Вазирлиги жиззах политехника институти


YUKLARNI QAYTA ISHLOVCHI TERMINALLAR VA OMBORXONALAR



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana03.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#632234
1   2   3
Bog'liq
Хамдамова,Рахматуллаев

YUKLARNI QAYTA ISHLOVCHI TERMINALLAR VA OMBORXONALAR 
KOMPLEKSLARI MUAMMOLARI 
Mualliflar. Xamdamova Shoxista Zoxirovna. dots.Raxmatullaev Mustafoqul – 
O’zbekiston, Jizzax shaxri. Islom Karimov – 4. Jizzax politexnika instituti. 
Annotasiya. Ushbu maqolada mamlakatimizda yuklarni tashishga bo‘lgan talabning 
doimiy tarzda ortib borishi, ishlab-chiqarish xo‘jalik aloqalarining kengayib borishi, hudud 
iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida, transport kompleksining vazifasi va ahamiyati, 
uning ishi samaradorligi va sifati muammolari dolzarbligi ko’rsatilib o’tilgan. 
Bugungi kunda Respublikamizda intellektual transport tizimini yaratishga katta e’tibor 
berilmoqda. Hozirda dunyo bo’ylab avtomobillar harakati juda tez sur’atda ko‘paymoqda. 
Avtomobillarning sezilarli darajada ko‘payishi va yo‘l tarmog‘ining cheklangan imkoniyatlari 
tufayli juda ko‘p ziddiyatli vaziyatlar yuzaga keladi va transportning harakatchanligi keskin 
kamayadi. 
Dunyodagi yirik shaharlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yo‘llarning tirbandligi 
muammosini faqat magistral yo‘llarni qurish bilan hal qilib bo‘lmaydi. Juda ko‘p sonli 
avtomobillar darhol yo’lning yangi qismiga shoshilib o’tishi, tirbandlikni keltirib chiqaradi. 
Transport oqimini samarali tartibga solish uchun intellektual transport tizimlarini joriy qilish 
kerak. 
Intellektual transport tizimi transport vositasi yoki yo‘l infratuzilmasiga o‘rnatilgan axborot, 
aloqa va boshqarish texnologiyalaridan foydalangan holda transport tarmog’ini yanada samarali 
ishlashiga yordam beradigan tizimlar to‘plami. Aqlli transport tizimlarining asosi - bu yig’ilgan 
qayta ishlangan birlashtirilgan va tarqatilishi kerak bo’lgan ma’lumotlardir. Intellektual transport 
tizimlari kompleksi barcha yo’l harakati qatnashchilari, maxsus xizmatlar va bo’limlarning o‘zaro 
ta’sirlarini dispetcherlik holati va tezkor muvofiqlashtirish funksiyalarini bajarishga qodir. 
Shahar va shahar atrofidagi transportni boshqarish tizimi uchun ma’lumot yig’ish.Yo‘l 
harakatida intellektual transport tizimini tuzish uchun avvalombor trafik holati haqidagi 
ma’lumotlarni to’plashni tashkil etish talab etiladi. Buning bir usuli - ma’lumotlar to’g’ridan-
to’g’ri foydalanuvchilardan qabul qilinishini ta’minlash. Deyarli har bir odamda GPS tizimiga ega 
smartfon va transport tizimi to‘g‘risida zamonaviy ma’lumotlarni uzatishga imkon beradigan 
boshqa foydali sensorlar mavjud. Ma’lumot yig’ish uchun dastur tuzilishi mumkin. Bu yerda 
foydalanuvchi o’z marshrutini ko’rsatgan holda tizimga o’z tezligini, ba’zi uchastkalarda 
kechikishlarni dengiz sathidan balandlikni va boshqa ko’plab omillardan ma’lumot yig’ishga 
yordam beradi va ulardan yo’l harakatini tahlil qilishda foydalanish mumkin. 
Mamlakatimizda yuklarni tashishga bo‘lgan talabning doimiy tarzda ortib borishi, ishlab-
chiqarish xo’jalik aloqalarining kengayib borishi, hudud iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar 
sharoitida, transport kompleksining vazifasi va ahamiyati, uning ishi samaradorligi va sifati 
muammolari dolzarbligi beto’xtov ortib boraveradi. Hozirgi kunga kelib mamlakatning transport 
kompleksi rivojlanib borayotgan iqtisodiyoti yuqori sifatli transport xizmati ko’rsatishga bo’lgan 
talabni to’liq qoniqtirishga, tashkiliy, tarkibiy, texnologik ilmiy-texnik, tijorat-huquqiy jixatidan 
takomillashishiga extiyoj sezmoqda.
Mamlakat ishlab-chiqarish kompleksini tarkibiy qayta qurish, ishlab-chiqarishni ilmiy-
amaliy rivojlanishga yo’naltirishni tezlashtirish, mashinasozlikni ixtisoslashtirish, resurslarni 
asrab-avaylash bo‘yicha olib borilayotgan siyosiy yuklarni tashilish hajmining ortishiga 
barqarorlashtiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan bir paytda savdo-tijorat faoliyatining rivojlanishi 


273 
barcha xududlar o’rtasida transport-iqtisodiy aloqalarning kengayib borishiga imkoniyat yaratadi, 
shu jumladan tashqi – iqtisodiy yo‘nalishlarda ham. Yuklarning tashishni takomillashuvi transport 
tugunlari, saralash punktlari, yuk stansiyalari ishlarini yaxshilash, omborxonalar port uskunalarini 
rekanstruksiya qilish, yangi tipdagi harakatlanuvchi qismlarni joriy qilish, transport-ekspeditsiya 
xizmati ko‘rsatish bilan mijozlarni yanada kengroq qamrab olish, zamonaviy yuqori darajada 
mexanizatsiyalash terminal komplekslarini yaratish, intermodal yuk tashuvni rivojlantirish, tashish 
jarayonini tashkil etishni takomillashtirish va boshqaruvning iqtisodiy uslublarini joriy etish 
zaruriati bilan chambarchas bog‘liq. 
Mijozlarga kafolatlangan transport-ekspeditsiya xizmati ko‘rsatish, yuklarni qayta ishlash 
va yuklarning to’planishini taminlovchi, hamda zarur servis xizmatlari kompleksiga ega bo‘lgan 
zamonaviy va yuqori darajada mexanizatsiyalashgan terminal kompekslarining yo’qligi, 
shaxarlararo va xalqaro yo’nalishlarda yuklarni tashish samaradorligini pasaytiradi, 
avtotransportning, shu jumladan katta yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan avtomobillarning 
ko’chalarda, yo’llarning qatnov qismida notashkiliy tarzda turib qolishlariga, yuklarning 
yo’qolishi va ishdan chiqishiga, kriminogen xolatning kuchayishiga, ekologiyaning keskin 
yomonlashuviga, xarakat havfsizligining pasayishiga va yo’l tarmoqlarining yomonlashuviga olib 
keladi. Tadbirkorlikning rivojlanishi va u bilan bog’liq tarzda xo’jalik aloqalarining keskin 
kengayishi shaxarlararo va xalqaro yo’nalishlarda yuklarni tashishga bo’lgan talabning 
kuchayishiga olib keladi.
Yuklarni jo’natishning jaxon tajribasida qabul qilingan terminal texnologiyasiga 
asoslangan bir maromda ishlovchi transport-ekspeditsion xizmat ko’rsatish tiziming mavjud 
emasligi, tavarlar almashinuvi jarayonini qiyinlashtiradi, transportning harakatlanuvchi qismidan 
foydalanish samaradorligini pasaytiradi, umuman olganda barcha xo’jalik kompleksining 
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Katta miqdordagi omborxona maydonlari mavjud bo’lishiga 
qaramay, chet el importerlarini qoniqtira oladigan va bojxona rejimida ishlay oladigan, tegishli 
servis xizmatlari ko’rsata oladigan, yuqori darajada mexanizatsiyalashgan, ko’p funksiyali 
omborxona kompleksilari va terminallari yetishmaydi. Shu munosabat bilan keyingi paytlarda 
transport ekspeditsion va bojxona ombor xizmatlari bozor intensiv shakllanib bormoqda. Shuning 
uchun mamlakatimizda yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishi bo’yicha 
davlat dasturlari qabul qilingan. Dasturlar asosida terminallar, yuk tushirilib qayta ortiladigan va 
omborxona 
komplekslarini, 
konteyner 
tizimini 
elementlarini, 
transport-taqsimlash 
infrastrukturasining boshqa inshootlarni tezlashtirilgan tarzda yaratish, kengaytirish va 
rekanstruksiya qilish yotadi.
Dasturda yana quydagi masalalarni hal etish ko’zda tutilgan: Barcha turdagi transportlarning 
asosiy yo’nalishlari bo’yicha yuk oqimlaridagi magistral tashuvni terminallashtirish; hudud ichida 
terminal tizimlarini vujudga keltirish; turlicha vazifalarni bajaruvchi barcha terminallar va 
omborxonalarni zamanaviy, yuklarni qayta ishlovchi va axborot vositalari bilan ta’minlovchi 
yuqori samarali tizimni yaratish. Shu maqsadda yuk oqimlarini logistik kuzatuvchi yagona 
terminal tizimini yaratish quydagi imkoniyatlarini ta’minlaydi: xududning ijtimoiy-iqtisodiy 
masalalarini yechish, yangi ish joylarini tashkil etish va investitsiyalarni jalb etish hisobiga 
aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish; iste’molchilarga transport-logistik xizmat 
ko’rsatishning sifatini oshirish, zamonaviy integratsiyalashgan logistik texnologiyalarni joriy etish 
va hududdagi logistik servisining ishlab-chiqarish texnika bazasini rivojlantirish hisobiga xizmat 
ko’rsatish sifatini jaxon standartlari darajasiga yaqinlashtirish; hududdagi moddiy-transport 
oqimlarini ratsional tartibga solish, tashishni optimal marshrutlashtirish, harakatlanuvchi qismini 
va tashish texnologiyalarini jaxon standartlariga mos ravishda ratsional tanlashlar hisobiga 


274 
transportning atrof muhitga zararli ta’sirini kamaytirish; malakatimiz hamda chet el transport va 
logistika firmalar uchun yagona normativ-huquqiy bazasini va kafolatlar tizimini vujudga 
keltirish; logistik kordinatsiyalash hamda multimodal va intermodal tashishlarni amalga oshirishda 
transport ishini qo‘llab-quvvatlash hisobiga uning ish faoliyatini samaradorligini oshirish; 
mamlakatimiz va chet el yuk tashivchilarini avtoservis va moddiy resurslarning asosiy turlari bilan 
ta’minlovchi samarali tizimni yaratish hisoblanadi. Bu esa xalqaro standartlarga javob beradigan 
transport xizmatlari bozorini shakllantirishga asos bo’ladi. 
Adabiyotlar ro`yxati. 
1. Aleksander Sladkowski. Intelligent transport systems-problems and perspectives. 
Springer.-2016. – 307 ps.
2. Barbara Flugge. Smart mobility – connecting everyone. 2017. 
3. Косимов, С. Х., &Нишонов, А. О. У. (2021). Пути развитие логистической системы 
при организации перевозки грузов на международных маршрутах. Academic research in 
educational sciences, 2(3). 
4. Ю. М. Неруш. КоммерческаялогистикаМоскваЮНИТИ 1997г. 
5. Исроилов, Ф. И., & Норқулов, А. Я. (2021). Юкларни истеъмолчи манзилига етказиб 
бериш жараёнини бошқариш модели. Academic research in educational sciences, 2(1). 
6. Косимов, С., & Косимов, Б. (2021). Факторы формирования и развития современных 
терминалов в логистической системе. InterConf. 
7. Шарипова, Н., & Рахматуллаев, М. (2021). К вопросу о назначение и классификация 
дорожных контролеров в системе дорожное управление. InterConf. 
8. Хошимова, Ш. (2017). Автомобиллар учун экологик тоза ёқилғи олиш 
технологияси.. In Актуалные вызовы современной науки ХІ Международная научная 
конференция (pp. 26–27). 
9. Qarshiboev, S., & Berdiyorov, T. (2020). Shifting to a European Credit module system in 
Uzbekistan, impact and perspectives to vocational education. Journal of Critical reviews, 7(12), 
553-559. 

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish