B. S. Sayfullayev, V. K. Rustamov madaniy tadbirlarni tashkil etish


Madaniy tadbirlarning jam iyat m a’naviy hayotida



Download 3,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/134
Sana04.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#636042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
Bog'liq
Madaniy-tadbirlarni-tashkil-etish-mahorati.Сайфуллаев-Б (1)

Madaniy tadbirlarning jam iyat m a’naviy hayotida
tutgan o‘rni
Yurtimiz mustaqillikka erishgach, kishilar ongi, dunyoqarashi, 
tafakkuri, maqsad va intilishlari, bir so'z bilan aytganda ma’naviy- 
mafkuraviy olamida, ruhiy tabiati va hatto qiyofasida ulkan 
o‘zgarishlar paydo bo‘la boshladi. Bu borada hukumatimizning 
ma’naviyat, ma’rifat, mafkura, madaniyat, san’at va g'oyaviy 
yo‘nalish borasida olib borilayotgan hayotiy va odilona siyosati 
muhim omil bo‘lib xizmat etmoqda. Zero, gap ma’naviyat, mafkura, 
g ‘oya, san’at, madaniyat va ma’rifat haqida borar ekan, unda 
madaniy tadbirlarning jamiyat taraqqiyotidagi muhim ahamiyati 
beqiyosligini hech kim irikor etolmaydi. Ommaviy san’at asarlari 
hisoblangan teatr, kino yoki ommaviy tadbirlarni mazmunli, maq- 
sadli niyatga erishishda san’atning barcha turlaridan foydalaniladi 
va tomoshabinlarga taqdim etiladi. Ammo deyarli tasbkil etiladigan 
barcha tadbirlarning asosida ma’naviy, tarbiyaviy va axloqiy, 
ma’rifiy jarayonlarning yotganligiga shubha yo‘q.
Madaniy tadbirlarning jamiyat ma’naviy hayotida tutgan o‘rni 
beqiyosdir.
Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati» fani ham madaniy 
tadbirlarni tashkil etishning nazariy, amaliy hamda uslubiy jihat- 
larini o‘rgatadi. Rajalashtirilgan va o'tkazilishi lozim bo'lgan 
madaniy tadbirlarning asosiy vazifasi - milliy va dunyo madaniyat- 
larining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish va omma- 
lashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni, zamonaviy yoshlarni 
ma’naviy tarbiyalash, millatiga, tarixiga, insoniyatga bo'lgan 
hurmatni uyg‘otish va saqlash hisoblanadi. Zotan, xalqlaming 
o‘ziga xosligi va betakrorligini saqlash, tarixan shakllangan qadimiy 
milliy madaniyatlar, san’at va xalq ijodiyoti, yuz-yillar davomida 
tarkib topgan milliy an'ana va urf-odatlaming o‘zaro yaqinlashuvi
10


vii bir-birini boyitishi uchun, dunyoda yashayotgan turli millat va 
olnl vakiliari o‘rtasida o‘zaro hurmat muhitini qaror toptirish uchun 
mudaniy tadbirlarning ahamiyatini alohida ta’kidlash maqsadga 
muvofiqdir. Shuningdek, madaniy tadbirlarda shaxs o‘z insoniy 
Ihzilatlarini shakllantira boshlaydi, yashirin, betakror, individual 
xususiyatlari, qobiliyatlarini kashf etadi, ularni o‘stiradi va 
livojlantirib boradi, jamiyat, hayot bilan muloqotga kirishadi. 
Murakkab ijtimoiy voqelik sifatida bu tadbirlarning o‘ziga xosligi 
shundaki, u insoniyat avlodlarinig mehnati va bilimlarini o‘ziga 
singdirib oladi, saqlaydi, doimiy boyitib boradi va ularni kelgusi 
avlodlarga yetkazib beradi.
Mana shunday ulkan ishlarni amalga oshirishda madaniy 
ladbirlami maqsadli tashkil etish, uní tarbiyaviy jarayonlarga 
yo'naltirish -hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir.
Joylarda o‘tkaziladigan juda ko‘p tadbirlarning saviyasi past 
darajada o'tishi tadbir tashkilotchilarining - madaniy tadbirlarni 
tashkil etish asoslarini bilmasliklari, tashkil etishning usul va 
vositlaridan to‘laqonli foydalanmaganliklari, ijodiy hamda tashkiliy 
ishlarning uyg‘unligiga erisholmaganliklari, sahnalashtirish ishla- 
rini, g‘oyaviy talqin masalalarini yaxshi bilmasliklaridadir.
0 ‘zbekiston davlati mamlakatda insonlarning yashash shart- 
sharoitlarini yaxshilash, yoshlarga bilim berish, bo‘sh vaqtlarini 
samarali tashkil etish va buning natijasida jamiyat hayotida faol 
ishtirok etish, oilasi, kasbi, Vatanini sevish kabi ijobiy xislatlarni jo 
qilishga katta e’tibor qaratmoqda. Undan tashqari, madaniy tadbirlar 
milliy qadriyatlar, an'analar, urf-odatlar asosida vujudga kelgan 
boiib, har bir odamni mehr-shavqatli, mehr-oqibatli bo‘lishiga 
da’vat etadi, yer yuzida barqarorlik, birdamlik va ahillik tabiatini 
uyg'otadi, xalqlaming madaniyatlarini o‘zaro birlashtiradi, boyitadi 
va eng asosiysi - insonlarning millati, tili va dinidan qat’i nazar, 
xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi.
Sobiq sho‘rolar davrida (awallari madaniyat uylari, madaniyat 
saroylari, klublar deb atalgan) madaniyat maskanlarida olib 
boriladigan ishlarning asosini ko'ngil ochar dasturlar egallaganligini 
ochiq aytish mumkin. To‘g ‘ri, juda ko‘p madaniy tadbirlar 
o‘tkazilgan, ammo, bu tabirlaming asosida yotishi lozim bo‘lgan 
asosiy g ‘oya - yoshlar tarbiyasi masalalari o‘ta sust darajada
11


ko‘rilgan!igi achinarli holdir. Har qanday tadbir ma’lum bir g‘oyaga 
yo'naltirilishi, insonlarga o'zi xohlagan nimanidir olishiga imkon 
berishi, dam olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o'tkazishi, tarbiya- 
lanishi, jamiyatga foydasi tegadigan insonga aylanishi, davlat 
siyosatining mohiyatini anglashi kabi maqsadlar asnosida tashkil 
etilishi kerak.
Inson tarbiyasida, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida madaniy tad- 
birlarning o‘mi muhimdir. Yoshlami milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida va axloq qoidalari asosida 
tarbiyalash, yosh avlodda hayotga qat’iy ishonch va qarashni, 
mentalitetimizga yot bo'lgan zararli ta’sir va oqimlarga qarshi tura 
olish qobiliyatini rivojlantirish barcha pedagoglar va madaniy- 
ma’rifiy ishlar mutasaddilarining asosiy ustuvor vazifalardan 
hisoblanadi. Shu jihatdan ham madaniy tadbirlarni tashkil etish, 
uning dramaturgiyasini yaratishda ham tarbiyaviy ahamiyatga ega 
boMgan manbalarni qo'llay olish, unda odob, axloq, jamiyat 
taraqqiyoti, inson larni bilimli, ilmli qilish, ma’naviyat bilan 
qurollantirish, komil insonni tarbiyalashga qaratilgan vazifalar 
dolzarbligini yo'qotmaydi.
Xo‘sh, shunday ekan, madaniy tadbir degan tushunchaga 
qanday izoh bersak maqsadga muvofiq bo‘ladi?
0 ‘zbek tilining izohli lug‘atida 

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish