“Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri. Zamonaviy axloqiy
tarbiyada kosmopolitizmga moyillik.
Bugungi dunyo boshidan kechirayotgan globallashuv jarayoni insoniyat uchun katta
imkoniyatlar
eshigini
ochib
bermoqda.
Lekin,
ayrim
kuchlar
dunyoni
yanada
murakkablashtirishga xarakat qilayapti. Xususan, doimo zo‘ravonlik va gegemonlik hisobidan
boylik orttirib kelgan kuchlar «ommaviy madaniyat» shiori ostida turli salbiy g‘oyalarni keng
targ‘ib qilmoqdalar. Kimki «ommaviy madaniyat» ortidan ergashsa, o‘zining ijodiy qobiliyatidan
yiroqlashadi va tayyor madaniy mahsulotlar «iste’molchisi»ga aylanib qoladi. O‘z-o‘zidan
ravshanki, «ommaviy madaniyat» asosan hayotiy tajribasi kamroq yoshlarni ohanrabodek o‘ziga
tortadi.
Mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlab yangi jamiyat qurayotgan har bir millat uchun axloq va
milliy madaniyatni saqlash va yanada rivojlantirish – eng dolzarb va ustuvor vazifadir.
Globallashuvning yoshlar tarbiyasiga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri informatsion vositalarning
yuksak rivojlanishi natijasida internet, uyali telefon, telekommunikatsiyalar va turli axborot
nashrlarining kirib kelishi, bu vositalar orqali taklif etilayotgan «qadriyatlar» ko‘p hollarda
yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirib qo‘ymoqda. Boshqacha qilib aytganda,
«ildizi yo‘q individ»larning shakllanishiga olib kelmoqda. «Ommaviy madaniyat» turli xil
ko‘rinishlarining yoshlar orasida tobora keng tarqalishi asosan kiyinishda, qiziqishlarda, bo‘sh
vaqtni o‘tkazishda, didlarning sayozlashuvida, milliy qadriyatlarga munosabatda namoyon
bo‘lmoqda. Bular esa behayolik va zo‘ravonlik, milliy qadriyatlarga va ijtimoiy manfaatlarga
bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish kabi illatlarni keltirib chiqarmoqda.
Bugungi
kunda
yoshlar
orasida
taqlidchilik
holatlarining
kuchayayotganligi
kuzatilayapti. Xorijda keng tarqalgan axloqiy va ma’naviy yurish-turish andozalarining
kinofilmlar, moda va turli xil reklamalar orqali yoshlarimizning ongini ma’lum ma’noda
zaharlayotganini sezish qiyin emas. Natijada, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishdan ko‘ra kompyuter
o‘yinlarining oldida vaqtini o‘tkazish, mazmunan sayoz filmlarni tomosha qilish odat tusiga
kirib bormoqda.
Umuman olganda, globallashuvning salbiy oqibatlarini, «ommaviy madaniyat»
niqobidagi aksilmadaniyat va turli g‘arazli, noxolis axborotlar xurujining ta’sirini mumkin qadar
kamaytirish uchun aholi, ayniqsa, yoshlarning siyosiy ongini, huquqiy, axloqiy, estetik
madaniyatini yuksaltirish talab etiladi. Navqiron avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlarga,
madaniyat durdonalariga bolalikdan boshlab hurmat ruhida tarbiyalash, ularda «ommaviy
madaniyat»ga xos ayrim ko‘rinishlarga tanqidiy munosabatni, aksilmadaniyatga, turli
buzg‘unchilik g‘oyalar va axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish alohida
ahamiyat kasb etadi.
Xozir insoniyat g‘oyat chigal va ziddiyatli zamonda yashayapti. Buning ustiga, ezgu
g‘oyalarni turli g‘arazli manfaatlar yo‘lida soxtalashtirishga intiluvchilar tobora ko‘paymokda.
Oqibatda asl maqsadlar niqoblanib, azaliy qarashlarning ma’nosi atayin chigallashtirilayapti.
Mustaqil O‘zbekistonimizning qisqa tarixiy davri shuni ko‘rsatdiki, vayronkor, buzg‘unchi
g‘oyalar birinchi galda yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan. Buning oldini olish uchun
jamiyatimizda, kundalik hayotimizda ta’lim-tarbiyaga, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga jiddiy e’tibor
qaratishimiz darkor.
G‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar nimalarda ayon bo‘lishini tahlil qilib ko‘raylik. Bu tahdid,
birinchi galda, tili, dini, e’tiqodidan kat’iy nazar, har qaysi shaxsning tom ma’nodagi ozod inson
bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy olamini izdan chiqarish maqsadini
ko‘zlaydigan mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlari tariqasida yuzaga chiqadi.
Ilmiy tahlillarda g‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
– avvalo, insonning erkinligiga daxl qiladi, uni fikriy jihatdan qaram qilishni ko‘zlaydi;
– ikkinchidan, insonning ruhiy dunyosini izdan chiqarishga yo‘naltirilgan mafkuraviy, g‘oyaviy
va axborot xurujlari shaklida amalga oshiriladi;
– uchinchidan, turli niqoblar, jozibali shior va g‘oyalar pardasi ostiga yashiriladi;
– to‘rtinchidan, katta ma’naviy yo‘qotishlarga olib keladi, xalqlarning milliy va diniy tomirlariga
bolta uradi;
– beshinchidan, yot g‘oya va zararli dunyokarashni avvalo beg‘ubor yoshlarning ongiga
singdirishga qaratiladi;
– oltinchidan, mamlakat xavfsizligi va milliy manfaatlariga tahdid soladi, jamiyatni inqirozga
olib keladi.
Ko‘p narsa internetning boy axborot resurslaridan kim va qanday maqsadlarda
foydalanishiga bog‘liq. Shu o‘rinda har qanday axborot xurujlari, “ommaviy madaniyat”
xavfidan himoyalanmagan saytlar, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siridan butun millat, ayniqsa,
o‘sib kelayotgan yosh avlodni himoya qilish har bir ongli insonning muqaddas burchi ekanini
ta’kidlash lozim.
O‘zbekiston erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan yutuqlarning negizida turgan asosiy
omil insondir. Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot yo
mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan so‘zlari bir asr avval
millatimiz uchun qanchalik muhim va dolzarblik kasb etgan bo‘lsa, hozirgi kunda ham o‘z
ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham globallashuv shiddatidan
kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin o‘rnini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan darajada
ulkan ziyon etkazishi mumkin. Bu tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, ilmiy
asosda puxta tashkil etilgan, uzluksiz olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish talab
etiladi. Davr shiddatiga hamohang qadam tashlayotgan yoshlarimiz milliy ma’naviyatimiz
asosida tarbiya topsa, odob-axloq tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona
g‘oyalar ularga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |