diniga mansub bo‘lgan shaxslargina o‘zaro nikoh tuza olgan. Agar ayol boshqa dindan islom
diniga o‘tsa, u bilan nikoh qurish mumkin edi. Qur’oni karimning “Niso” (4)-surasinin 22-24-
oyatlarida nikoh taqiqlangan hollar batafsil belgilab berilgan. Nikoh ahdini tuzishda talab
qilinadigan shartlardan biri tabaqa bo‘yicha tenglikdir. Nikoh haqiqiy teng bo‘lishi uchun
“kafalat” - nikohga kiruvchi shaxslar urug‘i, qarindoshligi bo‘yicha va unvonlarda teng bo‘lishi
lozim edi. Shariat bo‘yicha nikoh ahdini tuzuvchi tomonlar ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi
lozim. Aqldan ozgan shaxs bilan tuzilgan nikoh tuzilmaydi. SHariat bo‘yicha
erkaklar bir
vaqtning o‘zida bir qancha xotin olishlari, ammo ularning soni to‘rttadan oshmasligi lozim edi.
Sababi agar bir erkak faqat bir ayolga uylanishi mumkin deyilsa, erkaklar sanog‘idan ortib
qolgan ayollarga zulm qilingan bo‘lur edi. Ya’ni, bu ayollar o‘zlarining turmush qurish va ona
bo‘lish huquqlaridan mahrum bo‘lib qolar edilar. Natijada jamiyatda nopoklik va maishiy
buzuqliklar yuzaga kelar edi. Shuning uchun Islom moddiy imkoniyatlari bor erkaklarga ko‘p
xotinlik bo‘lishga ruxsat beradi. Bunday holat Turkiston sharoitida ham mavjud bo‘lib, erkaklar
ikki va undan ortiq xotinlarga uylanib, ular bilan bir umumiy xo‘jalikni vujudga keltirganlar.
Musulmonalar nikoh tuzilishiga qadar bir qator diniy urfodatlarni bajarishlari lozim bo‘lgan. Bu
urf-odatlarning biri sovchilik bo‘lib, bo‘lajak kuyovning yaqin qarindoshlari kelinning ota-onasi
huzuriga borib, nikoh to‘g‘risida kelishib oladilar. Bu jarayon “fotiha qilish”, “unashtirish” deb
atalgan. Ikkinchidan, nikohni xalqqa e’lon qilish uchun ziyofat berish musulmonlar uchun sunnat
amallaridan biri hisoblangan. Uchinchidan, nikoh ahdini tuzish vaqtida ruhoniyat vakili bo‘lmish
mulla, ikki
guvoh va kuyov kelinning uyiga, yoki kelin va kuyov guvohlari bilan masjidga
boradi. Mulla nikoh “xutba” sini o‘qishdan oldin er-xotinlik shartlari, er va xotinning burch va
huquqlarini tushuntiradi, kelin va kuyovning roziligini so‘raydi, tasdiqlovchi javobni eshitgan
mulla nikoh xutbasini o‘qiydi. Nikoh ahdi tuzilgandan so‘ng nikoh vasihasini olish vaqtida ikki
taraf ham mullaga yoki qoziga pul to‘lashi lozim edi. Bu vasiqa “nikoh pattasi”, to‘langan pul
esa “nikoh koma” deb nomlangan. Nikoh ahdi tuzilgandan e’tiboron kelin erining uyida bo‘lishi
lozim. Kelin erining uyiga asosan to‘ydan so‘ng borgan. Yuqorida ko‘rsatilgan nikoh ahdini
tuzish vaqtida bajarilishi lozim bo‘lgan
holatlarni hisobga olib, qo‘yidagi xulosaga kelish
mumkin: shariat bo‘yicha nikoh tuzish o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘lib, islom dini
tomonidan belgilangan talablar uning qonuniyligi va oshkoraligini ta’minlagan.
Nikohning qonuniy jihatlari. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va
O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan "Oila kodeksi"da batafsil
bayon qilingan bo’lib, ularning asosiy vazifalari
oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni
o’zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir - biriga yordam berish hamda oila oldida
uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi asosida ko’rishdan, biron bir shaxsning oila
masalalariga o’zboshimchalik aralashishiga yo’l qo’ymaslik, oila a’zolari o’z huquqlariga
to’sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iborat.
Oilaviy turmushda ota - onalar quyidagi huquqlarga ega bo’ladi va bajarilishi ularning burchlari
hisoblanadi: 1) bolalarga ism - sharif va familiya qo’yish; 2) ularning fuqaroligini va millatini
belgilash; 3) o’z bolalariga vakillik qilish, ya’ni ular xali huquqiy muomalaga layoqatsiz ekanlar,
ularning huquq va manfaatlarini
himoya qilish; 4)o’z bolalarining istiqomat joylarini belgilash va
ularni qonunsiz ushlab turgan shaxslardan talab qilib olish; 5) o’z bolalarini tarbiyalash, ularga
nafaqalar berish va hokazo. Ota-ona o’z bolasiga qaramasa,
tashlab ketsa, jinoyat yo’liga o’tib
burchlarini bajarmasa ular otalik, onalik huquqlaridan mahrum etilishi mumkin hamda ular
keyinchalik farzandlaridan nafaqa olish huquqlaridan ham mahrum bo’ladilar. O’z navbatida,
farzandlar ham ota - onalarining oldida o’z burchlarini bajarishlari shart bo’lib, bularga mehnat
qobiliyatini yo’qotganda, kasal bo’lganda, boquvchisiz qolgan ota - onalarga g’amxo’rlik qilish
va hokazolar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: