Musulmon ona farzandlarini duoiba’d qilmaydi
Hushyor va talabchan musulmon ayol – ona farzandlariga zarar keltiruvchi xatoga
bormaydi. Ularga la’nat o‘qimaydi, duoiba’d qilmaydi. Chunki u payg‘ambarlar yo‘liga
bog‘liqdir. Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) inson o‘z farzandlarini la’natlashini, duoiba’d
qilishini ta’qiqlaganlar.
Imom Muslimning kitoblarida keltirilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar:
“Zinhor o‘zingizga qarshi duo qilmang (duoiba’d qilmang, o‘zingizni la’natlamang),
farzandlaringizni duoiba’d qilmang. Ehtimol, qilingan duo Alloh tarafidan o‘zidan bir
narsalarni istab va istaklarning qabul etiladigan bir vaqtiga mos kelar va shu tariqa
sizning nomingizga o‘sha duo qabul etilar”.
Shu sababdan bir kishining farzandlarini la’natlashi, duoiba’d qilishi yanglish bir harakat,
yaxshi ish emas. Bir ona achchig‘i kelganda yanglishsa g‘azabi bosilgach, pushaymon
bo‘ladi, yana avvalgi holiga qaytadi. Nahotki, ona dinning ko‘rsatmalariga muvofiq
harakat qilib, so‘ng to‘xtasa?! Farzandlarini duoiba’d qilsa?! Dinini bilgan ona bunday
qilmaydi. Dinini bilgan ona farzandlari yanglishganda ham ba’zi yengil tabiat, o‘zini
bilmagan ayollar qilguvchi xatoni takrorlamaydi.
Hushyor va talabchan musulmon ona farzandlari hayotiga doim e’tiborlidir, ularning
hatti-harakatlarini, o‘y-fikrlarini doim kuzatuvchidir. Nima o‘qib, nimani yozishganlaridan
xabari bor, do‘sti kim, hamkor, hamdami kim, qaerlarda yuradi, bo‘sh vaqtlarni qanday,
kim bilan o‘tkazadi – bularning barchasini nazorat ostiga oladi. Ona farzandini yomonlar
bilan do‘stlashganini, xato harakatlar qilayotganini, noo‘rin joylarga borib kelayotganini,
nomuvofiq oldi-berdi qilayotganini, chekishga o‘xshash axloqsiz narsalarga
o‘ralashganini, noo‘rin o‘yin va ko‘ngilxushliklarga, haromlarga, Islom axloqiga mos
kelmagan narsalarga bog‘lanayotganini sezishi bilan darhol ogohlantirib, tanbeh beradi,
yumshoqlik bilan tuzatmoqqa, yaxshilik bilan to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatmoqqa, ishontirmoqka
harakat qiladi. Bu ishlarni otaga nisbatan ona yaxshiroq uddalaydi. Chunki, ona
farzandlariga otadan ko‘ra yaqindir. Shu sababli ota bajarolmaganini va farzandlariga
buyurolmaganini ona o‘rinlata oladi. Farzandlari ertangi kunning go‘zal va qimmatli
a’zolari bo‘lib yetishuvini ona ta’minlaydi. Ularning kamol topishini, odamiylikka
erishishini Islom qadriyat va amru farmonlari doirasida ado etadi.
Har farzand fitratiga mos dunyoga keladi. Agar ota-onasi yahudiy bo‘lsa – yahudiy,
nasroniy bo‘lsa – nasroniy, otashparast bo‘lsalar – otashparast qilib tarbiyalaydilar. Bu
haqiqat Buxoriy rivoyat qilgan sahih bir hadisda aytilgan.
Shu jihatda farzandlar shaxsiyati shakllanishida ota-onasining buyuk va muhim o‘rni
bor. Uning dunyoga kelishidan to balog‘at yoshiga yetib, kamol topgunicha nimalar lozim
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
Do'stlaringiz bilan baham: |