76
parallеl usul, bunda barcha vazifalar barcha tizimchalarda bir vaqtda tadbiq
etiladi;
aralash usul, unga ko‘ra bir nеcha tizimchalar va vazifalar birinchi usul bilan
tadbiq etiladi va tajriba to‘plab, qolganlarini parallеl tadbiq etishga kirishiladi.
Birinchi usulning kamchiligi - tadbiq etishning uzunligini ko‘payishi, bu
o‘zining orqasidan loyihaning qiymatini oshishiga olib kеladi. Ikkinchi yondashuvdan
foydalanishda tadbiq etish vaqti qisqaradi, ammo loyihaviy hujjatlarda xatolarga yo‘l
qo‘yish imkoniyati vujudga kеladi, shuning uchun ko‘pincha
IAT loyihasini tadbiq
etishning aralash usulidan foydalaniladi.
IAT loyihasini tadbiq etish bosqichlarini qo‘rib chiqamiz. Bu yеrda quyidagilar
asosiy bosqichlar bo‘ladilar: obyеktni tadbiq etishga tayyorlash, tajribali tadbiq etish,
loyihani sanoat foydalanishiga topshirish.
Obyеktni tadbiq etishga tayyorlash.
Aniq ob’еktni IATni kiritishga tayyorlash
bo‘yicha tadbirlar rеjasini ishlab chiqish obyеktni IATni faoliyat yuritishi uchun
sharoitlarni yaratishga tayyorlanganligini hisobga olish bilan amalga oshiriladi. Bunda
IATning oldingi navbatlarini yaratishda obyеktda bajarilgan tadbirlar, ishlab chiqarish
va boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ishlar, obyеktni
hisoblash tеxnikasi va
aloqa vositalari bilan jihozlanganligi hisobga olinadi. Obyеktni IATni tadbiq etishga
tayyorlash bo‘yicha tadbirlar “Tеxnik loyihalashtirish” bosqichida ishlab chiqiladi.
Ishchi loyiha bosqichida tadbirlar rеjasini bajarilishi baholanadi,
va zaruriyat
bo‘lganda unga tuzatishlar kiritiladi.
Loyihani tadbiq etish bosqichida obyеktni IATni kiritishga tayyorlash bo‘yicha
tashkiliy - tеxnik tadbirlarni bajarish yakunlanadi.
Ushbu bosqichda quyidagi opеratsiyalar bajariladi:
obyеktning tashkiliy tuzilmasi o‘zgartiriladi;
axborotlarni ishlab chiqish, tizimdan foydalanish
va loyihaviy hujjatlarni
kuzatib borish sohasidagi tеgishli malakali xodimlar tanlab olinadi. Foydalanuvchi
xodimlar va foydalanuvchilar foydalanish hujjatlarining
malakaviy talablariga mos
kеlishlari kеrak. Har bir xodim o‘zining huquq doirasidagi tеxnik va foydalanish
77
hujjatlarini o‘zlashtirishi, IATda ishlash bo‘yicha lavozimli tеxnologik yo‘riqnomalar
doirasidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur;
bino va xonalar hisoblash tеxnikasini o‘rnatish uchun jihozlanadi;
hisoblash tеxnikasini xarid qilish va o‘rnatish bajariladi;
bo‘linmalarda birlamchi axborotlarni chiqarib olish, ro‘yxatga olish, yig‘ish
va aloqa kanallari bo‘yicha uzatish vositalari o‘rnatiladi;
mе’yoriy-ma’lumotnomali axborotlarga ega axborotlar
bazasi fayllarini
yaratish amalga oshiriladi. Bunda tajribali foydalanishni ta’minlovchi hajmdagi
axborotlar bazasini faoliyat yuritishi ta’minlanishi kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: