“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Go‘zallik
– bu tabiat, jamiyat, san’at hodisasi bo‘lib, biror narsaga his-tuyg‘u orqali ta’sir 
o‘tkazish bilan insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik, 
zavqlanish, ma’na-viy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratiladi. Go‘zallik ijtimoiy 
ahamiyatga molik hodisadir. Go‘zallik hamisha foydali, lekin u alohida turdagi foydali – u 
avvalo, insonga, jamiyatga, taraqqiyotga ma’naviy foyda keltiradi. 
b) Go‘zallik xilma-xil darajada namoyon bo‘ladi. Tabiatdagi go‘zallik ijtimoiy hayot 
go‘zalligidan, foydali-amaliy faoliyatdagi go‘zallik badiiy ijoddagi go‘zallikdan farq qiladi. 
Lekin barchasi qandaydir umumiy belgiga egadir. Mana shu umumiy belgi tufayli hodisalarni 
go‘zallik tushunchasi bilan ifodalaymiz. Go‘zal narsalar inson amaliy faoliyatiga, manfaatlariga 
mos bo‘lib, ularni idrok etish hayrat va quvonch bag‘ishlaydi, shaxsning uyg‘un hamohang rivoj-
lanishiga, unda eng yaxshi insoniy xislat-fazilatlar tarkib topishga ko‘maklashadi. 
Inson hamma erda va har qanday darajada mavjud tabiiy hamohanglik bilan to‘qnashar 
ekan, u albatta tabiat go‘zalligidan zavq-shavq oladi, ma’naviy boylik orttiradi. Hamma vaqt 
ham tabiatga estetik munosabat va tabiatni estetik o‘zlashtirish, uni «insoniylashtirish», tabiat 
hodisalariga inson talab-ehtiyojlarini, maqsad-orzularini o‘tkazib tatbiq etish bilan bog‘lanib 
ketgan. 
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuyg‘usi sekin-asta, inson zoti va tabiatda 
rivojlanish yuz bergani sari shakllanib borgan. Masalan, ibtidoiy san’at manzarali tasvirlarni 
bilmagan, tabiat hodisalarining go‘zal yoki xunuk ekanligini baholamagan. Ular o‘z diqqat-
e’tiborlarini hayotning asosiy manbai bo‘lgan narsalar voqea-hodisalarga (hayvonlarga) 
qaratganlar.
Keyinchalik, ovchilik o‘rniga (yoki u bilan yonma-yon) dehqonchilik kirib kelishi, 
insonning ishlab chiqarish faoliyati atrofidagi tabiatni o‘zlashtira boshlashi bilan, tabiatning o‘zi 
ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, inson uchun tabiatning xunuk va go‘zal tomonlari ayon 
bo‘la boshlaydi. Go‘zallikni yuksak darajadagi foydalilik tarzida in’ikos etish go‘zallik 
ko‘rinishlaridan faqat bittasini o‘z ichiga oladi. Hozirgi davrda insoniyat ulkan vayron qilish 
qudratiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish kuchlariga ham ega bo‘lib qoldi. Tabiatga «o‘zlashtirish» 
nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lish yovuzlikdan boshqa narsa emasdir. Inson tabiat haqida 
qayg‘urib, undan oqilona foydalanib, ayni vaqtda tabiiy hamohanglik sirlari ichiga yanada 
chuqur kirib bormoqda. 


v) San’atda go‘zallik ifodasining tahlili tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi, turmushdagi 
go‘zallikni tushunish uchun o‘ziga xos kalit vazifasini o‘taydi. San’at go‘zallikning 
mujassamlashgan ifo-dasi bo‘lib, xuddi shu ma’noda uni «nafosat qonunlariga ko‘ra ijod qilish 
sohasi» deb atash o‘rinli bo‘ladi. Inson faoliyatining boshqa sohalarida go‘zallik qonunlariga 
rioya qilganda go‘zallik «yordamchi vazifa»ni bajaradi. San’at sohasida esa unga rioya qilmaslik 
san’atning o‘zini bema’ni, mohiyatsiz qilib qo‘yadi. 
San’atdagi go‘zallik – hayotdagi go‘zallikning in’ikosi bo‘lib, go‘zallik yaratuvchi 
ijodkorlarning boshqa odamlardan farqi shunda-ki, u boshqalar fahmlay olmagan go‘zallikni 
hamma erda ko‘ra olish, fahmlash, sezish, his qilish qobiliyatiga egadir. San’at voqelikning 
barcha estetik qirralari va sifatlarini qamrab oladi, hatto mudhish va xunuk hodisalarni 
tasvirlayotganida ham go‘zallikni tark etmaydi. 
O‘rta asrning juda ta’sirli oqimlaridan biri Yevropa klassitsizmi ijodkorlari yuksak san’at 
aslida takomil va go‘zal bo‘lgan, ijobiy estetik qiymatga ega bo‘lgan hodisalarni aks ettirishi 
kerak, deb qaragan edilar. Uning vakillari, shubhasiz, juda ko‘p badiiy qadriyatlar yaratganlar. 
Jahon san’ati xazinasiga ulkan hissa qo‘shganlar (Kornel, Rasin, Bajenov va boshqalar). Lekin 
san’at taraq-qiyotini faqat chiroyli va yuksak mavzu tomon yo‘naltirish uning ko‘lamini cheklab 
qo‘ydi. Natijada voqelikdagi mavjud bo‘lgan go‘zallikning kichik bir bo‘lagi qirollar va 
sarkardalar siymolari orqali hayot go‘zalligi bir tomonlama tasvirlandi. Oddiy odamlar 
hayotining badiiy ifodasi esa yuksak san’atga loyiq topilmadi. 
San’atda go‘zal qiyofani aks ettirish boshqa, qiyofani nafis tasvirlash boshqa narsa. 
Chernishevskiy voqelik go‘zalligi san’atdagi go‘zallikdan yuqori turishini uqtiradi. U hayotdagi 
go‘zallik birlamchi, san’atdagi go‘zallik ikkilamchi deydi. CHunki hayotda go‘zallik bo‘lmasa, 
san’atda ham u ifoda topa olmaydi. Lekin u jiddiy xatoga yo‘l qo‘yadi. CHunki haqiqiy san’at 
dunyo go‘zalligini faqat surat aksinigina emas, balki undagi go‘zallik mohiyatini ham namoyon 
etadi. 
San’at hayotning boyligi va xilma-xilligini, go‘zallik va xunuklikni, yaxshi va yomon 
xislatlarni aks ettiradi hamda unda estetik orzu muhim ahamiyat kasb etadi. San’at go‘zal va 
xunuk narsalarni aks ettirish mumkin. Lekin san’atning o‘zi hamma vaqt ham go‘zaldir! CHunki 
u o‘z tarkibiga estetik orzu, ya’ni go‘zallikning zaruriy xossasini singdirgandir. 
Ko‘p asrlar davomida san’at estetik orzuni ro‘yobga chiqarishning ikki asosiy 
yo‘nalishini ishlab chiqqan: 
1) Ijobiy qahramon ramzini yaratish, ijobiy qahramon – ijodkorning go‘zallik haqidagi 
estetik orzusidir. 
2) Salbiy qahramon – go‘zallikning aksi bo‘lgan xunuklik, yaramaslik ramzi bo‘lib, u 
ham estetik ahamiyatga ega. 


San’atda ilg‘or estetik orzuning bo‘lishi san’at go‘zalligi bilan bog‘liq zaruriy, lekin 
yagona bo‘lmagan omildir. San’at go‘zalligi uning haqqoniyligidan ajralmagan holda qaror 
topadi. Badiiy haqiqatsiz san’atda go‘zallik bo‘lishi mumkin emas. 
Haqiqat va go‘zallik birligi san’at taraqqiyotining qonuniyatlaridan biridir. SHekspir 
«Go‘zallik qimmatli haqiqat bilan yakunlanib, yuz chandon go‘zallik kashf etadi», deydi. 
San’atdagi go‘zallik shakl va mazmun birligida yaxlit mushohada etiladi. Inson 
faoliyatida kamolotga, go‘zallikka intilish ko‘p jihatlardan eng muvofiq shaklni izlab topishda 
ko‘rinadi. Bu shakl esa faoliyat burchiga, vazifasiga, mazmuniga mos kelishini taqozo etadi. 
SHaklning mazmunga mos kelishi san’atdagi go‘zallik mezonidir. Gap ijtimoiy ahamiyatli, 
g‘oyaviy ilg‘or, hayot haqiqatiga ega bo‘lgan mazmun haqida borsagina shaklning mazmunga 
mos kelishiga san’at go‘zalligining mezonlaridan biri sifatida qarash mumkin bo‘ladi. 
San’atdagi go‘zallik, uning badiiy qimmati hayotni haqqoniy tasvirlash, gumanistik 
g‘oyalarni ifodalash, shakl va mazmun uyg‘unligini yaratish bilan belgilanadi.
Voqea-hodisalarning ob’ektiv estetik ahamiyatini ifodalovchi qadriyat sifatida go‘zallik 
sub’ektiv estetik baholash orqali, kishilarning didi va ideallari vositasida qabul qilinadi. Estetik 
tarbiyaning muhim vazifasi-kishilarda haqiqiy go‘zallikni tushuna olish va qabul qilish 
qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishdir. 
Ulug‘vorlik kategoriyasi estetikaning yana bir muhim kategoriyasidir. Qadimgi estetikada 
«ulug‘vorlik» iborasi tantanaligi va ahamiyatliligi bilan ajralib turadigan nutqning alohida 
uslubini tavsiflash uchun ishlatilardi. Ulug‘vorlik muammosiga estetik-nazariy yondashish III asr 
notig‘i Longin yozgan «Ulug‘vorlik to‘g‘risida»gi risoladan boshlanadi. U ulug‘vorlikni nutq 
go‘zalligi bilan bog‘lanib ketgan odatdan tashqari fikrlar va ehtiroslar sifatida tushunib, u 
insonga his-tuyg‘uli ta’sir etuvchi, uni quvonch va hayratga soluvchi kuch deb uqtiradi. 
XVII asr ingliz olimi E.Byork fikricha, ulug‘vorlik tuyg‘usining manbai-dahshat yoki 
shunga o‘xshash tuyg‘ular ko‘zg‘atadigan barcha narsalar, voqea-hodisalardir. Byork 
ulug‘vorlikni insonga his-tuyg‘uli ta’sir o‘tkazish shakllari ichida eng kuchlisi bo‘lgan 
qoniqmaslik tuyg‘usi bilan bog‘laydi: Go‘zallik qoniqish asosidagi estetik zavqlanish baxsh etsa, 
ulug‘vorlik dahshat va qoniqmaslik tuyg‘usining vujudga keltiradi. 
Boshqa ingliz olimi T.Xoum fikricha, ulug‘vorlik go‘zallikdan faqat o‘zining ko‘lami 
bilan farq qiladi va ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi. 
I.Kant fikricha, go‘zallik ham, ulug‘vorlik ham qo‘pol, sof foyda ma’nosidagi 
manfaatdan xoli bo‘lib, hamma uchun umumiy ahamiyatli, maqsadga muvofiqlik va zarurlik 
tasavvurlarini o‘zida mujas-samlashtirgandir. 


Ular o‘rtasidagi farqlar: agar go‘zallik sifatdan olingan qoniqish orqali vujudga kelsa, 
ulug‘vorlikning zaminida miqdor tasavvuri yotadi; go‘zallik hamma vaqt jozibali, ulug‘vorlik 
esa goh o‘ziga tortadi, goh o‘zidan qochiradi va nisbiy his-tuyg‘ular qo‘zg‘aydi. 
CHernishevskiy fikricha, ulug‘vorlik tabiiy hodisalarga ham xos estetik tushunchadir. 
Masalan, oddiy shamoldan bir necha yuz marta kuchli bo‘ron ulug‘vordir, pastkash hisob-kitob 
va intilishlardan yuz karra kuchli bo‘lgan sevgi ulug‘vordir. 
Ulug‘vorlik ko‘lami go‘zallik ko‘lamidek cheksizdir. Tabiatda ulug‘vorlik timsollari: 
okeanlar, osmon, dengizlar, sharsharalar, tog‘lar. Ularning umumiyligi-ulkanligida, keng 
ko‘lamligida. Ulug‘vorlik quvonch, hayratlanish, tan berish, shuningdek, ba’zida qo‘rquv hissini 
uyg‘otadi. 
Ijtimoiy hayotda ulug‘vorlik qahramonlik va mardlik bilan qo‘shilib ketadi, ularni 
alohida-alohida mushohada etish qiyin. Ulug‘vorlikka xos estetik va axloqiy sifatlar mavjuddir. 
Fidoyilar, qahramonlarning qiyofalari bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlikni, ham mardlikni 
namoyon qiladi. 
Ulug‘vorlik va pastkashlik qiymatlari ham o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Insonning 
tabiat ustidan hukmronligi – yaqin kunlargacha ulug‘vorlik timsoli sifatida in’ikos etilardi. 
Bunday munosabat ekologiya buzilishi, Orolning qurishi, kishilar sog‘lig‘ining yomonlashishiga 
olib keldi. 
Tabiat ustidan hukmronlik qilish emas, balki u bilan hamohang bo‘lish, ijtimoiy faol, 
tashabbuskor, ijodkor shaxsni shakllantirish – ulug‘vorlik orzusining asosiy mazmuni. 
Ulug‘vorlik san’atda har tomonlama ifodalanadi, chunki u san’atning asosiy 
mavzularidan biridir. Qahramonlik dostonlari, lirik dostonlar, qahramonlik musiqa asarlari, 
me’morchilikda ulug‘vorlik turlicha tasvirlanadi. 
Me’morchilikda ulug‘vorlik alohida ahamiyat kasb etadi. Me’morchilikda ulug‘vorlik 
faqat miqyos o‘lchovi bilan o‘lchanmaydi. Masalan, ayrim obidalar o‘zlarining keng ko‘lami 
bilan ulug‘vorlik kasb etsalar, boshqalari o‘ta nafisligi, nozik ifodasi, hamohangligi, atrof-muhit 
bilan uzviy qo‘shilib ketganligi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, Bobil minorasi, 
Minorai Kalon, Misr piramidalari, Toj Mahal keng ko‘lami bilan ulug‘vorlik kasb etsa, Amir 
Temur dahmasi, Shohizinda, Registon maydoni, Mir Arab mad-rasasi, Ismoil Somoniy 
maqbarasi o‘ziga xosligi bilan ulug‘vorlik hissini uyg‘otadi. 
San’atda ulug‘vorlik ba’zida fojialilik bilan yonma-yon namoyon bo‘ladi. Masalan, 
Shekspir asarlari, Shashmaqom, ba’zi me’moriy obidalar bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlik, 
ham fojialilik ruhi bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Lekin har doim ham emas. Masalan, Registon – 
ulug‘vor, lekin fojiali his uyg‘otmaydi, Makbet xonim fojiali, lekin ulug‘vor emas. 


Fojialilik va kulgililik estetik kategoriyalari yordamida hayot ziddiyatlari va 
to‘qnashuvlari baholanadi va mushohada qilinadi. Fojialilik va kulgililik ijtimoiy xususiyatga 
ega tushunchalardir. Ular yolg‘iz insonga xosdir, faqat ijtimoiy munosabatlar jarayonidagina 
namoyon bo‘ladi. 
Fojialilik va kulgililik o‘zaro bog‘liqligi hayotning murak-kabligi, ziddiyatliligi, 
harakatchanligidan kelib chiqib, ularni san-’at yordamida yaxshiroq anglaymiz. San’at asarlarida 
fojialilik va kulgililik yaxlit namoyon bo‘ladi. Ko‘p hollarda fojialilik va kulgililikning uzviy 
chirmashib ketishi ildizlari ijodkor iste’dodiga borib taqaladi. 
Masalan, Shekspir asarlarida fojiali va kulgili tomonlar shu qadar chirmashib ketganki, 
ularning birini ikkinchisisiz anglash qiyin. 
Fojialilik muammosi har doim, falsafiy va estetik tafakkur e’tiborini o‘ziga jalb qilib 
kelgan. Fojialilikda voqeiy hayotning chuqur ziddiyatlari va to‘qnashuvlari hayot va o‘lim, 
ozodlik va zarurat, aql va tuyg‘u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlar namoyon 
bo‘ladi. 
Shekspir va Sofokl asarlari, Dostoevskiy, SHoloxov ro‘mon-lari, M.SHayxzodaning 
«Jaloliddin Manguberdi», «Mirzo Ulug‘bek» sahna asarlari fojia san’atiga misol bo‘ladi. 
Fojia san’ati – insoniyatning doimiy hamrohi. Inson o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish 
uchun bir umr intiladi, kurashadi. Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ijtimoiy 
adolatsizliklar, mu-nosabatlardagi xilma-xillik, san’atda fojiali ohanglar tug‘ili-shiga sabab 
bo‘ladi. 
Kulgililik kategoriyasida ham insonning voqea-hodisalarga munosabatlaridan biri 
ifodalanadi. Kulgili holatlarga faqat insongina kulgi bilan javob beradi. Kulgililik xunuklik bilan 
bog‘lab mushohada qilinadi, xunuklikning o‘zi kulgili emas, balki uning go‘zallik da’vo qilishi 
va o‘zini go‘zallik o‘rniga qo‘yishi kulgilidir. 
Kulgililik boshqa estetik hodisalar singari tashqi va ichki tomonlarni o‘zida birlashtiradi. 
Kulgililikning ichki tomoni – keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir. Hazil tuyg‘usi 
shaxsning tabiiy va erkin, bevosita idrok etishi natijasida xilma-xil kulgili, beo‘xshovliklarni 
ko‘rib, anglab, ularga kulgi bilan javob berish qobiliyatining ifodasidir. 
Kulgi insonning ruhini ko‘taradi. Kulgililikning har xil ko‘rinishlari san’atning 
arxitekturadan boshqa deyarli barcha turlarida namoyon bo‘ladi va komediyada o‘zining to‘la 
estetik ifodasini topadi. Kulgililik tushunchasi komik tushunchadan kengroqdir. Komik voqea 
ijtimoiy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan hodisadir. Komediyada komik matn bo‘ladi. Gogol 
«Komediya uchun qiyshiq burun emas, qiyshiq jon kerak» deydi. 
San’atda kulgilik turlari: 
Latifa – kulgili yoki eng sodda komik voqea. 


Parodiya – hajviy o‘xshatma. 
Satira (mashara) – hayotning salbiy hodisalari ustidan achchiq kulish. 
Yumor (hazil-hajv), sarkazm, lof, askiya, karikatura va h.k. san’atda kulgililik turlariga 
misol bo‘ladi. 
Kulgililikning barcha shakllari qanchalik erkin namoyon bo‘lish imkoniyatlariga ega 
bo‘lib borsa, shunchalik ko‘p ahamiyat kasb etadi. Beozor hazil-hajv tuyg‘usi inson hayotining 
kulgili tomonlari, uning barcha qirra va zarralarini ilg‘ab olish va fahmlash qobiliyatini 
o‘stirishga yordam beradi va u borgan sari shaxsning ma’naviy-ruhiy kamoloti ko‘rsatkichi 
bo‘lib boraveradi. 
Keyingi ikki asrdan ortiq vaqt mobaynida estetikani faqat san’at falsafasi sifatida talqin 
qilish haqiqatga zid ekani ma’lum bo‘lib qoldi. CHunki asta-sekin «san’at estetikasi» yonida 
yana boshqa «estetikalar» paydo bo‘la boshladi. Ularning ba’zilarini estetik faoliyat, estetik soha 
kabi atamalar bilan nomlashga urinib ko‘rdik. Biroq bunday yondashuv doimo nazariy 
chalkashliklarga olib keldi, hozir ham o‘shanday manzarani ko‘rish mumkin. Masalan, estetik 
faoliyat deganimizda san’atni tushunamiz, boringki, unga dizaynni ham qo‘shish mumkin. Lekin 
tabiatni yoki sportni estetik faoliyat deb aytolmaymiz, ularga taalluqli nazariyalarni estetika 
sohasi deyish ham qiyin. CHunki mohiyatan ular estetik faoliyat emas, balki estetik xususiyatlar 
namoyon bo‘ladigan voqelik va ular borasidagi nazariyalarni estetikaning qismlari deb atash ham 
ularga nisbatan to‘g‘ri emas; bunday atama bilan biz estetika tarixi, estetika nazariyasi, estetik 
madaniyat singari fanning «katta-kichik» bo‘limlarini nazarda tutamiz. Ana shunday har xilliklar 
ko‘pgina adabiyotlarda, hatto estetika lug‘atida ham tez-tez uchrab turadi59. Ulardan qutulish 
maqsadida biz estetikaning ikki qatordan iborat turlarga bo‘lgan holda tasniflashtirishni 
maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Birinchi qatorni estetikaning eng miqyosli turi – san’at 
estetikasi, ikkinchi qatorni esa, qolgan barcha, nosan’at estetik ob’ektga asoslangan estetik 
nazariyalar tashkil etadi. Ular – tabiat estetikasi, turmush estetikasi, mehnat estetikasi, texnika 
estetikasi va sport estetikasi. San’at estetikasini alohida, keyingi boblarda ko‘rib chiqishimizni 
nazarda tutib, hozir nosan’at ob’ektlar estetikasi qatoridagi estetik nazariyalar turlarini qisqacha 
nazardan o‘tkazamiz.
Tabiat haqida gap ketganda, «tabiatni asrash», hatto «tabiatni qutqarish» degan so‘zlarni 
tez-tez eshitamiz. Xo‘sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. 
Demak, odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir qismi emas, uni odam bir-birini 
bo‘ysundirganidek bo‘ysundirishi, «olamni tubdan o‘zgartirishi» mumkin emas. Aks holda, oxir-
oqibat insoniyat, hayvonot va nabotot dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar. Keyingi bir 
asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan-texnika taraqqiyoti jahonning deyarli barcha 
59
Қаранг: Эстетика. Словарь. С. 35, 276, 421.


sivilizatsiyalashgan mintaqalarida landshaftning (er yuzi manzarasining) o‘zgarishiga, 
buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv omborlarini olib ko‘raylik. Hozirgi paytda minglab 
kvadrat kilometr takrorlanmas landshaft suv ostida qolib ketdi. Vaholanki, landshaft hayvonlar, 
qushlar, o‘simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarning uyg‘unligidir. Biz esa, tabiatga 
bo‘lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to‘ydiradigan, hayotimizni farovon 
qiladigan vosita deb qarashimiz tufayli ana shu uyg‘unlikni muntazam ravishda buzib 
kelmoqdamiz. 
Biz tabiatni nutqlarimizda, she’rlarimizda, maqolalarimizda «Ona-tabiat» deb ataymiz. 
Darhaqiqat, tobimiz qochsa, shifokorlar bizga bahavo, shaffof suvli tabiat qo‘ynida joylashgan 
oromgohlarga borishni, kimsasiz daryo bo‘ylaridagi butazorlar orasida chodir qurib, bir muddat 
tashvishlardan forig‘ yashashni tavsiya etadilar. SHahar shovqinlaridan, mehnatdan, axborotlar 
siquvidan charchaganimizda, jamoa bilan yoki oilaviy tarzda shanba yo yakshanba kuni tabiat 
qo‘yniga chiqib dam olamiz. Toliqsak, doim «onamiz» qo‘yniga intilamiz, ona-tabiat bizni 
davolaydi, go‘zalligi bilan hayratlantiradi, ruhlantiradi. Lekin bir-ikki kundan so‘ng yana 
hammasini unutamiz, tag‘in tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday? CHunki biz uni 
tushunmaymiz, uni bilmaymiz. SHu sababli biror bir odamning yaxshi yoki yomonligiga asl 
sabablar nimaligini, uning mohiyatini bilmaganimiz, tushunmaganimiz uchun «falonchining 
tabiati o‘zi shunaqa», yoki muayyan hayvon yoxud o‘simlikning sir-sanoatidan bexabarligimiz 
tufayli uni «tabiatan o‘zi shunday» deyish bilan muammoga nuqta qo‘yamiz. Zero, tabiat olami 
kubromi (katta olammi), olami sug‘romi (kichik olammi), ya’ni, odammi, u – sirli, uni lozim 
darajada tushunmaymiz va bilmaymiz. Har qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik, uni fan sifatida 
zo‘r berib o‘qitmaylik, baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, zotan ekologiya tabiatni asrashni, 
qutqarishni, boyitishni targ‘ib qiladi. Biroq ularning hammasiga faqat estetika yordamida, uning 
ekologiya bilan hamkorligi orqali erishish mumkin. CHunki estetika insonga tabiatni sevishni, 
uning go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi, ya’ni, tabiatni faqat odamlar uchun 
yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok 
etishni taqozo qiladi. Ha, tabiat go‘zallik va ulug‘vorlik manbai, lekin faqat inson uchungina 
shunday emas. Masalan, bulbul tunda, odamlar uxlaganda sayraydi, namozshomgul va ba’zi 
boshqa gullar faqat qorong‘u tushayotgan paytdan boshlab ochiladi. Demak, hayvonlarni, 
o‘tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni, tog‘larni faqat «biz uchun» deb emas, «biz uchun ham» deb 
tushunishimiz lozim. 
Buyuk Kant tabiatni axloqiylik bilan bog‘laydi: «Kimniki bevosita tabiat go‘zalligi 
qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyati 


mavjudligidan dalolat beradi», – deydi u.60 Ammo Hegelning, tabiatda ideal yo‘q, shu sababli u 
ikkinchi darajali go‘zallik turi, degan fikri estetikada hukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr 
tabiatni «bo‘ysundirishni» targ‘ib qilgan markschilikning tegirmoniga suv quydi. Natijada uzoq 
yillar mobaynida tabiat estetikasiga e’tibor qaratilmadi. Biz me’moriy obidalarni asrash, tiklash 
haqida qayg‘urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga 
chiqarib qo‘ydik. Hozirgi kunda shu narsa aniq bo‘ldiki, tabiatni eng ulug‘ va mangu estetik 
qadriyat deb bilmaslik borib turgan estetik savodsizlikdir. Aniqrog‘i, bugun tabiatsiz estetikani 
tasavvur qilish mumkin emas.
Buning sababi, birinchidan, tabiatni nosan’at estetik ob’ekt sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri idrok 
eta olsak (bunga keyinroq bafurja to‘xtalamiz), ikkinchidan, u san’at uchun insondan keyin eng 
boy material, manba; san’at vositasida in’ikos ettirilgan tabiat estetik qadriyat sifatida 
ma’naviyatimizni boyitib yashaydi. San’atda aks etgan tabiat o‘zining g‘oyaviy-badiiyligi, 
abadiylikning o‘chmas lahzasi, takrorlanmas go‘zallik yoki ulug‘vorlik, ba’zan esa, fojiaviylik 
sifatida bizni doimiy rom etishi bilan ajralib turadi. Nosan’at estetik ob’ekt sifatida esa, tabiat 
faqat go‘zallik va ulug‘vorlikni ifodalaydi, g‘oyaviy-badiiy urg‘uga ega emas, hissiyotlarimizga 
san’atdagidek kuchli ta’sir ko‘rsatolmaydi, ammo san’atda landshaftning butun go‘zalligini aks 
ettirish imkoni yo‘q. Masalan, o‘tloqdagi giyohlar ranginligining o‘rnini hech bir rassom 
bo‘yog‘i bosa olmaydi, ranglarning barchasini aks ettiraman desa, rassomning rangtasviri bir-biri 
bilan nouyg‘un olachalpoq ranglar yig‘indisidan iborat bo‘lib qoladi, san’at asariga aylanmaydi. 
Rassom bizga faqat o‘tloqning bir parchasini, o‘zi «tanlab olgan” qisminigina, «tanlangan» 
ranglarnigina ko‘rsatishi mumkin. Yoki musiqa san’atiga aylangan tabiatni, deylik, Sayfi 
Jalilning dutorda ijro etilgan «To‘rg‘ay» kuyini bir-ikki, boringki, o‘n-o‘n besh marta 
eshitsangiz, huzur qilasiz, estetik zavq olasiz, biroq uni har kuni tinglasangiz, u kuy qanchalik 
buyuk san’at asari bo‘lmasin, joningizga tegadi. Jonli to‘rg‘ayning sayraganini esa, yillar 
davomida har kuni eshitsangiz ham, har gal zavq olasiz. SHu sababli estetikada tabiatni ham 
nosan’at, ham san’atga aylangan estetik ob’ekt sifatida ikki yoqlama ilmiy yondashuv orqali 
o‘rganish maqsadga muvofiq. 
San’atga aylangan estetik ob’ekt sifatida tabiat deyarli barcha san’at turlarida va janrlarida 
o‘z aksini topadi. Boshqacharoq aytganda, tabiatni «o‘rganish», «tushunish» barcha san’at 
turlariga xos. Masalan, badiiy adabiyotda hikoyadan – romangacha, she’rdan – dostongacha 
tabiat manzarasi tasvirlanmaydigan biror janrni topish mumkin emas. O‘rik daraxtining to‘rt 
fasldagi holati, ko‘klamdagi gullagan, yozda barg yozib, meva qilgan, kuzdagi oltin rangiga 
kirgan, qishda yalang‘och, shoxlari nayzaga o‘xshagan ko‘rinishlari badiiy adabiyotda ham, 
rassomlikda ham o‘z ifodasini topgan. O‘zbek xalq kuyi «CHo‘li iroq»da fojiaviylikni, 
60
Кант И.
Сочинения в 6 т. Т

5. М., «Мысль», 1966. С.314.


Betxovenning «Oydin sonati»sida inson qalbi evrilishlarining, xayolga cho‘mgan quvonchning 
ifodasini ilg‘aymiz. Me’morlikda yaproqlarning peshtoqlardagi xandasaviy jilvasi, 
haykaltaroshlikdagi go‘zal kiyikning tasviri deysizmi, xullas, tabiat barcha san’at turlarida badiiy 
asarni go‘zallashtirib, ulug‘vorlashtirib turuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, tabiat estetikasini «ekologik estetika» doirasiga tiqib 
qo‘yish mumkin emas, uni texnika yoki mehnat estetikasidan keyin turadi, degan gaplar asossiz. 
U bugungi kunda san’atdan keyingi eng qamrovli tadqiqot ob’ektiga ega bo‘lgan, muhimlardan 
muhimroq estetik nazariya turidir, uning «hurmatini joyiga qo‘yish” vaqti allaqachon kelgan. 
Ko‘rib o‘tganimiz – tabiat estetikasi bizni hozir avvalgi davrlarga qaraganda ancha olisdan o‘rab 
turgan biologik muhitning hayotimizni go‘zallashtirishdagi, umuman, estetiklashtirishdagi 
ahamiyatini tadqiq etsa, uni insonni «tabiiylashtirish» vositasi sifatida olib qarasa, texnika 
estetikasi, aksincha, bugungi kunda bizga eng yaqin bo‘lgan noosferani – texnikaviy muhitni 
muntazam «insoniylashtirib» borish muammolarini o‘rganadi. 
Inson doimiy ravishda ravnaq topib boradigan mavjudot, uzoq davom etgan insoniy 
taraqqiyotning mahsuli, ya’ni, tosh asridagi va hozirgi odam, garchand ikkalasi ham odam deb 
atalsa-da, bir-biridan farq qiladi. Zamonaviy odam aqlan, axloqan nisbatan yuksak darajaga 
ko‘tarilgan, jismonan esa, – go‘zallashgan. Texnikani ana shu go‘zallashgan inson yaratgan. Shu 
o‘rinda imom G‘azzoliyning inson va uning ijodiga nisbatan aytgan: «Yaratilgan yaratganiga 
o‘xshaydi”, degan so‘zlarini yana bir bor eslaylik. Alloh insonni yaratib, uni o‘ziga o‘xshashini 
istasa, inson ham o‘z ijodi mahsulining o‘ziga o‘xshash bo‘lishini xohlaydi. Texnika inson 
ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik aqlli, qanchalik go‘zal bo‘lsa, shunga 
qarab o‘zgarib boradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘nggi ikki asr mobaynida, ayniqsa, XX asrda inson 
tafakkuri, uning jisman va axloqan taraqqiyotidan ilgarilab ketdi. Chunki tafakkur, vujud va 
axloqdan farqli o‘laroq, narsalarga aylanish xususiyatiga ega. Narsaga aylangan tafakkur 
tinimsiz ravishda yangi, o‘zidan yuksakroq narsaga aylanadigan tafakkurni taqozo etadi, u esa, 
o‘z navbatida yana yangi narsani yaratadi va shu tarzda tafakkur olg‘a qarab boraveradi. Bu, biz, 
odatda, hisobga olmaydigan qonuniyat. Chunki tafakkurning nima ekani, u qanday qilib moddiy 
jarayonlarni o‘zgartirishi hozircha noma’lum, vaholanki u biologik hodisa emas. «Tafakkur 
energiya shakli emas, – deydi akademik V.I.Vernadskiy. – Qanday qilib u moddiy jarayonlarni 
o‘zgartira oladi? Bu savolga ilm hozircha javob topgan emas»61. Nima bo‘lganda ham, 
tafakkurning ravnaqqa qarab taraqqiy qilib borishi isbot talab qilmaydigan haqiqat. Ana shu 
ravnaqning sur’ati biz yaratgan texnika vositalarini tezkorlik bilan o‘zgarib, qulaylashib, 
61

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish