14-MAVZU: MOLIYA VA INVESTITSION PORTFELNI SHAKLLANTIRISH Raja: 1.Investitsion loyihalar portfelining mazmuni va mohiyati 2.Investitsiyada riskini o‘lchash va qarorlarni qabul qilish
1.Investitsion loyihalar portfelining mazmuni va mohiyati
«Investitsiya» keng qamrovli tushuncha. «Investitsiya – bu imkoniyat darajasida istiqbolda ko‘p va samarali iste’mol qilish maqsadida ertangi kun uchun asrab qo‘yiladigan mablag‘dir». «Investitsiya – bu kapitalni samarali joylashtirish usullaridan biri bo‘lib, u kapital qiymatini inflyatsiya darajasidan asrash yoki kapitalni o‘sishini va daromadning oshirishga qaratilgan jarayondir»
“Investitsiya – Investorlar ixtiyoridagi kapital qo‘yilmalarni qurilishga, ishlab chiqarish qurollari yoki qimmatli qog‘ozlar: aksiya, obligatsiya va hakozalarni xarid qilishga yo‘naltiradi.
Investitsiya resurslari iqtisodiy tuzilishiga qarab, shartli uchta turga ajratiladi:
to‘g‘ri (real) - kapitalni shakllantiruvchi investitsiya;
portfel (moliyaviy) - investitsiya;
intellektual (aqliy) - nomoddiy investitsiyalar.
To‘g‘ri (real) investitsiyalar - muayyan xo‘jalik sub’ektini boshqarishga, ishtirok etish huquqini olish va foyda chiqarish maqsadida ustav kapitaliga mablag‘ kiritishdir.
Portfel (moliyaviy) investitsiyalar – pul resurslari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa aktivlarni fond bozorida sotish, xarid qilish va qayta sotish operatsiyalari hisobiga vujudga keladi.
Investorlar boshqa firmalarning oddiy aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari hamda qarz huquqlarini xarid qilib olish orqali ularning boshqaruv tizimida bevosita va bilvosita qatnashishi mumkin.
Portfel (moliyaviy) investitsiyalarda
Mulkiy huquqlar - Iqtisodiy o‘zaro munosabatlar sub’ektlari mol-mulkka, tovar-moddiy boyliklarga, pul mablag‘lariga da’vogarlik qilish mumkin bo‘lgan huquqlardir.
Nomulkiy huquqlar - aksiyadorning (investorning) kompaniyaning umumiy yig‘ilishida ovoz berish, emitentning faoliyati haqida axborot berilishini talab qilish huquqidir .
Intellektual (aqliy) nomoddiy investitsiyalar - tarkibiga patentlar, litsenziyalar, Nou-Xau, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, tajribakonstruktorlik hamda ilmiy tadqiqot izlanishlari xarajatlari kiradi.
Aqlli (Smart) investitsiya qarorlari aqlli moliyalashtirish qarorlariga nisbatan ko‘proq pul keltiradi
Aqlli investitsiya xarajatiga nisbatan yuqori foyda keltiradi: ular musbat NPVga ega bo‘lishadilar
Loyihalar ba’zida pul oqimlarini prognozlashtirishda qo‘yilgan xatolar tufayli ijobiy NPV ga ega bo‘lib ko‘rinishadi.
2.Investitsiyada riskini o‘lchash va qarorlarni qabul qilish O’z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, A ofis binosi qurilishga investitsiya qilishi mumkin. Ofis binosiga investitsiya qilgan har $100 unga yil oxirida $114 dollar ishlatish imkonini beradi. Xuddi shuncha mablag‘ni kapital bozoriga investitsiya qilsa, yil oxirida $107 mablag‘ga ega bo‘ladi.
Bir yildan so‘ng emas, balki bugun pulga egalik qilmoqchi bo‘ladigan B ga nima bo‘ladi? U ushbu investitsiya imkoniyatini olib, o‘z qo‘lidagi mablag‘ni bugun ishlatadimi? Kapital bozorlar har doim ham individuallarga qarz olish va berishiga imkoniyat beravermaydi. B ning ofis binosi qurilishiga yil boshida qilgan har $100 investitsiyasi yil oxirida $114 keltirishini har qanday bank ham biladi. B ning ist’molni afzal bilishini bilgan bank unga bugun $114/1.07=$106.54 qarz berishga tayyor. Shu sababli B bugun $100 ishlatishi o‘rniga, $106.54 miqdordagi mablag‘ni ofis binosi qurilishiga investitsiya qilib, kelgusi daromadi hisobidan qarz oladi.
Diversifikatsiya - portfelni ko‘plab investitsiyalardan tashkil etish orqali riskni pasaytirishga mo‘ljallangan strategiya Yunik risk- faqatgina firmaga ta’sir etadigan risk omillari.
“Diversifikatsiyalanadigan risk” deb ham ataladi
Bozor riski- iqtisodiyot bo‘yicha yoyilgan risk bo‘lib, butun bozorga ta’sir etadi. “Sistematik risk” deb ham ataladi
Kapital investitsiyalar va moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar odatda bir biridan ajratiladi va mustaqil tahlil etiladi.
Yirik korporatsiyalarda - g‘aznachi va nazoratchi faoliyati ustidan boshqaruvni tashkil etish uchun Bosh menejer (Chief Financial officer-CFO) tomonidan amalga oshiradi.
Moliyaviy direktor - Bosh menejer faoliyati nuqtai-nazaridan sinonimdir. Qachonki investitsiya imkoniyati yoki loyihasi aniqlansa, moliyaviy menejer birinchi bo‘lib, ushbu loyiha unga sarflanadigan mablag‘lardan ko‘ra qimmatliroqmi degan savolni beradi.
Agar javob “ha” (ijobiy) bo‘lsa, shundan so‘ng menejer loyihani qanday moliyalashtirish haqida o‘ylab ko‘radi.
Demak, Moliyaviy menejer - Yirik miqdordagi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish (kapital budjet tuzish) va uni moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilishga mas’ul bo‘lgan shaxsdir.