O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/165
Sana05.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#638904
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   165
Bog'liq
Компьютер тармоқлари хавфсизлиги уқув кулланма 2020 uzb18 03 22

6.1.
 
Domen nomi 
Domen nomi
– bu internetdagi xostlarning simvolli identifikatori. Domen 
nomi inson tomonidan o‘qish, yozish va esda saqlash qulay. Masalan: cnn.com, 
www.yahoo.com, nuu.uz, google.com, mail.google.com. Domen nomlari xost nomi 
deb ham yuritiladi. 
Domen nomlari iyerarxik tuzilmaga ega bo‘lgani uchun bir domen nomi 
boshqa domen nomi tarkibiga kirishi mumkin, shunday qilib birinchi pog‘ona, 
ikkinchi pog‘ona, uchinchi pog‘ona va h.k. kabi domen nomlari paydo bo‘ldi. 


63 
Baʼzan uchinchi pog‘onadan boshlab, keyingi barcha pog‘onaning domen nomlarini 
umumiy qilib “
sabdomen
” deyishadi. 
Sabdomen (subdomen)
– domen osti. Masalan: 
amit.nuu.uz.
Ushbu misolda
 
nuu.uz
domenga sabdomen bu 
math
. 127 tagacha sabdomenlar iyerarxiyasi bo‘lishi 
mumkin, masalan 4-pog‘ona sabdomeni 
lib.amit.nuu.uz
. Har bir sabdomen nomi 
uzunligi 63 ta simvoldan oshmasligi kerak hamda domen nomining umumiy 
uzunligi 254 ta simvoldan oshmasligi kerak. 
 
6.1-rasm. Domen nomlari daraxt tuzilmasi (iyerarxiyasi) 
Dastavval yuqori pog‘ona domenlari AQSh uchun mo‘ljallangan edi, shuning 
uchun domenlar sohalar bo‘yicha ajratilgan edi: 

gov – davlat tashkilotlari; 

mil – harbiy muassasalar; 

edu – taʼlim muassasalari; 

com – tijorat tashkilotlari; 

net – tarmoq tashkilotlari. 
Keyinchalik internet tarmog‘i rivojlanib, AQSh chegarasidan tashqari hududlarni 
qamrab ola boshlaganda, milliy domenlar paydo bo‘ldi: 

uz – O‘zbekiston; 

jp – Yaponiya; 

au – Avstraliya; 


64 

ch – Chexiya; 

ru – Rossiya. 
Yuqori (birinchi) pog‘ona domenlarni taqsimlashni IANA – The Internet 
Assigned Numbers Authority tashkiloti nazorat qiladi. Adres: http://www.iana.org/. 
Fayl tizimidagi fayl va kataloglar singari, tarmoqdagi kompyuterlar domenga 
birlashtirilishi mumkin. Bu domen ham o‘z navbatida boshqa domenning tarkibiga 
kirishi, va/yoki boshqa domenni o‘z tarkibiga olishi mumkin. Masalan, 
static.test.nuu.uz adresida “
static”
serveri “test” domeni tarkibiga kirishi, “test” 
domeni o‘z navbatida “nuu” domeni tarkibiga kirishi, “nuu” domeni o‘z navbatida 
“uz” domeni tarkibiga kirishini bildiradi. Yoki qisqacha qilib, “static” serveri 
“test.nuu.uz” domeni tarkibiga kiradi deb aytish mumkin. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish