“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

10-MAVZU ESTETIKA 
Reja: 
1.
“Estetika” fanining obekti va falsafiy mohiyati. Estetika” haqidagi qarashlar tarixi.
2.
Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi.
3.
Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi.
4.
Санъат ва унинг ижтимоий табиат.Санъат турлари. 
5.
Tabiatning estetik jihatlari. Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi.
6.
Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari. 
7.
Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari. Voqe’likka estetik munosabatni milliy va 
umumbashariy ahamiyati. 
 
Tayanch tushunchalar: Estetika, «Go‘zallik falsafasi», estetik ehtiyoj, nafosat, san’at, 
estetika amaliyoti, Zardushtiylik, Pifagor, Geraklit, Suqrot, Aflotun, Arastu, Tit, Lukretsiy Kar, 
G‘arb O‘rta asrlar estetikasi, Uyg‘onish davri, klassitsizm, nemis klassik falsafasi, O‘rta Osiyo 
Uyg‘onish davri estetikasi, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, ekzistensializm, 
strukturalizm.
Ekoestetika, dizayn, san’at, Xalq amaliy san’ati, Tabiat, Ekologik estetika. 
Санъат, Tarbiya, estetik tarbiya, tarbiya vositalari, estetik tarbiyaga tahdidlar, ommaviy 
madaniyat, reklama, estetik did, mehnat

Estetika so‘zi yunoncha «estezis» so‘zidan olingan bo‘lib, «sezish», «his qilish 
qobiliyati» ma’nosini bildiradi. Bu fan – insonning voqelikka estetik munosabatlari va insoniyat 
badiiy rivojining umumiy qonun-qoidalari haqidagi fan. Uzoq vaqt bu fan «Go‘zallik falsafasi» 
deb ta’riflab kelingan. Lekin hozirgi davrda „Estetika" fanini bunday ta’riflab bo‘lmaydi, chunki 
«go‘zallik»ning o‘zi „Estetika"ga tegishli tushunchalardan biriga aylanib qoldi. Birinchi marta 
estetika so‘zini fanning nomi sifatida olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1762) 


“Poetika” asarining ba’zi bir masalalari to‘g‘risida falsafiy mulohazalar” kitobida ishlatgan 
(1735 yil). Lekin bu bilan Baumgartenni „Estetika" fanining asoschisi deb bo‘lmaydi, chunki 
estetika nazariyalari qadim zamonlardayoq „Falsafa” fani doirasida o‘rganilgan. 
Dastlabki estetik ta’limotlar quldorlik jamiyati davrida – Sharq mamlakatlari (Misr, 
Bobil, Hindiston, Xitoy, Eron va Turon)da vujudga kelib, qadimgi Yunonistonda, ayniqsa, 
Aflotun, Arastu, Suqrot asarlarida, qadimgi Rimda Lukretsiy Kar, Goratsiy va boshqalarning 
tadqiqotlarida rivojlantirildi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan mustaqil fan sifatida shakllana 
boshladi. „Estetika" so‘zi ko‘pincha narsa va hodisalarning rang-tusi va shaklidagi 
mukammallik, mutanosiblik, latofat ma’nolari majmui sifatida ham qo‘llaniladi. Mazkur 
tushuncha kishilarning yaxshi fe’l-atvori, muomalasi, nutqi, did bilan kiyinishini anglatadi yoki 
tabiatdagi go‘zallikni ham bildiradi. 
Estetika so‘zi ba’zan «nafosat» tushunchasi bilan baravar ishlatiladi. San’atda ham 
estetika bir qancha ma’nolarda qo‘llaniladi. Voqelikdagi tabiatan nozik narsalar va hodisalar 
in’ikosi – badiiy adabiyotda nazm, tasviriy san’atda – manzara, miniatyura va boshqalar 
fikrimizga yorqin dalildir. Ikkinchidan, san’atda nima in’ikos ettirilishidan qat’i nazar, nihoyatda 
nozik ifoda usullari qo‘llanilishi, ifoda usulining bag‘oyat nafisligi – nozik raqs va boshqalar 
diqqatga sazovordir. “Estetika” atamasi o‘rnini bevosita va bilvosita “Nafosat” atamasi bosa 
oladi. Ko‘pchilik “estetika” atamasiga o‘rgangani uchun “nafosat” atamasini chuqur his qilol-
maydi. 
Estetika fan sifatida voqelikning go‘zallik asosida in’ikos etishini, inson amaliy 
faoliyatining hamma sohalarida go‘zallik va xunuklik tuyg‘ularini, ayniqsa, badiiy ijodning 
umumiy qonunlarini o‘rganadi. Biz voqelikdagi go‘zallik va xunuklikni turlicha tushunamiz. 
Estetik qarashlarimiz, tasavvurlarimiz, baholarimiz nisbiy bo‘lib, ularni xolis baholash 
estetikaning vazifasidir. Mazkur fanning asosiy tushunchasi – go‘zallik zohiriy va boti-niy 
ma’noga ega, voqea-hodisa, buyum zohiran go‘zal, botinan xunuk bo‘lsa, bu erda tom 
ma’nodagi go‘zallik deb bo‘lmaydi. Shu bois donishmandlar tashqi va ichki go‘zallik 
mutanosibligiga alohida ahamiyat berganlar. 
Go‘zallikka intilish tabiiy ehtiyojdir. Bu ehtiyoj tarbiya vo-sitasida namoyon bo‘ladi. 
Go‘zallik qurshovida yashagan inson bilan xunuklik muhitida o‘sgan odam o‘rtasida katta farq 
bor. Go‘zallik tarbiyasi insonni ma’naviy jihatdan kamolotga etaklaydi, estetik his-tuyg‘uni 
taraqqiy ettiradi. Estetik his-tuyg‘u insonni qurshab turgan muhitdagi go‘zallik va xunuklikni, 
ulug‘vorlik va tubanlikni, fojiaviylik va kulgililikni idrok etish va baholash qobiliyatidir. Estetik 
ehtiyoj ezgulikka, go‘zallikka intilishdir. Bu ehtiyoj mehnat, san’at, axloqiy munosabatlardagi 
go‘zallikni taqozo etadi. Estetika o‘z mohiyatiga ko‘ra, din, fan, axloq, huquq tamoyillaridan 


farq qiluvchi o‘ziga xos qonunlar asosida rivojlanib, unda o‘tmish madaniy merosi, hozirgi kun 
tarbiyasi, kelajak bashoratlari uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘ladi, fan voqea-hodisalarning 
qonuniyatlarini voqelikka muvofiq keladigan tushunchalar va qoidalar orqali ochib bersa, 
estetika voqea-hodisalarni xayol, to‘qima obrazlar vositasida ifodalaydi. Ulardagi timsollar ham 
o‘z tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, musavvirlik, haykaltaroshlik, teatr va 
boshqa san’at turlarida voqea-hodisalar bevosita tasvirla-nadi. Musiqa, raqs, me’morchilikda 
san’atkorning voqea-hodisalar va narsalardan tug‘ilgan g‘oyaviy-hissiy holati ifodalanadi. Bu 
jihatdan estetika san’atga yaqin turadi. Estetika fani
 
falsafiy bilimlar majmuida o‘ziga xos 
alohida ahamiyatga molik bo‘lib, u bir tomondan insonning atrof-muhitga, voqelikka estetik 
munosabati doirasidagi olamni o‘zgartirish jarayonidagi faoliyatini namoyon etadi. Ikkinchidan, 
san’atga alohida ahamiyat beradi. Chunki ayni shu erda insonning nafosat olamini o‘zlashtirishi 
eng yuqori darajaga ko‘tariladi.
Estetika fanining ikki tomoni mutanosibligi nihoyat darajada murakkab tizimga ega 
bo‘lib, uni soddalashtirib, qolipga solishga urinishlar ko‘p hollarda kulgili vaziyatlarga olib 
keladi. Uning bir tomonini bo‘rttirib, ikkinchi tomonini unga bo‘ysundirib qo‘yish ham estetika 
fani mohiyatini buzilishiga olib keladi. Masalan, atrof-muhitni go‘zallik mezoni bilan 
baholanishini bo‘rttirib yuborish estetikani faqat go‘zallik falsafiy qolipiga zo‘rlab sig‘dirishga, 
inson badiiy faoliyati sohasini esa faqat san’at falsafasi darajasiga tushirib yuborishga sabab 
bo‘ladi. Estetikaning fan, keyinchalik esa o‘quv darsi sifatida shakllanish jarayonlarida uni bir 
qator mustaqil bilim sohalariga bo‘lib yuborishlar, ya’ni estetikani «estetik qadriyatlar 
nazariyasi», «estetik idrok etish nazariyasi» va «umumiy san’at nazariyasi» sohalariga ajratib 
o‘rganish hamda o‘qitish maqsadga muvofiq deb ko‘rsatilgan edi. Insonning estetik faoliyati 
badiiy faoliyati bilan, aksincha uning badiiy faoliyati estetik faoliyati bilan bab-baravar degan 
aqida tarixiy taraqqiyot tajribasida o‘zini oqlamadi. Aslida bu ikki nisbiy mustaqil maqomga ega 
bo‘lgan inson faoliyati sohalari o‘zaro shu qadar chirmashib ketganki, ularni bir-birisiz tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. 
Insonning estetik faolligi jarayonida tabiat va jamiyat qad-riyatlari munosabatlari 
tizimidagi estetik xususiyatlar (go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik, fojialilik va 
kulgililik) qonuniyatlari namoyon bo‘ladi. Insonning estetik faoliyati sifati va darajasi esa estetik 
qadriyatlar bilan estetik baholash qobiliyati, estetik idrok etish bilan estetik amaliyot 
o‘rtalaridagi uzviy aloqadorlik madaniyatning barcha sohalaridagi badiiy va estetik o‘zaro 
bog‘liq mezonlari bilan o‘lchanadi. 
Estetikaning ikkinchi tarkibiy qismi bo‘lgan san’atni yaxlit birlikda mushohada etib 
o‘rganish, uning faoliyati boshqa turlari qatorida tizimi va amal qilish xususiyatlarini anglab, 


badiiy ijod, uning samarasi bo‘lgan san’at asarlari bilan ularni odamlar idrok qilishining uzviy 
bog‘liqligini ilg‘ab olish, badiiy faoliyat aniq shakllarini yaratuvchi qonunlarini o‘rganish 
faoliyat badiiy taraqqiyoti qonunlarini san’at ravnaqining istiqbollarini ko‘ra bilish qobiliyatining 
vujudga kelishi jarayonlarini tadqiq etish estetika fanining eng muhim mavzusi hisoblanadi.
Estetika fani hech vaqt faqat atrof-voqelikni estetik va badiiy idrok etish qonuniyatlarini 
o‘rganish bilan chegaralanib qolmay, u tadqiq va tahlil ishlarini istiqbol maqsad-manfaatlariga 
yo‘naltirib turgan. Estetikaning istiqbolga mo‘ljallanganligi shu bilan izohlanadiki, u voqelikni 
nafosat nuqtai nazaridan baholashda, badiiy mezon o‘lchovlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqib, 
amaliy faoliyatga tatbiq etishda o‘z ifodasini topadi. Insonning estetik tafakkuri shakllanib, 
rivojlanib va takomillashib borgani sari uning ijtimoiy-ruhiy, mafkuraviy-g‘oyaviy, siyosiy-
ma’naviy intilishlari ham tobora tiniqlashib boradi. Chunki estetik tafakkur insonning maqsad-
manfaatlarini estetik-badiiy vositalarda nazariy asoslab beradi, estetik madaniyat va badiiy 
amaliyot asoslarini o‘rganish, tahlil qilish bilan boyitadi, estetik nazariyalarning falsafiy 
asoslarini ochib beradi, voqelikni estetik in’ikos etish jarayonlarini ko‘rsatib beradi. SHunday 
qilib: estetika fani va o‘quv darsi voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy ijod 
jarayonlarining uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, 
estetika – bu nafosat olami, san’at va badiiy ijod jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg‘u, sezish, 
idrok qilish vositalari orqali o‘rganadigan va o‘rgatadigan fandir. 
Estetika mavzui bilan bevosita aloqador bo‘lgan «estetik mu-nosabatlar», “borliqni 
estetik o‘zlashtirish”, “estetik bilish”, “estetik tafakkur”, “estetik faoliyat” kabi o‘zaro yaqin, 
ma’nodosh bir qator tushunchalar bor. Ular orasidagi “borliqni estetik o‘zlashtirish” tushunchasi 
qolgan «estetik munosabat», «estetik bilish», «estetik tafakkur», «estetik faoliyat» 
tushunchalarini ham qamrab oladi. Shu bois estetika fani insoniyat tomonidan borliqni estetik 
o‘zlashtirish mohiyati va qonuniyatlarini o‘rganadi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Borliqni estetik 
o‘zlashtirish esa san’atning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu bois estetika fani san’atning 
asosiy uslubiy-metodologik zamini bo‘lib xizmat qiladi. 
Estetikaning borliqni estetik o‘zlashtirish mohiyati va qonuniyatlari haqidagi fan 
sifatidagi o‘ziga xos bir qator fazilatlari ham bor. Estetika fani inson tevarak-atrofidagi moddiy 
va ma’naviy boyliklarining barchasini qamrab olishga, inson faoliyatining barcha jabhalaridagi 
nafosat olamini san’at barcha turlari vositasida chuqur o‘rganishga da’vat etadi. San’at esa 
estetik boyliklarni yaratish manbaidir. San’atni ilmiy jihatdan tahlil va tadqiq etish barobarida 
esa estetik faoliyatning barcha ko‘rinishlariga ilmiy jihatdan yondoshish uchun zamin yaratiladi. 
SHu bois san’at va badiiy ijodning tabiati va mohiyatini o‘rganish, qonuniyatlarini o‘zlashtirish 
go‘zallik nafosat (estetika)ning barcha sifat darajalarini o‘rganish uchun kalit vazifasini o‘taydi. 


Bu jabhalarga san’atning umumiy nazariyasi, estetika fanining xususiy-uslubiy asoslariga oid 
tadqiqotlar, moddiy boyliklar yaratish estetikasi, muhandislik-loyihachilik faoliyati, ilmiy-
tadqiqot ishlari sohasida estetik jihatlar, tabiat estetikasi, insoniy munosabatlar estetikasi, 
kundalik turmush va odob estetikasi kabi bir qancha sohalarni kiritish maqsadga muvofiqdir. 
Hozir jahon estetika fanida bu jabhalarning har biri estetika tarkibiga kiruvchi mustaqil maxsus 
o‘quv kurslari darajasiga ko‘tarilgan. Estetika fani esa bu maxsus o‘quv kurslarning uslubiy-
metodologik asosini tashkil etadi. 
Estetika fani falsafiy bilimlar tizimida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. U, eng avvalo, falsafiy 
bo‘lib, uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur nazariyasi va tarixi tashkil qiladi. 
Masalan, voqelikni estetik va badiiy o‘zlashtirish jarayonlarini o‘rganishda xolislik, tarixiy 
yondoshish, bilish jarayonida amaliy tajribaning ahamiyati kabi uslubiy asosni qo‘llash ijobiy 
samaralarga olib kelishi mumkin. Bilish nazariyasi vositasida san’atning bilish tabiati, 
voqelikning badiiy-ramziy ifodalash bilan ilmiy tadqiq etish o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va 
o‘zaro farqlar, voqelikni badiiy vositalar orqali tasvirlashning ijodiy tabiati, san’at asarlaridagi 
shartlilik va badiiy haqiqat kabi estetika fanining juda ko‘p nazariy hamda uslubiy asoslari 
muammolarini echish, ularga javob izlab topish mumkin. 
Bilish nazariyasining boshqa aqidalari – ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi, ma’naviy 
hayot xilma-xil shakllarining o‘zaro bir-biriga ta’sir o‘tkazishi, iqtisodiy zamin bilan ijtimoiy 
ong turli shakllari o‘rtasidagi bilvosita aloqadorlik va bog‘liqlik kabi masalalar ham estetik ong, 
badiiy ijod va san’at tabiati hamda xu-susiyatlarini ilmiy tushunishga yordam beradi. Ayni 
mahalda estetika fani mustaqil bilim sohasini tashkil etgan holda u falsafaning ravnaq topib 
borishiga ham o‘zining hissasini qo‘shadi. Masalan, bilish nazariyasining yanada rivojlanib, 
mazmunan boyib borishida badiiy bilish ham muhim o‘rni tutadi. Bilish nazariyasi, badiiy 
madaniyat qadriyatlari, voqelikka estetik mu-nosabat, estetik tushunchalar, ayniqsa, ijtimoiy ong, 
uning nisbiy mustaqilligi haqidagi fikr-mulohazalar ham ko‘p jihatdan san’at bilan bog‘liqdir. 
Estetika fani psixologiya fani bilan ham chambarchas bog‘liq. Buni estetik tafakkur 
taraqqiyotining barcha bosqichlarida kuzatamiz. Bu yaqinlikning asosi shundaki, voqelikka 
estetik munosabatning barcha tomonlari estetik did yoki estetik his-tuyg‘u, badiiy ijod yoki 
badiiy idrok qilish jarayonlarining hammasi ruhiyat mezoni bilan o‘lchanadi. Chunki estetika 
muayyan darajada insonning ruhiy, his-tuyg‘u holatini ifodalaydi. 
Psixologiya fani estetik munosabatning barcha tomonlarini, jumladan, badiiy ijod va 
idrok jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiq etadi. Ayni mahalda estetika fani inson 
ruhiy hayotining eng murakkab va nozik tomonlarini qamrab oladi. Estetikaning tarkibiy 
qismlarini psixologiya fanining erishgan yutuqlari va xulosalaridan keng foydalanmasdan turib 


tasavvur etib bo‘lmaydi. Ayni paytda shuni ham unutmaslik kerakki, san’atning o‘ziga xos 
xususiyatlarini o‘rganishda psixologiya fanining ahamiyati qanchalik katta bo‘lmasin, u hech 
vaqt estetika fanining o‘rnini bosa olmaydi. Zero, o‘tmishda va hozirda voqelikka estetik 
munosabatning butun bir sohasiga psixologiya aqidalarini bosh mezon qilib olib, estetikani 
mustaqil fan sifatida chetga surib qo‘yishga moyillik seziladi. 
Estetika fanining hozirgi davrga xos xususiyatlaridan biri shuki, bu sohaga kibernetika, 
semiotika (belgilar tizimlarini qiyo-siy o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi bilim sohasi) va 
matematika kabi fanlarning usul va vositalari ham izchil kirib o‘rnashayapti. 
Estetika san’at va badiiy faoliyat turli shakl ko‘rinishlarini o‘rganadigan bilim sohalari 
uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qilar ekan, ayni mahalda u adabiyotshunoslik, 
musiqashunoslik, teatrshunoslik, axloqshunoslik kabi fanlar bilan hamkorlik qilish jarayonida 
rivojlanib boradi. Bu hamkorlik eng avvalo mazkur fanlarning ham san’at umumiy nazariyasiga 
amal qilishida ko‘rinadi. Masalan, san’-atning xususiy nazariyasi adabiyot, musiqa, tasviriy 
san’at va boshqa ijod sohalarining xususiyatlarini tadqiq etsa, san’atning umumiy nazariyasi 
san’atning barcha turlari, badiiy ijod barcha sohalari amal qiladigan qonuniyatlarning umumiy 
belgilarini o‘rganadi. Lekin san’atning umumiy belgilari sof holda mavjud bo‘lmasligi, ular 
ayrim san’at turlari xususiyatlari orqali ifodalanishini inobatga olib aytish mumkinki, estetika
 
o‘zining umumiy xulosalarini ishlab chiqishda san’atshunoslikning alohida-alohida bilim 
sohalari erishgan ilmiy ma’lumotlarga tayanadi. 
Estetika san’atshunoslik bilim sohalari uchun boshlang‘ich na-zariy va uslubiy asos 
bo‘lib xizmat qiladi. Estetikasiz san’atshuno-slik bo‘la olmaydi, ya’ni u ayrim voqea-hodisalar 
sharhi bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lib qoladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, Estetika xususiy 
san’atshunoslikning umumiy qonuniyatlari, eng av-valo, nafosat tabiati va estetik timsol 
qonuniyatlarini o‘zida namoyon qiladi. 
Estetikaning amaliyot uchun ahamiyati nimada? U voqelikka qanday ta’sir o‘tkazadi? 
Estetika ijtimoiy bunyodkorlik jabhasida qay tarzda ishtirok etadi? Bu savollarga javob berish 
ham estetika fani mavzusidir. Estetik nazariya san’at va badiiy ijod jarayoniga, badiiy 
madaniyatning barcha sohalariga amaliy jihatdan kuchli ta’sir o‘tkazadi.
Ilgarigi davrlarda Yevropadagi estetika nazariyalarida belgilab qo‘yilgan estetik me’yor 
bilan uning burch-vazifalarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish odat tusini olgan edi. Masalan, 
klassitsizm tarafdorlari estetik burchni barcha ijodkorlar amal qiladigan aqidalarda ko‘rardilar. 
Pozitivizm tarafdorlari esa estetika fani doirasini badiiy jarayonlarni tushuntirish va sharhlash 
bilan belgilardilar. Hozirgi zamon estetika nazariyachilari bunday bir yoqlama yondashishni 
qabul qilmagan holda «Estetika fanining asosiy burchi va vazifasi san’atning vujudga kelishi, 


rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlarini tahlil qilishdir», degan xulosani ilgari suradilar. 
Muammo shundaki, mazkur qonunlar mohiyati va tabiati ochib berilgandan so‘ng va nazariy 
xulosalar bayon etilgandan so‘ng oldindan belgilangan me’yor qolipiga aylanib, san’atning 
joziba va sehr kuchini yo‘qotib qo‘yish havfi tug‘iladi. 
Estetika amaliyoti adabiy-badiiy tanqidda yaqqol namoyon bo‘ladi. Badiiy tanqid bilan 
estetik nazariya o‘rtasida azaliy uzviy bog‘liqlik mavjuddir. Bu bog‘liqlikni «tanqid – bu 
harakatdagi estetikadir» degan ibora mazmunida ham ko‘ramiz. Munaqqid san’at asarlarini 
baholash va sharhlashda xolis estetik aqidalarga suyanadi va bu bilan estetikaning ijtimoiy 
hayotdagi o‘rnini mustahkamlaydi. 
Adabiy-badiiy tanqid – bu estetika fani bilan san’at amaliyo-ti o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik ramzidir. Estetik nazariya san’atkor dunyoqarashini shakllantirishda muhim omil 
hisoblanadi. Badiiy faoliyat qonunlarini bilish, san’at tabiatini tushunish, uning ijtimoiy 
hayotdagi o‘rnini anglash haqiqiy iste’dod o‘rnini qoplay olmaydi. Ammo bu ikki qanotning 
yaxlit namoyon bo‘lishi iste’dodning estetik nazariya bilan qurollanishi, ularning qo‘shilib amal 
qilishi natijasida ijtimoiy hayot muhtoj bo‘lgan va kutib yotgan estetik mo‘‘jizalar yaratiladi, 
albatta. 
Estetika fani san’atdan bahramand bo‘luvchilar – tomoshabin, kitobxon, tinglovchi uchun 
ham katta ahamiyat kasb etadi. Ular san’at haqida qancha ko‘p bilsalar, san’at mohiyati va 
burch-vazifalari haqida qanchalik chuqur va haqqoniy tasavvurlarga ega bo‘lsalar, ularda san’at 
bilan doimiy muloqotda bo‘lishga intilish kayfiyati shunchalik kuchli bo‘ladi. Estetika fani 
san’at haqida faqat bilimlar beribgina qolmay, san’atga qiziqqanlarda badiiy ijodga nisbatan 
hurmat uyg‘otadi, badiiy ijod inson faoliyatining eng murakkab turi, eng ko‘p aqliy va jismoniy 
kuch talab qiladigan soha ekanligidan boxabar qiladi. 
Estetik nazariya san’atkorlar, ijodkorlar bilan bir qatorda bu sohani boshqaradigan 
hodimlar uchun ham zarurdir. San’atga rahbarlik qilishda sodir bo‘lgan o‘zboshimchalik, 
beboshlik, hokimi mutlaqlik ko‘p jihatdan uning o‘ziga xos qonunlarini bilmaslik oqibatidir. 
Estetik nazariyaga suyanib ish ko‘rish – badiiy jarayonlarga samarali ta’sir o‘tkazish va 
san’atning erkin rivojlanishini ta’minlash garovidir. Qotib qolgan aqidalardan xalos etilgan va 
hayot chig‘irig‘idan o‘tgan estetik nazariya san’atga ma’muriy-buyruqbozlik usuli orqali 
rahbarlik qilishga amalda qarama-qarshi tura oladi. 
Estetik nazariya jamiyat hayotining barcha jabhalariga kirib boradi va ularni ma’naviy 
boyitadi, ijtimoiy- ma’naviy ishlab chiqarishning muhim omili sifatida yoshlarning, xususan 


bo‘lajak huquqshunoslarning estetik madaniyatini shakllantiradi. Ayni mahalda u jamiyat estetik 
ongining tarkibiy qismiga aylanadi, jamiyat umumiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi. 
Shunday qilib, estetika fanining predmeti va vazifalarini ko‘rib chiqqanimizdan so‘ng 
mazkur xulosalarga kelishimiz mumkin: estetika fanining jamiyat hayotida tutgan o‘rni quyidagi 
vazifalari bilan belgilanadi: 
1.
tasviriy vazifasi; 
2.
normativ vazifasi; 
3.
ijodiy vazifasi; 
4.
ma’lumot berish (bilish) vazifasi; 
5.
didaktik (tarbiyaviy) vazifasi; 
6.
dunyoqarash vazifasi. 
SHunday qilib, estetika fani va o‘quv darsi voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy 
ijod jarayonlari uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, 
estetika – bu nafosat olami, san’ati va badiiy ijod jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg‘u, sezgi-
idrok vositalari orqali o‘rganadigan va o‘rgatadigan fandir. 
Dastlabki estetik qarashlar, g‘oyalar, ta’limotlar falsafa fani bag‘rida vujudga keladi va 
rivojlanadi. Falsafiy ta’limotlar estetik qarashlarning u yoki bu ko‘rinishda bo‘lishiga o‘z 
ta’sirini ko‘rsatdi. 
Estetik g‘oyalar qadimgi Sharq mamlakatlarida vujudga keldi. Bu mamlakatlar 
xalqlaridan qolgan ma’naviy-madaniy meros shunday xulosaga kelishimizga asos bo‘ladi. 
Masalan, Urxun-Yenisey bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmatbaho ma’danlardan ishlangan san’at 
asarlari, me’moriy obidalar bu mamlakatlarda badiiy madaniyat yuksak taraqqiy etganini 
ko‘rsatadi. Misrda fir’avn Tutanxamon maqbarasidan topilgan osori atiqalar, Amudaryo 
xazinasi, Doro I tasviri solingan oltin tanalar, skiflar oltin buyumlari, Bobil minorasi, qadimgi 
Xorazm badiiy madaniyati qoldiqlari, Hindiston va Xitoy hukmdorlari saroylari, ibodatxonalar 
devorlaridagi tasviriy san’at asarlari buning yaqqol isbotidir. 
Estetik qarashlar bizning vatanimizda ham qadim zamonlardayoq paydo bo‘lgan. 
Zardushtiylikdagi estetik qarashlar Axura Mazdaga xizmat qiluvchi xudolar va ularning 
bajaradigan vazifalari orqali ifodalangan Quyosh va yorug‘lik xudosi Mitra yeru ko‘kda kezib, 
zulmat xudosi Axriman bilan kurashuvchi ulug‘vor va bahodir yigit sifatida tasvirlansa, 
obodonchilik va farovonlik xudosi Anaxit nafis libos kiygan go‘zal ayol qiyofasida namoyon 
bo‘ladi. Mamlakatimiz gerbida o‘z aksini topgan afsonaviy qush Humo – baxt, tole va davlat 
ramzi. U boshi, tanasi va qanotlari oltin, kumushdan bo‘lgan go‘zal qush bo‘lib, kimga soya 
solsa, o‘shanga baxt keltiradi. Qadimgi sharqda go‘zallik ezgulik bilan, yuksak daraja-dagi 


axloqiylik bilan bog‘lab mushohada etilgan. Qadimgi Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlar 
zaminida Yevropa mamlakatlari badiiy madaniyati tarkib topdi. Qadimgi Yunoniston 
mutafakkirlari Sharq badiiy madaniyati merosiga tayangan holda estetik g‘oyalar va qarashlarni 
ishlab chiqdilar. Qadimgi yunon faylasufi Pifagor (e.a. 6-5 asrlar) va uning shogirdlari 
o‘zlarining raqamlar haqidagi qarashlarini nafosat olamiga ham tadbiq etdilar. Ularning nafosat 
asoslari, ya’ni “xilma-xil ovozli tomonlarning kelishuvi” umumbashariy hamohanglik ekanligi 
haqidagi qarash va g‘oyalari muhim o‘rin tutadi. 
Geraklit (e.a. 540-480) nafosat xossalari moddiy dunyoning o‘zidan kelib chiqqan, 
nafosat hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama-qarshiliklar birligini tashkil etadi, deb 
ko‘rsatadi va nafosatning nisbiyligi g‘oyasini ilgari suradi. 
Demokrit (e.a. 460-370) go‘zallikni bo‘laklarning to‘g‘ri mutanosibligi, mosligi 
(simmetriya)da deb biladi va me’yor tushunchasi bilan bog‘ladi. San’at – bu voqelikka taqlid 
qilishdir, deb hisoblaydi, u. 
Suqrot (e.a. 470-399) fikricha, go‘zallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki 
kechinmalariga ko‘chirilgan, go‘zallik va ezgulik bir-biridan ajralmasdir. 
Aflotun (e.a. 427-347) fikricha, nafosat manbaini “g‘oyalar” tashkil etadi, uning yoritib 
turuvchilik kuchi go‘zallikni kashf etadi. Go‘zallikning mohiyatini his-tuyg‘u bilan emas, faqat 
aql-idrok bilan anglash mumkin. Aflotun san’atni narsalardan ko‘chirilgan nusxa, narsalarning 
o‘zi esa g‘oyalarning xira nusxasidir, deb ta’riflaydi. Aflotun san’atning odamlarga nisbatan 
ta’sir kuchini salbiy, buzg‘unchi xususiyatga ega, deb ta’kidlaydi. SHuning uchun ham o‘zi 
kelajakda orzu qilgan davlat haqidagi qarashlarida musiqadan boshqa san’at turlarini tilga 
olmaydi. 
Arastu (e.a. 384-322) fikricha, nafosat asosini moddiy dunyodagi narsalar tashkil qiladi. 
U san’atni voqelikka taqlid qilish vositasi sifatida baholab, san’atning inson ruhiga o‘tkazadigan 
ta’sir kuchiga alohida e’tibor beradi. San’atning axloqiy qudratini, olijanob fazilatlar yaratish 
kuchini ulug‘laydi. Arastu inson ruhini vahima, dahshat, rahm-shavqat orqali poklantirish 
(“katarsis”) ta’limotini ilgari suradi. SHuningdek, Arastu voqelik va san’at, inson va san’at, 
inson va badiiy ijod masalalariga maxsus to‘xtalgan. 
Estetik qarashlar Qadimgi Rimda ham shakllanib rivojlangan. Tit Lukretsiy Kar (e.a. 99-
55) “Narsalar tabiati haqida” asarida san’at “zaruriyat” (ehtiyoj)dan tabiiy kelib chiqqanligini 
ta’kidlab, uning ma’rifatchilik ahamiyatini ko‘rsatib beradi. 
Qadimgi SHarq hamda Qadimgi Yunoniston va Rim mutafakkir-larining estetik 
g‘oyalari, qarashlari, ta’limotlari fan tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu ta’limotlar o‘zidan keyin 
vujudga kelgan turli-tuman estetik maktablarga zamin vazifasini bajardi. 


O‘rta asrlarda G‘arb mamlakatlarida san’at, umuman badiiy amaliyot va nazariya 
masalalarida turli xil qarashlar, muammolar yuzaga keldi. Bu davr estetikasida uchta hududni 
ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi. Birinchisi – Vizantiya, ikkinchisi – G‘arbiy Yevropa, uchinchisi – 
sharqiy hudud – Qadimgi Rus. Vizantiyada estetik qarashlar xristian madaniyatida badiiy 
tasvirlarning roli haqidagi bahs-munozaralarida shakllanib borgan. 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida bu davrda san’at asarlarida badiiy ijodning real 
dunyoga e’tibori kuchayishini ko‘rish mumkin. 
Qadimgi Rus badiiy ongida erkinlik, oddiylik namoyon bo‘ladi. 
Insonning dunyoga e’tiborining kuchayishi, go‘zallikni hissiy idrok etishdan zavqlanishi 
Uyg‘onish davrining yangi madaniy paradigmasi vujudga kelishi uchun asos bo‘ldi. 
G‘arb Uyg‘onish davrida estetik qarashlar yangicha ijtimoiy munosabatlarning ta’siri 
ostida rivojlana bordi. Insonparvarlik g‘oyalari tarqalib borgani sari, ilm-fan, adabiyot va san’at 
muvaffaqiyatlarga erishib borgani sari estetik qarashlar va g‘oyalar ham rivojlanib bordi. 
Bu davr estetikasining muhim xususiyati – uning insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilganligi 
va badiiy amaliyot bilan bog‘liq ekanligi. 
Uyg‘onish davri mutafakkirlari Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Dyurer, 
Servantes, Shekspir estetik tafakkur taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar. Ular shu bilan birga 
buyuk san’at asarlari yaratdilar. Buyuk musavvir Leonardo da Vinchi dunyoni bilishda 
san’atning ahamiyatini ta’kidlab o‘tadi. U o‘zining estetik qarashlari bayon etilgan risolalaridan 
birida ko‘rsatib o‘tishicha, san’at narsalarning o‘ziga xos sifatlarini, ularning go‘zalligini izlab 
topadi va ommalashtiradi. San’at voqelikning in’ikosi, ijodiy qayta takrorlash jarayonidir. 
Klassitsizm estetikasi ham estetik tafakkur taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. 
Bualoning “Nazm san’ati” risolasi klassitsizm estetikasi mohiyatini ochib beradi. Unga ko‘ra 
barcha ijodkorlar klassitsizm ishlab chiqqan aqida qoidalariga bo‘ysunishi shart bo‘lgan. 
Ijodkorning erkinligi cheklangan. Klassitsizm estetikasi badiiy ijod bilan shug‘ullanuvchilarni 
qoidalar bilan belgilab qo‘yilgan qolipdan chiqmaslikka, oldindan tanlab qo‘yilgan va 
mavhumlash-tirilgan mavzu chegarasidan o‘tmaslikka mahkum etadi. Klassitsizm vakillari 
yuksak san’at aslida takomil va go‘zal bo‘lgan, ijobiy estetik qiymatga ega bo‘lgan hodisalarni 
o‘z asarlarida aks ettirishi kerak deb hisoblaydilar. Klassitsizm uslubida juda ko‘p asarlar 
yaratilgan bo‘lib, ular jahon san’ati namunalaridandir. Lekin san’at taraqqiyotini faqat chiroyli 
va yuksak mavzu tomon yo‘nalti-rish uning ko‘lamini cheklab qo‘ydi. 
Estetik fikrlar keyinchalik nemis klassik falsafasida ri-vojlantirildi. Ayniqsa, I.Kant va 
Gegel o‘z falsafiy sistemalari doirasida, estetik munosabat, did, ulug‘vorlik, go‘zallik masalalari-
da birmuncha qimmatli fikrlarni ilgari surdilar.


Masalan, Kant fikriga ko‘ra, did birgina odamga xos bo‘lgan tug‘ma qobiliyatdir, u shu 
qadar yakka hodisadirki, uni inkor etib bo‘lmaydi. 
Kant, shuningdek, ulug‘vorlik nazariyasini rivojlantirdi. U ulug‘vorlik va go‘zallikning 
barcha o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rsatib berdi. 
Gegel san’atga yuqori baho beradi. San’at, uning fikricha, go‘zallikning asl makonidir. 
Gegel ulug‘vorlikni ham san’at asarlari zaminida tahlil etadi. Gegel fikricha, mutlaq ruh – 
go‘zallikning namoyon bo‘lishidir.
 
IX-XII asrlarda O‘rta Osiyoda Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, 
Abu Ali ibn Sino kabi buyuk olimlar, shoirlar, musiqashunoslar, faylasuflar yashab ijod etdilar. 
Ular tabiiy-ilmiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy masalalar bilan bir qatorda tilshunoslik, 
she’riyat, notiqlik san’ati, musiqa nazariyasiga oid ham asarlar yozdilar. 
Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida”gi risolasida “Inson aql-idroki tufayli haqiqiy 
insonga aylanadi, bilim insonga baxt va shodlik keltiradi, inson bilish orqali o‘zida go‘zallik va 
mukammallikni kashf etadi” deb ko‘rsatadi. SHaxsni kamol toptirish jarayoni, Forobiy fikricha, 
inson o‘z hayoti davomida ilm, hunar o‘rganishi, axloqiy qonun-qoidalarni egallashi va san’atni 
hayotiy tajriba bilan boyitish orqali sodir bo‘ladi. Estetik fazilatlar inson atrofini qurshagan 
muhit ta’si-rida shakllanadi. Forobiy shaxs tarbiyasida she’riyat va musiqa san’atining o‘rnini 
alohida ta’kidlaydi. U san’at turlarini bir-biridan farq qiladi: she’riyat so‘z bilan, tasviriy san’at 
esa bo‘yoqlar bilan ish ko‘radi. Lekin har ikkovi ham inson ruhiy hayotining in’ikosidir. San’at 
insonda go‘zal estetik fazilatlarni tarbiyalashga qodir kuchga egadir. Ta’lim-tarbiya masalalariga 
Forobiy alohida to‘xtalib, yoshlarning axloqiy fazilati nizomlarini hamda ularning san’atni 
egallashi uchun amaliy malakalarini tarbiyalashni muhim vazifa deb hisoblaydi. 
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) nafosat haqidagi qarashlarida voqea-hodisalarning 
o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi manbai hamohanglik va uyg‘unlikdir deb ko‘rsatadi. 
Go‘zallikni tabiat va insonga xos bo‘lgan kamolot, etuklik sifati darajasida baholaydi. 
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘zining estetik qarashlarida estetika bilan axloq 
muammolarini bir-biriga uzviy bog‘laydi. U “Kitob ush-shifo” asarida musiqaning estetik 
xususiyati haqida so‘z yuritib, uning axloqiy tarbiyadagi ahamiyatiga, she’riyatning kishilarga 
go‘zal fazilatlar singdirishi imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tadi. YOshlarni tarbiyalash oila va 
davlatning muhim vazifasi, jamiyat taraqqiyoti, yutuqlari ma’lumotli, madaniyatli kishilarning 
o‘sishiga bog‘liq, “barcha bilimlarga ega narsalar mukammallikka moyildir” der ekan, 
“mukammallik” atamasida u insonning ichki go‘zalligi va ezgulikka intilishini ifodalaydi.
O‘rta Osiyo Uyg‘onish davri mutafakkirlari “Alloh go‘zal va u go‘zallikni yaxshi 
ko‘radi” tamoyiliga amal qilganlar. Ular Alloh go‘zalligini ulug‘lab, diniy e’tiqod doirasida 


insonparvarlik ta’limotini yaratdilar, diniy e’tiqodni inson aql-idroki kuchi, inson irodasi 
erkinligi g‘oyasi bilan bog‘lab talqin qildilar. 
Estetik tafakkur XIV-XV asrlarda yanada rivojlandi. Ayniqsa, Alisher Navoiy o‘z 
asarlarida go‘zallikni, san’atni yuksak qadrlab, san’at inson ma’naviy olami, komil shaxs bo‘lib 
etishishi uchun zarur ekanligini ta’kidlaydi. Uning adabiy-estetik qarashlari “Majolis un-nafois”, 
“Mezon ul-avzon” va “Mufradot” asarlarida bayon etiladi. Navoiy badiiy so‘z san’atining 
ma’rifiy-tarbiyaviy, hissiy-ruhiy ahamiyatini alohida ta’kidlar ekan, ijodkorlarning axloqiy 
qiyofasiga e’tibor qaratadi. Ularning kamtarlik, himmatlilik, xush-muomalalilik, sahiylik kabi 
fazilatlarini ta’kidlaydi. “Majolis un-nafois”da mashhur sozandalar, hofizlar haqida ham so‘z 
yuritiladi. “Mezon ul-avzon”da turkiy she’riyatning yozma va og‘zaki adabiyot hamkorligida 
yuzaga kelgan janrlar (tuyuq…), og‘zaki adabiyotning yozma adabiyotga kirib borishi (o‘lan-
changiy, yor-yor, qo‘shiq) masalalariga alohida to‘xtaladi, xalq qo‘shiqlarining sakkiz turi 
haqida ma’lumot beradi: tuyuq, changi-turkiy, arzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va boshqa. 
Navoiyning adabiy-estetik qarashlarida san’atkor inson ma’naviy ehtiyojiga, insof va adolatning 
barqaror bo‘lishiga xizmat qilishi, eng yaxshi insoniy fazilatlarni targ‘ib etishi, kitobxon ongi, 
hissi va didiga ta’sir ko‘rsatishi kerak, degan g‘oya ilgari suriladi. XX asr estetik nazariyalari 
an’anaviy qarashlarga kam tayanadi. Intuitivizm A.Bergson (1859-1941), Andre Malro (1901-
1976) badiiy ijodning noratsional asoslariga e’tibori bilan ajralib turadi. Ekzistensializm J.P.Sartr 
(1905-1980), Alber Kamyu (1913-1960) estetikasida insonga e’tiborni, san’at fenomenini inson 
taqdiri bilan bog‘lab qarashni ko‘rishimiz mumkin. Strukturalizm Roman YAkobson (1896--
1982), Rolan Bart (1915-1980) san’at asarini tahlil qilar ekanlar struktura, belgi, element, 
funksiya tushunchalarini ishlatadilar. Masalan, strukturalizm tas-viriy san’at asarini o‘rganar 
ekan, unda geometrik kompozitsiyalarni, guruhiy holatlarni, tasvirlangan shakllarni bir-biri bilan 
va asarning foni bilan munosabatiga e’tibor qaratadilar.

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish