“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Suqrotning
fikricha, polis bilan fuqaro o‘z huquqlari jihatidan teng emas, ular ota bilan 
o‘g‘ilga o‘xshaydi. Axloqning asosiy mohiyati - o‘zgarmas va abadiy ayol fazilat bo‘lmish 
donishmandlik. U axloqiy xatti-harakat mezoni hisoblangan ilohiy yozmishga mos keladigan 
benuqson faoliyatdir. Axloqning manbai esa insondan tashqarida, ilohiydir. Suqrot ruxni (jon, 
qalb, nafsni), vujuddan farqli ravishda, o‘lmas deb xisoblaydi, lekin o‘z qarashlarini 
rivojlantirmaydi. Uning fikricha, bu boradagi ortiqcha qizikuvchanlik zararli. CHunki ma’budlar 
o‘zlari odamlarga ochishni istamagan narsalarninr tadqiq etilishini yoqmaydi. 
Suqrotdan farqli o‘laroq, Aflotun (miloddan avvalgi 427- 347) axloqshunosligi uchun 
aksincha, g‘oyalar va rux xaqda ta’limotlar asos bo‘lib xizmat qiladi. Aflotunning g‘oyalar 
ta’limotiga ko‘ra, bizga ko‘rinib turgan, biz qilayotgan dunyo bor-yo‘g‘i soyalar o‘yini, haqiqiy 
dunyoni ko‘rish uchun esa inson aqli ojizlik qiladi. Inson g‘or devoriga kishanband qilib 
ko‘yilgan tutkunga o‘xshaydi, u faqat haqiqiy borliq ning noaniq soyalarini kuzatadi, xaqiqiy 
borliq esa soyalar orqasida, ko‘rinmaydi. Uni inson ko‘rmaydi, biroq o‘sha asl borliqni ko‘ra 
oladigan mangu- o‘lmas rux mavjud. U g‘oyalar dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy 
qismigina ana shu dunyoga qaratilgan, ehtiros va xirsli qismi esa doimo rynohkop erga tomon 
tortadi. Aflotun ruhning bu ikki xillik jihatini aravakash (aql) bilan ko‘pirgan otlar (ehtiros va 
hirs) orasidagi kurash sifatida talqin etadi. Otlar baland kelgand ruh (qalb, jon) g‘oyalar 
dunyosidan vujudga yiqiladi va inson tyg‘iladi. Insonning tyg‘ilishi , shunday qilib, ruhning 
gynoxga botishi barobarida voqe bo‘ladi. Barcha bilimlar xotira natijasidir; ruh g‘oyalar 
dunyosidan bilganlariiing bazilarini eslaydi va vujuddagi xayotida biror-bir diqqatga sazovor 
yangilikni o‘ziga kasb etmaydi. Shunday qilib, Aflotunning fikricha, axloq, ilohiy asosga ega va 
axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan.


Aflotun donishmandlikni oliy fazilat, ruxdagi aqliy qismning namoyon bo‘lishi deb biladi va 
davlatni boshqarishra loyiq yagona toifa sifatida donishmand-faylasuflarni tan oladi. YOvqurlik - 
qo‘riqchilarga davlatni ximoya qiluvchi askarlarga xos. Ruhning - xirsli qismi bilan bog‘liq 
bo‘lgan mo‘‘tadillik xunarmand-kosiblar, dexqonlarga, yani, xalqqa xos. Ular avvalgi tabaqaga 
bo‘ysunishi shart. Ulardan so‘ng qullar turadi. Kullar axloqdan tashqarida, har qanday fazilatdan 
yiroq, zotan ularning ruhga egaligi gumon. Bundan tashqari, Aflotunnning fikriga ko‘ra, adolat - 
shaxsiy fazilat emas, davlatga xos fazilat. SHu sababdan u: “Biz tabiatiga ko‘ra uchga bo‘lingan 
tabaqalarning xar biri faqat o‘z yumushi bilan shyg‘ullangan davlatnigina tan olamiz”, deydi. 
SHuningdek, tijorat fuqarolarni yo‘ldan ozdiradigan soxa bo‘lgani uchun, u bilan adolatli 
davlatda xorijliklar shyg‘ullanishi kerak.
Aflotun axloqshunosligining muhim xususiyati shundaki, unda axloqning asosi, axloqiy 
namuna sifatida iloxiylik olinadi. Faylasufning fikricha, kimda-kim Xudoning marhamatiga 
erishmoqchi ekan, unta iqtido qilmog‘i, undan namuna olmog‘i kerak, Xudo barcha narsalar 
uchun mezon; faqat Xudoga ishonuvchi va taqlid qiluvchi kishirina donishmand bulishi mumkin. 
Xullas, Aflotunning axloqshunosligi qatiy diniy tabiatga ega. Ayni paytda u kun jihatdan 
vedachilik axloqshunosligidagi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi va ularni rivojlantiradi. 
Aflotundan so‘ng ikki qadimgi yunon allomasi – Arastu (miloddan avvalgi 384-322 
yillar) va Epikurning (milodan avvalgi 341-270yillar) axloq nazariyalari diqqatga sazovor. 
Aflotunning shogirdi Arastu birinchi bo‘lib axloqshunoslikni ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik 
oralig‘idagi alohida falsafiy fan sifatida taqdim etdi va unga (keyinchalik Ovro‘poda qabul 
qilingan) “Etika” degan nomni berdi. Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o‘g‘liga 
bag‘ishlangan “Nikomaxning axloq kitobi” va “Evdemning axloq kitobi” hamda “Katta axloq 
kitobi” risolalarida o‘z aksini topgan
Arastu
qadimgi Yunon mutafakkirlari ichida birinchi bulib ixtiyor erkinligini axloqning 
asosi sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni Aflotunga qarama-qarshi o‘laroq, ruhning tug‘ma 
xususiyati emas, balki kasb etiladigan (xosil qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U barcha 
fazilatlarni ikkiga bo‘ladi: birinchisi, ruhning donishmandlik, tajri6akorlik, topqirlik, singari 
ma’naviy soxa bilan bog‘liq aqliy qismiga oid fazilatlar va, ikkinchisi, ruhning 
intilyvchan(ixtiyoriy) qismi - sof axloq bilan bog‘liq, fazilatlar. Uning fikricha, asosiy fazilat 
adolatdir. “Fazilat, - deydi Arastu - ma’lum ma’noda o‘rtalikdir, zero, doimo o‘rtalikka intiladi”. 
Masalan, mardlik telbavor jasorat bilan qo‘rqoqlik orasidari o‘rtalik va xokazo. SHuningdek, 
mutafakkir niyatga katta ahamiyat beradi va uni xarakatning tamoyili, boshlanishi deb ataydi. 
Lekin u pirovard ma:qsad emas, niyatning tamoyili esa intilish va aql, shu sababli niyat aqldan, 
es-hushdan va odobdan tashqarida bo‘lmaydi.


Arastu Aflotundan farqli o‘laroq, vujud va puh yaxlitligi nuqtai nazarini ilgari suradi, 
inson kamolotga, oliy ezgulik va erkinlikka bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, 
xirsu ehgiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, degan fikrni aytadi. Demak, 
insonda ixtiyor erkinligi bor, zero u ezgulik yoki yovuzlikni, fazilat yoki illatni tanlashda bir xil 
hukmronlik mavqeiga ega.
Maqsad bilan vositani Arastu yaxlitda ko‘radi, maqsad vositani belgilaydi, shu sababli 
maqsadning axloqiy tabiati faqat axloqiy vositalarnigina tan oladi va, ayniqsa, axloqsiz maqsad 
axloqsiz vositalarni talab qiladi. 
Arastu aql - idrok faoliyatini xayot va faoliyatning oliy shakli, hech bir narca bilan qiyoslab 
bo‘lmaydigan qadriyat , deb xisoblaydi. Oliy aql doirasida sub’ekt va ob’ekt, fikr va fikrning 
narsa xodisasi bir-biriga mos, ya’ni Oliy aql (Xudo) tafakkur xaqidagi tafakkurdir. Garchand 
inson xech qachon iloxiy xayot darajasiga etisha olmasa-da, lekin unga ideal sifatida imkon 
boricha intilishi kerak, inson erishgan komillik doimo nisbiy bo‘ladi.
Shunday qilib Arastuning fikricha, axloqli inson aqliy fazilatlar bilan yo‘g‘rilgan kishidir; 
aqlni inson emas, insonni aql belgilaydi. Ayol zoti esa past darajali, zaif, ko‘z yoshiga erk 
beradigan, o‘zini tutolmaydigan inson, ularda extiros aql-idrokdan yuksak turadi, illatlarga 
erkaklarga nisbatan ko‘proq moyil bo‘ladilar, shuning uchun xam donishmandlik ularga xos 
emas, xotin erga bo‘ysunishi adolat tamoyilini buzmaydi. San’at, siyosat va ilm fan ozod kishilar 
uchun, qul, umuman, axloqdan tashqaridagi mavjudot, qushlarni past tabaqali kishilar, xatto jonli 
narsalar qatoriga kiritish Arastuning inson moxiyatini ijtimoiy-siyosiy mavjudot sifatida 
tushunishidan kelib chiqadi. Uning uchun jamiyatdan, qabila, jamoa, davlatdan tashqaridagi 
odam yo Xudo, yoki xayvon. Shu bois yot qabiladan kelgan, polis fuqaroligi huquqiga ega 
bo‘lmagan qullar odam xisoblanmaydi. Qul faqat ozodlikka erishgandagina insonga aylanadi.
Arastu yuqorida keltirganimizdek, ilmni (aqlni) axloqdan (vijdondan) yuksak qo‘yadi va 
bu bilan mushoxadakor hayotni, nazariyara, ijodga bag‘ishlangan xayotni axloqiy ideal tarzida 
talqin etadi. Shunga ko‘ra, buyuk mutafakkir antik, dunyo fuqarosining an’naviy fazilatlari 
bo‘lmish donishmandlik, mardlik, odillik, do‘stlikni yuksak qadrlaydi. Biroq, uning insonga 
muhabbati, insonparvarligi bizning xozirgi barcha bandalar Xudoning oldida baravar, degan 
tushunchamizdan farq qiladi. Yuqorida ko‘rganimizdek, uning nazdida odamlar teng emas, 
tenglik tushunchasi Arastuga yot. U faqat odamlar o‘rtasidagi do‘stlik va xayrixoxlikni tan oladi.
Epikur esa o‘z qarashlarida falsafaning amaliy maqsadini, axloqiy mazmunini ta’kidlaydi: 
“Insoniing biror bir iztirobiga davo topolmaydigan faylasufning so‘zlari ma’nosizdir. Badandan 
kasallikni quva olmaydigan tabobatdan xech qanday foyda bo‘lmagani kabi, puh (qalbni) 
davolay olmaydigan falsafadan xam foyda yo‘q.” 


Epikurning fikriga ko‘ra insonda tanlov ixtiyori bor. U xam Demokrit kabi ezgulik 
xaqidagi ta’limotni lazzat va iztirob muammosidan boshlaydi. Uning uchun eng muhim ruhiy 
xotirjamlik. Do‘stlaridan birini u shunday deb yozadi; - “3arrin to‘shagu to‘kin dasto‘rxoning 
bo‘lib, bexalovat yashagandan ko‘ra, poxol to‘shakda xotirjam yotganing afzal!” Fazilatlar 
orasida Epikyp adolat bilan donishmandlikka aloxida e’tibor bilan qaraydi. Adolat tushunchasida 
mutlaqlik va nisbiylik xollari mavjudligini ta’kidlab o‘tadi: “Umuman, adolat xamma uchun bir 
xil, chunki u odamlararo munosabatlardagi foydali xodisa, lekin muayyan mamlakatlarning 
o‘ziga xosligi nyqtai nazaridan va shunga o‘xshash boshqa sharoitlarda adolat barcha uchun bir 
xilda bulolmay qoladi” Fazilatlarning mohiyati insonni lazzatga olib borishidan, xotirjamlikka 
hamda ruxning faoliyatli holatiga xizmat qilishdan iboratdir. Baxt esa axloqiy va jismoniy 
sog‘lomlikdan yuzaga keladi. 
