225
18.2-rasm. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari aktivlarining
umumiy hajmida qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalarning
salmog’i
44
, foizda
18.2-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, respublikamiz tijorat banklari
aktivlarining umumiy hajmida qimmatli qog’ozlarga qilingan
investitsiyalar juda
kichik salmoqni egallaydi. Bu esa, tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan
amalga oshiriladigan investitsion operatsiyalarining rivojlanmaganligidan dalolat
beradi.
18.2. Tijorat banklarining foydasini taqsimlash tartibi
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining foydasini taqsimlash Markaziy
bank tomonidan tasdiqlangan ―Foyda va zararlar to’g’risida‖gi hisobotga (2-shakl)
asosan quyidagicha amalga oshiriladi.
1. Foizli daromadlar – Foizli xarajatlar = Sof foizli daromad
2. Sof foizli daromad + Foizsiz daromadlar – Foizsiz xarajatlar = Sof
daromad.
3. Sof daromad – Operatsion xarajatlar – Kreditlar bo’yicha
ehtimoliy
yo’qotishlar zaxirasi = Coliq to’langunga qadar foyda.
4. Soliq to’langunga qadar foyda – Foyda solig’i = Sof foyda.
Tijorat banklarining sof foydasi darajasiga baho berish uchun ikkita
ko’rsatkichdan keng foydalaniladi:
1. Aktivlarning rentabelligi ko’rsatkichi.
2. Kapitalning rentabelligi ko’rsatkichi.
Aktivlarning rentabelligini aniqlash uchun sof foyda jami aktivlarga
bo’linadi va olingan natija 100 foizga ko’paytiriladi.
Kapitalning rentabelligini aniqlash uchun sof
foyda bankning regulyativ
kapitali summasiga bo’linadi va olingan natija 100 foizga ko’paytiriladi.
44
Рассм муаллиф томонидан
www.cbu.uz
сайти маълумотлари асосида шакллантирилган.
226
Moliyaviy aktivlarning amortizatsiya qilinadigan qiymatini to’g’ri aniqlash
va ularning qadrsizlanishini aniq baholash maqsadida samarali foiz stavkasi
usulidan foydalanish tijorat banklari sof foydasining barqarorligini ta’minlashda
muhim o’rin tutadi.
Samarali foiz stavkasi
shunday foiz stavkasiki, u moliyaviy instrument
bo’yicha kutilayotgan davr mobaynidagi barcha pullik tushumlar va to’lovlarning
hisoblangan summasini ularning dastlab tan olingan sof balans qiymatiga keltirish
imkonini beradi (diskontlash yo’li bilan).
Samarali foiz summasini stavkasini hisoblash uchun har bir tegishli hisobot
davrida samarali foiz stavkasi aktiv yoki majburiyatning o’tgan
hisobot davrining
so’nggidagi amortizatsiyalangan qiymatiga ko’paytiriladi. Mazkur davr uchun
hisoblangan samarali foiz bilan aktivning foizli kuponi o’rtasidagi farq summasi
mazkur davrdagi amortizatsiya summasi hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga qoidalariga ko’ra,
barcha
moliyaviy majburiyatlar dastlabki tan olingandan so’ng samarali foiz stavkasini
qo’llagan holda amortizatsiyalangan qiymat bo’yicha baholanishi kerak. Biroq,
mazkur
qoidalar
quyidagi
turdagi
moliyaviy
majburiyatlarga
nisbatan
qo’llanilmaydi:
1. Adolatli qiymat bo’yicha baholanadigan moliyaviy majburiyatlar.
Chunki, mazkur turdagi moliyaviy majburiyatlar shu davrdagi foyda yoki
zarar tarkibida hisobga olinadi.
2. Moliyaviy aktivni uzatayotganda tan olinishi to’xtamaydigan
holatda
yuzaga keladigan moliyaviy majburiyatlar.
3. Bozor stavkasidan past bo’lgan foiz stavkalarida beriladigan kreditlar
berish bo’yicha bitimlar bo’yicha yuzaga keladigan moliyaviy majburiyatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: