192
kiradi. Shuningdek, xo‘jalik bo‘yicha sarflangan ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy miqdori,
davriy xarajatlar, moliyaviy sarflar hamda ko‘zda tutilmagan xarajatlar summasi aniqlanadi. Shu
xarajatlarni rejalashtiriladigan davrda kamaytirish yo‘llari, imkoniyatlari aniqlanib hisob-kitob
qilinadi. Hisob-kitoblarga asoslangan holda ularni kamaytirish rejalari ishlab chiqiladi. Barcha
xarajatlar, daromadlar hamda foyda summasi aniqlanganidan so‘ng, xo‘jalikning rentabellik darajasi
aniqlanadi. Shuningdek ayrim ishlab chiqariladigan mahsulotlar hamda xo‘jalik bo‘yicha xarajatlarni
qoplash darajasi ham aniqlanadi. Shu ko‘rsatkich yordamida mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab
chiqarish zarurmi yoki to‘xtatish kerakmi, degan masala hal etiladi. Agarda olinadigan daromad unga
qilinadigan xarajatdan kam bo‘lsa, mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish kerak emas. Shu qismda
olinishi mumkin bo‘lgan sof foydaning taqsimlanishi ham rejalashtiriladi.
Biznes reja tuzishda xo‘jalik rahbari va mutaxasislari quyida ko‘rsatilgan masalalarga asosiy
e'tiborni qaratishlari kerak:
-
aniq bozordagi mahsulot turlariga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda foyda
keltiruvchi ekin turini ekishni rejalashtirish, sotish shakllarini aniq bilish;
-
rejalashtirilgan yilda ekiladigan ekin turlarini, yerdan to‘g‘ri foydalangan holda joylashtirish;
-
ekiladigan har bir ekin turi bo‘yicha xo‘jalikda texnologik xaritalarni tuzishda mavjud
me'yorlardan kelib chiqqan holda, har bir hududning va xo‘jalikning iqtisodiy geografik
xususiyatlarini hisobga olish;
-
mehnat va moddiy xarajatlar me'yorlariga qat'iy rioya qilish;
-
ekiladigan ekinni hosildorligini to‘g‘ri belgilash;
-
chorvachilikda poda harakatini tuzish;
-
mollar mahsuldorligini to‘g‘ri belgilash;
-
mollar va parrandalarning oziqaga bo‘lgan talabining hisob-kitobini qilish;
-
100 bosh urg‘ochi mollardan buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolasi olish hisob-kitobi, xo‘jalikning
yo‘nalishini hisobga olgan holda belgilanadi;
-
ekin ekish yoki chorva mollarini parvarish qilish bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlarni aniq
hisob-kitob qilish;
-
yil boshida mavjud qoldiqni, mahsulotlarni saqlash xarajatlari hisob-kitobini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yish;
-
erkin va shartnoma asosida sotiladigan mahsulotlarga bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan
holda narx belgilash va yil davomida bozor baholarining o‘zgarishiga qarab mahsulot sotishning
shartnoma bahosini to‘g‘rilab borilishini shartnomada ko‘zda tutish;
-
tayyorlov tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida oladigan mahsulotlarni tashish xarajatlarini
qoplash manbalarini, miqdorini aniqlashni shartnomada aniq ko‘rsatish;
-
ishlab chiqarishda ishlatilmay foydasiz yotgan inventar, mashina va texnikalarni sotishni yo‘lga
qo‘yish;
-
xo‘jalikdagi har bir tarmoqning foyda bilan ishlashini ta'min etish;
-
qishloq xo‘jaligida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga qilinadigan mehnat va moddiy resurslar
me'yori (kishi-soat, urug‘, yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar va boshqalar) vakolatli
organlar tomonidan tasdiqlangan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda talab etiladigan
me'yordan, mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda foydalanish;
-
ekiladigan ekinlarning texnologik xaritalarda ko‘rsatilgan davrlar buyicha ish miqdorini
bajarilish va xarajatlari davr tugashi bilan tahlil qilib borilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: