“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №1, февраль, 2021 йил. ISSN: 2181-1016
7
Yuqoridagi
jadvalda
sug‘urta
tashkilotlarida
investitsiya
portfelini
optimallashtirish bo‘yicha bir nechta modellarni jamlab ularning afzalliklari,
kamchiliklari va bozor turlari bo‘yicha xususiyatlarini ko‘rib chiqdik.
Sug‘urta tashkilotining investitsiya portfelini
iqtisodiy mezonlari asosida
samaradorligini baholovchi ko‘rsatkichlar quydagilardan foydalanishimiz mumkin: sof
joriy
qiymat,
investitsiyalarning
rentabelligi,
investitsiyalarni
qoplashning
diskontlangan muddati, ichki rentabellik darajasi, o‘zgartirilgan rentabellik darajasi.
O‘z investitsion portfelini boshqaruvchi kompaniyalarga berish butun jahon
tajribasi bo‘lib, quyidagi ustunliklarga ega:
ko‘pgina boshqaruvchi kompaniyalarning foydalilik ko‘rsatkichi sug‘urta
kompaniyalarinikidan bir necha barobar kattadir;
risklarni diversifikatsiyalash xilma-xildir, turli tarmoq vakillari bilan ishlash
tajribasiga ega;
olingan javobgarliklarni hisobga olgan holda,
moliyaviy instrumentlar
tarmoqlari va ularga qo‘yiladigan mablag‘lar cheklovlarini aniqlash imkoniyatiga ega.
Sug‘urta
kompaniyasi
investitsiya
faoliyati
bilan
bog‘liq
bo‘lgan
imkoniyatlaridan amaliyotda qay darajada foydalanayotgani ham muhim ahamiyatga
egadir. Investitsiyalashdan keladigan foydani oshirish uchun aniq
optimallashtirish
usuliga ega bo‘lishi kerakdir. Har bir kompaniyada investitsiya portfelini boshqarishda
mavjud sharoitlardan kelib chiqqan holda, kerak bo‘lsa matematik hisob-kitoblar orqali
optimallashtirish modeli ishlab chiqilishi kerak. Optimal investitsion portfelni
shakillantirish algoritmini tuzishga harakat qilamiz.
Yuqorida o‘rganib chiqqan modellarimizdan kelib chiqqan holda sug‘urta
tashkilotining investitsiya portfelini shakllantirish bosqichlari bo‘yicha mualliflik
taklifimizni ishlab chiqdik va bunda birinchi navbatda
korxonaning maqsadiga qarab
belgilashni maqsad qilib oldik. Buni quyidagi 1-rasmda ko‘rishimiz mumkin.
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №1, февраль, 2021 йил. ISSN: 2181-1016
8
1-rasm. Sug‘urta tashkilotining investitsiya portfelini shakllantirish bosqichlari
2
Investitsiya portfelini optimallashtirish, investitsiya risklaridan qochish, mavjud
bo‘lgan faktorlardan foydalanib ko‘pgina olimlar investitsiyadan daromad olish
modellarini tuzishgan. Ular ichida g‘arb olimlari Bleyk, Shouls, Mertonalarning
moliyaviy matematikani ishlab chiqishdagi mehnatlari cheksizdir. Investitsiya portfelini
baholashdagi yangi davrni 1959 yildan boshlab Markovits fanga
yangilik sifatida olib
kirdi. Uning izlanishlarida o‘zgalardan farqli ravishda, ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlarga
bahoning o‘zgarishi ham qo‘shildi. Yaratilgan modellar ichida Markovits va Lintner
hamkorligi ostida “Aniqlangan kapital bahosi modeli” muhim o‘rin egalladi. Ishlab
chiqilgan optimallashtirish usullarining sug‘urta xususiyatlariga mos keladigan
afzalliklarini olib, sug‘urta kompaniyasining investitsiya faoliyatini optimallashtirish
modelini tuzishga harakat qilamiz. Optimal investitsion portfelni shakillantirish
algoritimini tuzuzshda quyidagi chizma asosida bo‘lishini taklif qilamiz (2-rasm).
2
Muallif tomonidan shakllantirildi.
KIRISH
STRATEGIYA
Moliya
Tashqi muhit
Biznes jarayon
Salohiyat
Moliyaviy
tarkibining
maqsadlari
Tashqi muhit
tarkibining
maqsadlari
Biznes jarayon
tarkibining
maqsadlar
Salohiyat
tarkibining
maqsadlari
Muvozanatli ko‘rsatkichlar tizimi
tarkibiy qismlariga mos keluvchi
altirnativ varinatlarini tahlil qilish
Strategiyalarga mos kelmaydigan
muqobil variantlarini
maqsadliligini ko’rib chiqish
Strategik tashabbusning
tarkibini to‘ldirish
Birlamchi Sug’urta tashkilotining investitsiya portfelini rasmiylashtirish
Investitsiya portfeli variantlari bo
‘
yicha biznes-rejalarni baholash
Risk va noaniqlik bo
‘
yicha investitsiya portfelining tanlangan variantlarini ekspertiza qilish
Iqtisodiy samaradorlik uchun tanlangan investitsiya portfelining variantlarini ekspertiza qilish
Do'stlaringiz bilan baham: