilishi bilan bog‘lik kurilish-montaj
ishlarini amalga oshirish bosqichida ishlab chiqiladi.
2. Joriy pul sarflari va daromadlari byudjeti. Bu byudjet investitsiyalash ob'ektini ekspluatatsiya
qilish bosqichida (uning ishga tushirilishidan keyin) ishlab chiqiladi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi va byudjeti puxta ishlab chiqilgandan
so‘ng kuzatish, tekshirish va nazorat qilish tizimiga ega bo‘lgan monitoring olib boriladi.
Amalga oshirilmoqchi bo‘lgan loyiha doimiy nazorat yoki monitoringni talab etadi. Investitsiya
loyihalarini amalga oshirish monitoringi tizimi investitsiya bozori kon'yukturasining doimiy o‘zgarib
turishi sharoitida barcha investitsiya loyihalarini amalga oshirishning muhim joriy natijalarini doimiy
kuzatib borishni ta'minlash uchun bank yoki kompaniyalarda ishlab chiqilgan mexanizm sifatida o‘zini
namoyon etadi.
Banklar tomonidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalari monitoringi tizimini ishlab
chiqishning asosiy maqsadi bo‘lib, investitsiya faoliyati samaradorligini keltirib chiqaruvchi
rejalashtirilgan ma'lumotlarga nisbatan yuz bergan chetlanishlarni o‘z vaqtida hal etish, bu
chetlanishlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni tahlil etish va investitsiya faoliyatini me'yorlashtirish
hamda samaradorligini oshirish maqsadida uning alohida yo‘nalishlarini tegishlicha tartibga keltirish
bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish monitoringi tizimini yaratish kuyidagi asosiy
tamoyillardan foydalanishga asoslanadi:
1. Kuzatish uchun investitsiya faoliyatining birmuncha muhim yo‘nalishini tanlash. Bu
tamoyilning amalga oshirilishi kompaniya investitsiya faoliyatining maqsadli shakllantirilgan
ma'lumotiga asoslanadi, shu bilan birga investitsiya loyihalarini amalga oishirish jarayonida kuzatishga
tegishli bo‘lgan ushbu faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarining aniqlanishi bilan bog‘liq holdagi real
investitsiyalarning portfeli bo‘yicha ma'lumotlarga ham asoslanadi. Birinchi navbatda, kuzatish
kalendar reja va byudjetning ularning asosiy bo‘limlari bo‘yicha amalga oshirilishi ustidan tashkil
etilgan bo‘lishi kerak.
2. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha hisobot ko‘rsatkichlari
tizimini yaratish. Ko‘rsatkichlarning bunday tizimi, birinchi navbatda, buxgalteriya hisobi va statistik
hisobot ma'lumotlariga asoslangan bo‘lishi kerak. Kompaniyada alohida ko‘shimcha ko‘rsatkichlarni
197
kiritish zaruriyati paydo bo‘lganda «boshkaruv hisobi» deb nomlanuvchi tizim yaratiladi. Bu tizim
tezkor buxgalteriya hisobotini to‘ldirishga xizmat kiladi va samarali boshqarish ehtiyojiga
bo‘ysindirilgan bo‘ladi (investitsiya faoliyatini boshqarish bunday hollarda boshqaruv hisobining
mustaqil bloki hisoblanadi).
Hisobot (ma'lumot)lar ko‘rsatkichlari tizimi loyiha bo‘yicha birmuncha muhim ko‘rsatkichlar
tuzilishi va hajmi bo‘yicha kalendar rejani amalga oshirish jarayonini, xarajatlar hajmi va tuzilishi
bo‘yicha byudjetning bajarilishini, shuningdek ularni xususiy, qarz va jalb qilingan manbalar
ko‘rinishida moliyalashtirish bo‘yicha ham aks ettirishi kerak. Hisobotlar ko‘rsatkichlari tizimida qarz
oluvchilar (mijozlar) bilan olib boriladigan suhbat asosiy o‘rinni egallaydi. Qarz oluchi bilan suhbatni
ushbu korxonalar bilan shug‘ullanuvchi bank xodimi olib borishi kerak, chunki u korxonada yuz
beradigan holatlar to‘g‘risida yetarli tasavvurga ega bo‘ladi.
Suhbatdan tashqari, bu tizimda bank xodimlari tomonidan loyiha ob'ektiga borib turish yaxshi
rejalashtirilgan bo‘lishi kerak. Ob'ektni bevosita ko‘zdan kechirish va tanishish investitsiya loyihasini
amalga oshirish jarayoni to‘g‘risbda aniq ma'lumotlar beradi.
3. Investitsiya loyihasini amalga oshirishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha umumlashtirib baho
beruvchi (analitik) ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish. Baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi korxona
investitsiya faoliyatining alohida yo‘nalishlari monitoringi maqsadidan kelib chiqib yaratiladi va
buning uchun jalb etiluvchi ma'lumotlar (hisobotlar) ko‘rsatkichlariga asoslanadi. Ketma-ket olib
boriluvchi tahlilning qulayligi uchun bu baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi uning asosiy bo‘limlari
ko‘rinishida shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
Tahlilning bunday bo‘limlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni shakllantirish;
- investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan moliyaviy resurslarni o‘zlashtirilishi;
- qurilish ob'ekti bo‘yicha ishlar rejasining bajarilishi;
- investitsiya loyihasi bo‘yicha aktivlarning shakllanishi;
- investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha joriy samara-dorlik va boshqalar.
Baholovchi ko‘rsatkichlar tizimini yaratishdagi alohida bo‘limlar doirasida ularning funksional
bo‘linmalari alohida ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Bunga misol, «investitsiya loyihasini amalga
oshirish uchun moliyaviy resurslarni shakllantirish» bo‘limida baholovchi ko‘rsatkichlarning kuyidagi
bo‘linmalari ajratilgan bo‘lishi mumkin:
- moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha vazifani bajarish darajasi;
- investitsiya loyihasini moliyalashtirishda xususiy va qarz mablag‘larining ishtirok etish darajasi;
- investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalarining hisoboti va boshqalar.
- har bir bo‘limning bo‘linmalarida birmuncha muhim baholovchi ko‘rsatkichlarning aniq ruyxati
shakllantiriladi.
Investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ko‘pgina banklarda umumiy baholovchi ko‘rsatkichlar
hisob-kitobi shaxsiy elektron hisoblash mashina (ShEHM)larida maxsus dasturlar yordamida
avtomatik tartibda amalga oshiriladi, shuning uchun ko‘rsatkichlarning shakllangan tizimiga bir vaqtda
jalb qilingan ma'lumotlar ko‘rsatkichlari asosida ularning har birining hisob-kitob amaliyotini ishlab
chiqishga to‘g‘ri keladi. Moliyalashtirish manbasining mosligi va moliyalashning ko‘rinishi ham
baholovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash usuliga ta'sir ko‘rsatadi, shuning uchun har bir tomon o‘zini
baholovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun dasturli ta'minot sifatida namoyon etadi.
1.
Ma'lumotlarning (baholovchi ko‘rsatkichlarning) hisobot bazasini shakllantirishning
davriyligini o‘rnatish. Bunday davriylik investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi va
byudjetining davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunday davriylikning hisobga olinishi
bilan u kuyidagilarga ajratiladi:
– tezkor hisobot (dekadali yoki ikki haftali);
- oylik hisobot;
- choraklik hisobot;
- yarim yillik hisobot.
198
Yillik hisobot ko‘rsatkichlari investitsiya loyihalarini amalga oshirish joriy monitoringining ob'ekti
hisoblanmaydi, chunki ko‘rsatkichlar o‘zgarishining dinamikasini oylar bo‘yicha kuzatish mumkin
emas.
Yuqorida ko‘rsatilgan to‘rtga tamoyillar bilan bog‘liq holda bajarilgan ishlar investitsiya
loyihalarini amalga oshirish monitoringining nihoyalangan (tugallangan) ma'lumot blokini tuzishga
imkon beradi. Bu ma'lumotdan, nafaqat, bank ichida, shuningdek korxonalar reytingini tuzishda ham
foydalanish mumkin.
5. Ko‘zda tutilgan haqiqiy natijalardan chetlashishga olib keluvchi asosiy sabab (omil)larni tahlil
etish. Tahlilning bunday jarayonida, birinchi navbatda, kalendar rejadan yoki byudjetdan «kritik
chetlashuvlar» kuzatiladigan ko‘rsatkichlar ajratiladi. «Kritik chetlashuvlar» mezoni sifatida dekadali
(ikki haftali) davr bo‘yicha 20% yoki undan ortiq miqdordagi chetlashishlar; oylik davr bo‘yicha 15%
yoki undan ortiq foizlar; choraklik bo‘yicha esa 10% va undan yuqori bo‘lgan foizlar qabul qilinishi
mumkin.
6. Alohida investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini me'yorlashtirish imkoniyatlari va
zaxiralarini aniqlash. Monitoringni tashkil etishning mazkur tamoyilini amalga oshirish jarayonida
zaxiralar alohida funksional bloklar ko‘rinishida va loyihalarni amalga oshirish jarayonini
me'yorlashtirish bo‘yicha buyurtmachi va pudratchilarning imkoniyatlarini o‘rganish bilan qaraladi.
Bunday imkoniyatlarini o‘rganish bilan qaraladi. Bunday imkoniyatlarning biri sifatida byudjetning
moliyaviy zaxirasidan foydalanish ko‘rib chiqilgan bo‘lishi mumkin.
7. Alohida investitsiya loyihalaringi amalga oshirishning kalendar rejasi va byudjetning o‘zgarishi
bo‘yicha takliflarni asoslash. Agar alohida investitsiya loyihalarini malaka oshirish jarayonini
me'yorlashtirish imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa (ya'ni to‘liq hajmda me'yorlashtirishga olib
kelolmasalar) yoki mavjud bo‘lmasa, u holda monitoringning yakunlovchi bosqichi bo‘lib, byudjet va
joriy rejalashtirilgan-kalendar rejaning asosiy xujjatlariga tegishlicha tuzatishlar kiritish bo‘yicha
takliflarni asoslash hisoblanadi. Alohida hollarda investitsiya loyihasining investitsiya portfelidan
«chiqishi» to‘g‘risidagi taklif asoslangan bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |