199
Mablag‘lar kiritishga munosib biznes-g‘oyalarni qidirish va tanlash investitsiyalash bilan bog‘lik
faoliyatning eng muhim boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Sababi, ushbu hol, oxir-oqibatida,
investitsiya mablag‘larini safarbar etish asosiga aylanishi mumkin. Buning uchun loyihani
boshlang‘ich tayyorlash ishlari puxta olib borilishi lozim.
Loyihani boshlang‘ich tayyorlash bosqichining vazifasi esa investitsiya loyihasining munosib
biznes rejasini ishlab chiqish, ya'ni har qanday tijorat faoliyati uchun umumiy masalani hal etishdan
iboratdir. Bunday biznes rejaning vazifasi kuyidagi ikkita asosiy savollarga javob topishga asoslanadi:
- investitsiya loyihasi konsepsiyasi qanchalik qiziqarli hisoblanadi va uning ustida ishlashni
davom ettirishdan hamda loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy maqbulligini baholash uchun asosli
ma'lumotlarni tayyorlashdan mantiq mavjudmi?
Loyihani so‘nggi shakllantirish va uning texnik-iqtisodiy va moliyaviy afzalligini baholash
bosqichida investitsiyalarning barcha jihatlari bilan bog‘liq variantlarni va muammolarni muqobil
ko‘rib chiqishni ta'minlashi lozim bo‘lgan loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy asoslanishini
tayyorlash hamda tahlil etish amalga oshiriladi.
So‘nggi qarorni qabul qilish uchun ma'lumotlarning barcha turlarini tayyorlash loyihani so‘nggi
shakllantirish va moliyaviy afzalligini puxta baholash bosqichining asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu
bosqich faqat kerakli moliyaviy mablag‘larning yetarlicha aniqlik darajasida qat'iy ta'minlangan
bo‘lishi mukin bo‘lgan hollardagina amalga oshirilishi lozim.
So‘nggi va navbatdagi bosqich loyihani uzil-kesil ko‘rib chiqish va loyihani moliyalashtirishning
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida so‘nggi qaror qabul qilish hisoblanib, u loyihaning amalga oshirilishi
bo‘yicha qaror qabul qilish uchun asos hisoblanuvchi baholash ishlarini o‘tkazishni nazarda tutadi.
Loyihaning sifati qanchalik yuqori bo‘lsa, uni baholash bo‘yicha shunchalik kam ish olib boriladi.
Baholi xulosani tayyorlashda esa asosiy e'tibor loyihani moliyalashtirishni amalga oshiruvchi firmaga
qaratiladi. Agar firma tajribali va salohiyatli bo‘lsa, loyihaning butunlay hal etilishi ta'minlanishi
mumkin. Loyihani eng so‘nggi baholashda ko‘llaniladigan usullar esa tahlilning texnik, tijorat, bozor,
boshqaruv, moliyaviy jihatlariga asoslanadi.
Shunday qilib, loyihani moliyalashtirishga qadar o‘tkaziluvchi monitoring loyihaning
samaradorligi va hayotiyligini boshlang‘ich tahlil etish uchun amalga oshiriladi. Bunday monitoring
loyihani amalga oshirishdagi kelib chiquvchi muammolarning oldini olishga va loyihani
moliyalashtirish jarayonidagi monitoringning ishonchli va jiddiy vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi
sabablarsiz, yengilroq o‘tkazilishiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: