B. S. Sayfullayev, V. K. Rustamov madaniy tadbirlarni tashkil etish



Download 3,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/134
Sana04.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#636042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134
Bog'liq
Madaniy-tadbirlarni-tashkil-etish-mahorati.Сайфуллаев-Б (1)

»-¡M SI-


kunda esa ta’lim tizimida — o‘qish hamda o'qitishga talab juda 
jiddiy qo‘yilganligi bilan ajralib turadi. Talaba-yoshlaming bilim- 
liligi jamiyatning salohiyatini belgilashga ta'sir ko'rsatadi. Shuning 
uchun ham bugungi kunda ta’lim borasida yangi zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar, AKT, chet tillarini o‘zlashtirish, m e’yoriy 
hujjatlar, innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan ishlash (yoki 
o‘qitish) butun dunyoda keng yoyilgan. Bu o'qitish uslubi talaban i 
(o‘qituvchini ham) izlanishga, darsni faollashtirishga, fíkrlashga va 
tafakkurini oshirishga, tadbirlarni tashkil etish asoslarini yaxshi 
o'zlashtirish bo‘yicha bilim va ko'nikmalariga ega bo‘lish, mavzu 
va vazifani chuqur o'zlashtirishga undaydi. Ayniqsa, innovatsion 
texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv 
jarayonida qo‘llashga boMgan qiziqish, e’tibor kundan kunga 
ko‘chayib bormoqda. Bunday boiishini sabablaridan biri, shu 
vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalami faqat tayyor bilimlami 
egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ulami 
egallayotgan bilimlarini o ‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil 
o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib 
chiqarishlariga o ‘rgatadi.
Tadbirda qo‘llanilayotgan har bir janr ma’lum bir g‘oyani iigari 
surib, insonlar ongiga ta’sir qilishi lozim. Bunda g coyaviy talqin 
masalasiga jiddiy e’tibor berish kerak boMadi. Chunki, sahnaga 
chiqib aytilgan har bir so‘z tomoshabinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir 
qiladi va natijada u xulosalar chiqara boshlaydi. Bunda tanlangan 
asar tarbiyaviy ahamiyati bilan tomoshabinni o‘ylantirishi kerak. 
Tomoshabin e’tiboriga havola etilayotgan voqelikdan u to‘g ‘ri 
xulosalar chiqarishini ta’minlash -bu bizning zimmamizdagi eng 
muhim vazifalardan hisoblanadi. Tomoshabinda «nima bo‘pti» 
degan savolga o‘rin qoldirmaslik kerak. G‘oyaviy talqinga nisbatan 
to‘g ‘ri yondashish, qo‘yilayotgan, sahnalashtirilayotgan asarning 
qimmatini oshiradi
Har qanday sohada tarbiyaviy faoliyat, tarbiyaviy-jarayon 
sezilib turishi lozim. Chunki, tarbiyalangan har qanday jamoaning 
mehnatlari natijalari samarali bo‘ladi.
0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasida tarbiya haqida shunday 
yozilgan:
18


«Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy 
sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; 
insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boMgan xususiyatlarga 
ega boMishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chor-tadbirlar 
yig'indisi. Tarbiya - insonning insonligini ta’minlaydigan eng 
qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, 
kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki, odam va 
jamiyatning mavjudligini 
ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya 
tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi.
Tarbiya har qanday jamiyat va mamlakat hayotida hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining 
tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg'unlik va 
inqirozga mahkumdir. Negaki, o‘sishi va rivojlanishi uchun har 
qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab 
chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun 
yosh avlod moddiy va ma’naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari 
darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak».
Demak, bundan xulosa shuki, tarbiyaga faqatgina shaxsga 
qaratilgan, uning ma’naviy, axloqiy, estetik jihatdan yetuklik 
darajasinigina emas, balki uni keng ma’noda ijtimoiy jamiyatning 
muhim talabi va asosiy maqsadi sifatida ham qaralishini taqozo 
etadi.
Tarbiya jarayoni - shaxsni shakllantirishga maqsadli yo'nal- 
tirilgan, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchilar hamkorligi uchun 
maxsus tashkil etilgan, boshqariladigan va nazorat qilinadigan, 
o‘zining pirovard maqsadi sifatida shaxsni shakllantiradigan 
jarayondir.
Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi -h ar tomonlama va 
uyg'un kamol topgan yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdir.
Madaniy tadbirlar ham tarbiya jarayonining muhim bo‘lak- 
laridan hisoblanib, asosiy maqsad qilib, barkamol avlod tarbiyasini 
birinchi navbatga qo‘yishi lozim. Yuqorida qayd etib o‘tgani- 
mizdek, tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, 
ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik 
jarayondir yoki boshqacha qilib aytganda insonning jamiyatda 
yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega boMishini 
ta’minlash yo'lidagi chora-tadbirlar yig‘indisi, desak ham bo'ladi.
19


«Tarbiya» atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng 
ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat 
ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishti- 
rokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, 
intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat 
oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan 
tarbiyaviy ishlarni, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi 
g ‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, televideniye, matbuot va 
boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi 
tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma'lumot olish ham kiradi.
Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, 
ma’naviy-axloqiy qiyofasi, estetik didi o‘stirilishga yo'naltirilgan 
pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar 
hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta’lim va ma’lumot 
olish tor ma’nodagi tarbiya ichiga kirmaydi, biroq har qanday 
tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog'liq holdagina mavjud bo'ladi. 
Chunki ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi 
ko'payibgina qolmay, balki axloqiy-ma’naviy sifatlari qaror topishi 
ham tezlashadi. Shuning uchun ham «Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani 
esa, ta’limdan ajratib bo'lmaydi - bu sharqona qarash sharqona 
hayot falsafasi»dir4 Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, 
farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega boMgan, 
ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta’lim- 
tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi boMishi lozim», — deb 
uqtiradi Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
Demak, tarbiya - shaxsni shakllantirishga maqsadli yo‘nal- 
tirilgan, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchilar hamkorligi uchun max- 
sus tashkil etilgan, boshqariladigan va nazorat qilinadigan, o'zining 
pirovard maqsadi sifatida shaxsni shakllantiradigan jarayondir.
Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi - har tomonlama va 
uyg'un kamol topgan yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdir. 
Tarbiya jarayoni - tarbiyaviy ishlar, tadbirlaming doimiy 
harakatdagi zanjiridan iborat.
Tadbirlar bo‘yicha so‘z borganda, tarbiyaviy tadbirlar degan 
tushunchaga duch kelamiz. 

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish