“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №1, февраль, 2021 йил. ISSN: 2181-1016 2
haqiqiy baholash muammosiga duch kelmoqdalar. Bu muammoni yechish usullaridan
biri bu mamlakatda, mintaqada iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda investitsiya
portfeli
parametrlarini
prognoz
qilishdir.
Investitsiya
portfelining
iqtisodiy
parametrlarini taxminiy bashorat qilishgina investitsiyalarning kelajakdagi rentabelligi
va xavfliligini aniq ko‘rsatishi mumkin. Qabul qilingan materiallar asosida
sug‘urtalovchining investitsiya portfelining tuzilishini simulyatsiya qilish va investitsiya
parametrlarini hisoblash mumkin. Daromadlilik va tavakkalchilikning miqdoriy
ko‘rsatkichlari taxmin qilingan natija haqiqiy natijadan chetga chiqqanda eng yaxshisini
topish, xatolar va ularning sabablarini ochib berish uchun portfelning "modellarini"
taqqoslashga imkon beradi. Sug‘urta portfelining hajmi va tuzilishi o‘zgarganda,
investitsiya portfelining "modeli" o‘zgaradi. Ma'lumotlarni dinamikada ko‘rib chiqish
prognozlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni va "model" variantini tanlashni aniqlaydi va
ularni tezda yo‘q qilishga imkon beradi.
ADABIYOTLAR SHARHI Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil etish jarayonida sug‘urta kompaniyalarining
optimal investitsiya portfelini shakllantirish yuzasidan bir qancha yetakchi iqtisodchi
olim va mutaxassislar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilganligiga guvoh bo‘ldik,
ular quydagilardan iboratdir. Rossiyalik olimlardan N.N.Nikulina, N.N.Mamykina,
S.V.Berezinalar tomonidan sug‘urta kompaniyalarining optimal investitsiya portfelini
shakllantirish, ularning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini kiritish uchun investitsiya
imkoniyatlarini hisobga olgan holda investitsiya portfelining maqbul alternativasini
yaratish sug‘urta tashkiloti menejerlari va tahlilchilarining asosiy vazifalari sifati
qaragan.
G.Markovits,
D.Tobin,
Y.Sharplar
tomonidan
yaratilgan
portfelni
shakllantirish nazariyasida sug‘urtalovchilarning ish jarayonida investitsiya portfelini
shakllantirish uchun foydalanish, uning ketma-ketligini optimallashtirish algoritmi
cheklovlarga rioya qilishga etibor berilgan [2].
S.E.Sarkisovning ilmiy ishlarida zamonaviy sharoitlarda sug‘urta tashkilotining
innovatsion rivojlanishi uchun investitsiya portfelini shakllantirish haqida so‘z boradi.
Shuningdek, o‘rtacha konservativ investitsiya siyosati doirasida investitsiya portfelini
shakllantirish sug‘urta tashkilotiga umuman kompaniyaning moliyaviy barqarorligiga
xavf tug‘dirmasdan barqaror investitsiya daromadini olish imkoniyatini beradi [3].
S.A.Ivanov, A.L.Novosluginlar tomonidan sug‘urta kompaniyasining maqsadi
uning faoliyat doirasini belgilab bergan bo‘lsada, resurslarning mavjudligi, xodimlar-
ning bilimi va tajribasi, bozor va texnologik imkoniyatlarni bilish kabi omillar ham bir
xil darajada muhim rol o‘ynaydi. Diversifikatsiya investitsiya portfelining sifatini
yaxshilaydi va professional boshqaruvni talab qiladi. Portfelni samarali boshqaradigan
sug‘urta kompaniyalari mijozlar loyihalari uchun o‘zlarining ustuvor yo‘nalishlarini
xavf-xatarga qarab ajratadilar. Ushbu tasnif odatda savdo hajmi, aktivlar hajmi,
rentabellik standartlari va likvidlik ko‘rsatkichlariga asoslanishiga etibor qaratgan [4].
A.I.Buresh, tomonidan dinamik investitsiya portfelini yaratish uchun taqlidli
modellashtirishni qo‘llash, sug‘urta kompaniyasining inqirozga yuz tutmaslik ehtimolini
maksimal darajaga yetkazish, mukofotlar oqimining tasodifiy tarkibiy qismini va aktiv-