70
g.root-servers.net
192.112.36.4,
2001:500:12::d0d
US
Department
of
Defense
(NIC)
h.root-servers.net
198.97.190.53,
2001:500:1::53
US Army
(Research Lab)
i.root-servers.net
192.36.148.17,
2001:7fe::53
Netnod
j.root-servers.net
192.58.128.30,
2001:503:c27::2:30
VeriSign, Inc.
k.root-servers.net
193.0.14.129,
2001:7fd::1
RIPE NCC
l.root-servers.net
199.7.83.42,
2001:500:9f::42
ICANN
m.root-servers.net
202.12.27.33,
2001:dc3::35
WIDE Project
2.
Yuqori pog‘ona domenlari DNS serverlari (Top-level domain, TLD servers).
Bu serverlar yuqori darajadagi domenlarga javob beradi. Bular com, org, net, edu va
gov kabi domenlar, shuningdek milliy domenlar: uz, uk, fr, ca va jp.
3.
NS-server
(Name Server)
– biror domenning IP-adreslari haqidagi maʼlumotni
saqlovchi server.
Bu serverlar o‘z navbatida birlamchi va ikkilamchi DNS serverlarga bo‘linadi.
Barcha o‘zgartirishlar administrator tomonidan faqat birlamchi DNS serverda
amalga
oshiriladi, ikkilamchi DNS serverlar o‘zidagi maʼlumotni birlamchi DNS
server bilan sinxronlab turadi. Agar birlamchi DNS server biror sabab bilan so‘rovga
javob bera olmasa, ikkilamchi DNS server so‘rovlarga javob beradi. Bu serverlarda
domen nomlari va unga mos IP-adres to‘g‘risidagi maʼlumotlar saqlanadi.
4.
Lokal DNS serverlar
. Har bir Internet-provayderlari,
tashkilot DNS serverlari
bunga misol bo‘ladi. DNS mijoz DNS-so‘rov yuborganida, bu so‘rov
avval lokal
DNS serverga kelib tushadi.
71
5.
Keshlovchi DNS server
oldin berilgan DNS so‘rov javoblarini o‘zining kesh
xotirasida yozib qo‘yadi, keyinchalik yana shunday so‘rov kelganda, kesh xotiradan
javobni olib uzatadi. Odatda lokal DNS serverlarning o‘zi ushbu vazifani bajaradi.
6.3-rasm.. Ildiz DNS serverlar (nomi, tashkilot, joylashishi).
6.5.
DNS ishlash prinsipi
DNS xizmati mijoz-server arxitekturasi asosida ishlaydi.
Masalan brauzer test.nuu.uz serveriga murojaat
qilish uchun quyidagi ketma-
ketlikda ish ko‘riladi (6.4-rasm):
1.
Brauzer mijoz kompyuteridagi DNS mijoz dasturiga test.nuu.uz
domenning A yozuvini so‘rab murojaat qiladi. DNS mijoz dasturlari odatda OT
tomonidan amalga oshiriladi.
2.
DNS mijoz hosts faylidan test.nuu.uz yozuvni qidiradi (hosts
fayli
C:\Windows\System32\drivers\etc katalogda joylashgan), agar yozuv topilmasa 3-
qadamga o‘tiladi.
3.
DNS mijoz lokal DNS serverga so‘rov jo‘natadi, agar lokal DNS serverda
kerakli yozuv topilmasa 4-qadamga o‘tiladi.
4.
Lokal DNS server ildiz DNS serverga uz domeniga javobgar DNS server
IP-adresini aniqlash so‘rovi bilan murojaat qiladi, agar IP-adres olinsa 5-qadamga
o‘tiladi.
72
5.
Lokal DNS server uz domeniga javobgar DNS serverga nuu.uz domeniga
javobgar DNS server IP-adresini aniqlash so‘rovi bilan murojaat qiladi,
agar IP-
adres olinsa 6-qadamga o‘tiladi.
6.
Lokal DNS server nuu.uz domeniga javobgar DNS serverga test.nuu.uz IP-
adresini aniqlash so‘rovi bilan murojaat qiladi, agar IP-adres olinsa 7-qadamga
o‘tiladi.
7.
Lokal DNS server olingan IP-adresni keshlaydi va mijozga yuboradi.
8.
Brauzer olingan IP-adresga murojaat qiladi.
ROOT DNS server
Keshlovchi DNS
Server (lokal)
uz domeniga javobgar
DNS server
IP adresini
aniqlash
so’rovi
Mijoz
Nomga asosan IP
Adresni aniqlash so’rovi
IP
adresni olish
uz
domeniga
javobgar
DNS server
nuu.uz domeniga
javobgar
DNS server
IP adresini
aniqlash
so’rovi
IP
adresni olish
nuu.uz domeniga
javobgar DNS
server
IP
Adresni olish
test.nuu.uz
server
IP adresini
aniqlash
so’rovi
Adresni
olish
Do'stlaringiz bilan baham: