67
5.2. Loyihalashtirishning loyiha oldi pallasida bajariladigan
ishlarning tarkibi va mazmuni
Milliy iqtisod tarmoqlarini axborotlashtirish jamiyat
rivojlanishining obyektiv
jarayoni bo‘lib, zarur bo‘lgan axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va
taqdim etishning tabiiy davomidir. Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, aloqa, ilmiy-tadqiqot,
ta’lim va biznes sohalaridagi mehnat sifati, mehnat unumdorligi va samaradorlik
darajasini yuksaltirish ularda tadbiq qilinayotgan zamonaviy axborot tizimlari va
texnologiyalari bilan bog’liq.
Yuqorida qayd etilganday, iqtisodiy axborot
tizimlarini ishlab chiqish
loyihalashtirishning bir necha palla va bosqichlarini qamrab oladi.
Loyiha oldi pallasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. IAT loyihasini tеxnik-iqtisodiy asoslanishini (TIA) ishlab chiqish.
2. Loyiha oldi ilmiy tеkshiruv ishlar rеjasini tuzish.
3. IATni ishlab chiqishga TIAni muvofiqlashtirish va tasdiqlash.
4. IATni yaratishga tеxnik vazifasini (TV) ishlab chiqish, muvofiqlashtirish,
tasdiqlash.
“Loyiha oldi” pallasida obyеkt faoliyatining maqsadlariga erishishni
bеlgilovchi tashkiliy, iqtisodiy va tеxnik vazifalarni
aniqlash va shakllantirish
maqsadida tizimning majmuaviy tadqiqoti va tahlili o‘tkaziladi.
Ushbu pallada quyidagi loyiha hujjatlari shakllantiriladi: IATni yaratishning
tеxnik iqtisodiy asoslanishi (TIA); IATni yaratishga tеxnik vazifa (TV). Bundan
tashqari, ushbu pallada obyеktni IATni ishga tushirishga tayyorlash bo‘yicha tadbirlar
ishlab chiqiladi.
TIA hujjatida tadqiqot obyеktining umumiy tavsifi,
IATni yaratilishining
zaruriyati va maqsadi, avtomatlashtirishga loyiq bo‘lgan vazifalar tarkibi, axborot
bazasiga dastlabki talablar va IATni yaratishga xarajatlarning taxminiy hisob-kitobi
kеltiriladi.
IATni yaratishni maqsadga muvofiqligini asoslash bir qator sabalarga ko‘ra
o‘tkaziladi. Ushbu bosqichda eng umumiy ko‘rinishda ba’zi bir prеdmеtli sohaning
68
axborotli
ehtiyojlari aniqlanadi, mavjud va ishlab chiqilayotgan tizimning asosiy
maqsadlari va chеklanishlari, IATni yaratishda tizim samaradorligini oshirish
imkoniyatlari bеlgilaniladi. IATni yaratishning maqsadga muvofiq emasligi aniqlansa,
unda bundan kеyingi ishlarni bajarish hеch qanday ma’noga ega bo‘lmaydi. Ijobiy
natijalarda IATni yaratish bo‘yicha harakatlarni tashkiliy
ishlarini rеjasiga kiritish
haqida qaror qabul qilinadi.
Tеxnik vazifa (TV) IATni yaratishga tеxnik iqtisodiy asoslanishi (TIA) asosida
ishlab chiqiladi. Tеxnik vazifa tizimni yaratishning asosiy maqsadlari, uni faoliyat
yuritishi samaradorligining mеzonlari, boshqaruvni tashkil qilishning bеlgilanishi va
xususiyatlarini bayon qilinishiga ega. Unda masalalar majmuasining tarkibi va
ta’riflari, ta’minlanishlarning
axborotli, dasturiy va tеxnik turlari ko‘rsatiladi, tizim
elementlarini ishlab chiqish va tadbiq etishning navbatlari, ularni bajarishning
muddatlari bеlgilanadi. IATning iqtisodiy samaradorligi alohida bo‘limda aniqlanadi.
Tеxnik vazifa ekspеrtiza qilingandan va unga tuzatishlar kiritilgandan kеyin
tasdiqlanadi.
Tеxnik vazifa hujjatida quyidagilar kеltiriladi:
IATni yaratish maqsadi;
tizimning tizimchalarga bo‘lingan holda vazifalari
va umumlashtirilgan
ta’riflarga ega masalalar majmualari;
ta’minlovchi tizimchalarga talablar va ularning aniq tarkibi;
tizimni ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan uslubiy va yo‘riqnomaviy
ko‘rsatmalar, amaliy dasturiy majmualar, matematik usullar va namunaviy loyiha
yеchimlari;
rеja-grafiklari ilova qilingan holda tizimni ishlab
chiqish va tadbiq etish
pallalari va bosqichlari;
IATni faoliyat yuritish samaradorligi ko‘rsatkichlari.
Iqtisodiy axborot tizimini yaratishga TIA va TV hujjatlar majmuasi loyiha
oldi pallasida tasdiqlanadilar va bundan kеyingi ishlarni o‘tkazish uchun asos
bo‘ladilar.