O‘lim
qarshisidagi qo‘rquv borasida gapirib, Epikur, uning manbaini ruhning o‘lmasligi 
va iztiroblarning abadiyligi haqidagi noto‘ri tasavvurlarda deb xisoblaydi. Zero ruh ham vujud 
singari atomlardan iborat. Tabiatdagi hamma narsa atomlar birikuvidan hosil bo‘lgan ularning 
parchalanishi bilan ruh ham parchalanadi. O‘lim xavfining asossiz ekanini isbotlash uchun u 
shunday deydi; “Yovuzlikning eng dahshatlisi bulmish o‘limning bizga hech qanday aloqasi 
yo‘q chunki biz hali mavjud ekanmiz, o‘lim kelmaydi, o‘lim kelganda esa biz mavjud 
bo‘lmaymiz. Shunday qilib, o‘limning tiriklarga ham, o‘liklarga ham aloqasi yo‘q chunki birlari 
uchun u mavjud emas, boshqalarning esa o‘zlari mavjud emas”. 
Epikur
iztirobdan qochishni emas uni engish kerakligini ta’kidlaydi. Buning uchun 
axloqiy qat’iyat, fikr yorqinligi, fikr qudrati iztirobga qarshi ko‘yilishi kerak, uning axloq ideali - 
erdagi hayotga nafrat bilan qaramaydigan, aksincha tabiat bilan hamnafas bo‘lib, ya’ni tabiat 
belgilab bergan hayotiy maqsadga muvofiq yashaydiran donishmand, faylasuf. Aynan tabiatga 
muvofiklikda , turli bid’at va aldamchi fikrlardan qytilib, o‘z ehgiyojlarini tabiiy zarurat bilan 
moslashtirilgan holdagina donishmand tafakkur va ichki erkinlik borasida oliy darajadagi 
lazzatga erishadi.Donishmand o‘z kuchi me’yorini biladi va undan oqilona foydalanadi. Unga 
baxt manbai - faqat ma’naviy ezgulikda, do‘stlik bilan bilimda bo‘lgan nisbatan mustahkam va 
uzoq muddatli lazzatda ekani ayon. 
Epikur odamlarning munosabatlarida hammasidan avval tenglik va hamfikrlilikka asoslangan 
do‘stlikni qadrlaydi. Falsafa bilan shyg‘yllanish ham xuddi do‘stlik singari ruhan xotirjamlikka 
etishishga olib keladi.
Qadimgi Sharq axloqshunosligi, erishgan yutyqlarni yuksak nazariy darajara ko‘targan Qadigi 
Yunon axloqshunosligi jahonshymyl ahamiyat kasb etdi. Yunonlik mutafakkirlar ilk bor inson 
shaxsni, inson xatgi-harakatiga asoslangan niyatni tadqiq etishga va axloqiy qilmish 
muammolarini tushuntirishga urindilar.


Qadimgi Yunon axloqshunoslari ilmiy an’analarini Sitseron, Lukretsiy Kar, Seneka, 
Epiktet, Mark Avreliy, Sekst Empirik singari Qadimgi Rumo mytafakkirlari davom ettirdilar. 
Tit Lukretsiy Kar (miloddan avvalgi 99-44 yillar), Epikur aaxloqiy ta’limotining izchil 
himoyachisi sifatida, mashhur “Narsalarning tabiati haqida” degan dostonida ruh va vujudning 
ajralmas aloqasini ta’kidlaydi, ruhning o‘lishi to‘g‘risida fikr yurigadi, insonning o‘lim 
qo‘rquvidan xalos bo‘lishida axloqiy ma’no borligini aytib o‘tadi. Ulim qo‘rquvidan va 
ma’budlar oldidagi qo‘rkuvdan xalos bo‘lgan kishi baxtli yashashi mumkin, aql –idrok va his-
tuyg‘ular sharofati bilan narsalar haqida u haqiqiy tasavvurga erishadi.
Lutsiy Anney Seneka (miloddan avvalgi 5-milodiy 65 yillar) ham yozuvchi, xam 
axloqsh:unos faylasuf. Uning “Fazab haqida”, “Shafqat haqida”, “Baxtli hayot haqida” singari 
axloqsh:unoslikka doir risolalari ko‘pchilikka ma’lum. Ayniqsa, “Lutsiliyga axloqiy maktyblar” 
asari mashxur. Senekaning fikriga ko‘ra, dunyo moddiy biroq, unda qandaydir jonli ibtido 
xukmron: uni aql-idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi ahamiyati yo‘q. 
Muhimi shuki, uning yozig‘i albatta amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning ma’nosini taqdirdan 
rozilikda, uning zarbalariga insoniy qadr-qimmatni yo‘qotmay, mardona va chidam bilan dosh 
berishda ko‘radi. U o‘limni sovuq, tund, lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi. 
Ozodlikni o‘z-o‘zini o‘ldirishda ko‘rish, shubhasiz, u yashagan davrning g‘oyatda fojialiligi 
bilan bog‘liq. Seneka qul bilan ozod kishining ma’naviy tengligini ta’kidlaydi: “Ular qullarmi? 
Yo‘q odamlar. Ular qullarmi? Yo‘q, ular yyingdagi qo‘shnilar. Ular kullarmi? Yo‘q, sening 
itoatkor do‘stlaring. Ular qullarmi? Yo‘q, ular sening qullikdagi birodarlaring, negaki, sen ham, 
ular xam taqsirning qullarisiz”. Albatga, bu o‘rinda Seneka ijgimoiy tenglikni emas, balki qul 
bilan quldorning axloqiy tengligini nazarda tutmoqda. Faylasufning aytishicha, ruh ozodligi - 
shaxs uchun o‘z-o‘zini qadrlash na g‘urup-iftixor manbai. Kimki botiniy ozodlikka erishgan 
ekan, u taqsir ko‘rgiliklariga bo‘ysunmaydi, qismat zarbalarini mardona kutib olishga tayyor 
turadi. Yana bir Qadimgi Rumo axloqshunosi ozod qilingan qul Epiktetdir (50-138 yillar 
atrofida). Uning axloqiy qoidalari quyidagicha taqdir muqarrar; aql -idrok axloqning yagona va 
ishonchli mezoni; tashqi dunyo ma’budlar irodasiga katiyan bog‘liq ichki dunyo insonning 
hukmi ostida; xaqiqiy donishmandning erki shundaki, u o‘ziga bog‘liq bo‘lgan narsalarni o‘zga 
bog‘liq bo‘lmagan narsalar bilan chalkashtiri6 yubormaydi; xayotning maqsadi va ma’nosi 
shaxsiy ichki erkinlikni anglash va uni qo‘lga kiritish; unga eltadigan yo‘l bitga - ma’budlar 
irodasiga so‘zsiz itoatkorlik, ehtiyojda mo‘‘tadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan ish ko‘rish. 
Epiktetning fikriga ko‘ra, baxt, xaqiqiy saodat-fazilatda, fazilat esa bytynlay insonning 
ijodidir, zero uni inson shakllantiradi. Faylasuf o‘zing yoqtirmaydigan sharoitni o‘zgalarga ravo 
ko‘rma, agar qul bo‘lishni istamasang, atrofingda qullika yul berma, degan fikrni ilgari suradi. 


SHunday qilib, Qadimgi Rumo axloqshunoslari xam inson hatti-xarakatlari muammosini 
o‘rtaga tashlaydi va insonning olamdagi o‘rni xamda xayotning maqsadini belgilashga intiladilar. 
Bunday-intilish, ayni paytda, bytyn Qadimgi dunyo mymtoz axloqshunoslariga xosdir. Xullas, 
Qadimgi dunyoning mymtoz axloqshunoslari oddiy axloq-odob qoidalari, pand-o‘gitlar va 
hikmatlardan tortib, to axloqshunoslik nazariyasi tizimigacha yaratdilar. SHy meros xanuzgacha 
o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgani yo‘q, hanuzgacha jahon axloqshunosligi ko‘p xollarda o‘sha 
tushunchalar va tamoyillarga yangicha yondoshuv asosida taraqqiy etib kelmoqda.
Shu o‘rinda yana bir, xozirgacha etarli e’tibor qilmay kelinayotgan masalaga oydinlik kiritishni 
maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Bu - Qadimgi YUnon tafakkuri bilan o‘rta acplap musulmon 
SHarqi falsafasining - xususan axloqshunosligining bog‘liqligi masalasi. Nima uchun bizning 
alloma ajdodlarimiz Qadimgi SHarq, jumladan, Xindi-Xitoy mintakasi mutafakkirlari izidan 
emas, Ovro‘palik yunonlar izidan bordilar, Suqrot va Aflotunni o‘rgandilar, ko‘klarga 
ko‘tardilar, Arastuni esa eng ulkan ustoz – birinchi muallim deb atadilar? 
Gap shundaki, musulmonchilikning asosi tavxidda - yakkaxudolikda.Olloh yagona, uning 
sherigi yo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Qadimgi Yunon mutafakkirlari aynan ana shu tavxid 
yo‘lidan bordilar. Birinchi bo‘lib bu masalani Suqrot aniq o‘rtaga tashladi. U o‘limga maxkum 
etilganida, unga yunonlar xudolarini xurmat qilmaganligi, yoshlarni boshka yo‘lga (aslida tavxid 
yo‘liga) burib yuborayotgani ayb qilib qo‘yiladi. Suqrotning o‘limi oldidagi so‘nggi gapi xam 
shuni tasdiqlab turadi, sikuta ichgach: “Men Uning (ularning emas! -A SH.) yoniga 
ketyapman!”, deydi u. SHuningdek, Aflotunning g‘oyalar, olamiy puh emanatsiya xaqidagi 
fiqplari xam to‘g‘ridan-to‘g‘ri yakka xudolik masalasiga borib takaladi, lekin Suqrot va Aflotun 
tavhidni falsafiy-nazariy nyqtai nazardan isbatlashni uz oldiga vazifa qilib qo‘ymadilar, bunga 
urinmadilar. Bu ishni Arastu uddaladi. U uzining mashhur “Metafizika” asarida Xudoning 
yakkaligini jismsiz, xech narsa tomonidan xarakatga kelmaydigan, aksincha, birinchi xarakatga 
keltiruvchi kuch ekanini nazariy isbotlab berdi. Uni “Oliy shakl” (forma) deb ataydi. Arastu 
talqinida Xudo olam va barcha olamiy jarayonlarning maqsadi xisoblanadi, u yuqorida 
keltirganimizdek, Oliy tafakkur, tafakkur haqidagi Tafakkurdir.
O‘rta asrlar, musulmon Sharqi mytafakkirlarining qadimgi YUnon tafakkuriga, xususan, 
axloqshunosligiga ulkan e’tiborining taqlidining asl sababi ana shunda. 
Muxabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va 
tamoyillarda o‘z “xissa”siga ega. Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vataparvarlikni, na 
insonparvarlikni muxabbatsiz tasavvur etib bulmaydi. Qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, 
u-insonni tashqi va transsendentrat olam bilan bog‘lovchi, uni yolg‘izlikni olib chiqadgan buyuk 
kuch muxabbatning ob’ekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U - Olloxmi, Vatanmi, yormi 
- muxabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir ob’ektni cevgan kishi 


boshqa ob’ektlarni xam sevmasligi mumkin emas. Deylik, yorga bulgan xaqiqiy muxabbat 
Vatanga, insoniyatga muxabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero “o‘z-o‘zicha”, 
yakka, “xudbin” muxabbatning bulishi mumkin emas. Inson o‘zi-o‘zgaga aylanganida, o‘zgani 
o‘ziga aylantira olganida xaqiqiy muxabbat egasi hisoblanadi. Mana shu ob’ekt bilan sub’ekt 
orasidagi farqning yo‘qolishi eng buyuk, eng mukammal lazzatdir. Buni Mavlono Fuzuliy 
nihoyatda go‘zal qilib, bir baytda shunday ifodalaydi

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish