O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali


Elektrdan kuyishda birinchi yordam ko`rsatish



Download 4,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/179
Sana02.06.2022
Hajmi4,01 Mb.
#630364
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   179
Bog'liq
fayl 1044 20210522

Elektrdan kuyishda birinchi yordam ko`rsatish 
1.
Doimo birinchi yordam ko`rsatish qoidalariga amal qilish lozim.
2.
Elektr manbai uzib qo`yilmagan bo`lsa, elektr tokidan jabrlangan odamga hech qachon 
yaqinlashmaslik zarur. Agar hodisa sodir bo`lgan joyda elektr uzatish liniyasi simlari 
yotgan bo`lsa, o`t o`chirish komandasi yoki elektriklar brigadasi kelishini kutish, agar 
usti ochiq sim avtomobil korpusida yotgan bo`lsa, odamlarga mashinada o`tiraverishni 
maslahat berish kerak. 
3.
Birlamchi ko`zdan kechirishda nafas olishning buzilishi yoki yurakning to`satdan 
to`xtashi belgilarini diqqat bilan kuzatish zarur. Ikkilamchi ko`zdan kechirishda 
jarohatini ko`zdan kechirishni unutmaslik, doim ikkita kuyikni izlash va kuygan joyga 
sterillangan bog’lam qo`yish kerak. 
4.
Yashin urishidan jabrlangan odamda ham singan joy bo`lishi mumkin. Shuning uchun 
uni qimirlatish kerak emas. Kuyish unchalik jiddiy muammo emas. 
CHO`KISH 
Nafas yo`llariga suv g’ayriixtiyoriy kirsa, cho`kish xavfi tug’iladi. Bu hol ko`pincha 
o`smirlarda, bolalarda hamda mast holdagi katta yoshlilarda sodir bo`ladi. Qurbon suv ostiga 
tushib qolsa, nafas to`xtashi ro`y beradi, keyin bu hol beixtiyor nafas olishga aylanadi. Baxtsiz 
hodisalarning 15 foizida suv o`pkaga tushmaydi, biroq jabrlanuvchi bo`g’ilib o`ladi. 
Bunday vaziyatda dastlab nafas olish, so`ng yurak faoliyati to`xtaydi. Nafas va yurak-qon 
tomir sistemasining ishlashi to`xtagach, bir ozdan so`ng o`lim yuz beradi. Zudlik bilan tez 
yordam chaqirish, u yetib kelgunicha esa jabrlanuvchiga birinchi yordam ko`rsatish kerak. 
Cho`kishni oldini olish maqsadida oila a'zolarning hammasi suzishni o`rganib olishi 
to`g’risida g’amxo`rlik qilish, kichkina bolalar chuqurligi 10 sm bo`lgan joydagi suvda ham 
cho`kishi mumkinligini hisobga olgan holda ularning qarovsiz cho`milishiga hech qachon ruxsat 
bermaslik, sho`ng’ishdan oldin suvning chuqurligini hamda tubining holatini tekshirish, oqim tez 
joyda bo`lmaslikka va cho`milmaslikka harakat qilish, yolg’iz cho`milmaslikka harakat qilish, 
daryo kemalari qatnovi qizg’in bo`lgan joylarda cho`milmaslikka harakat qilish, agar uzoqqa 
suzib borish mo`ljallangan bo`lsa, bironta odam qayiqda, qutqarish uchun zarur bo`lgan barcha 
zarur narsalarni olgan holda, kuzatib borishi, mast holda hech qachon suvga tushmaslik va 
qayiqda suzmaslik, katta bo`lmagan qayiqda bor bo`y bilan tik turmaslik, qayiqda, ayniqsa sovuq 
kunlarda suzayotganda doim qutqarish nimchasini kiyib olish, biron-bir qutqaruvchi vositani 
tayyor tutish kerak. 
Suzishni yaxshi bilmaydigan, jismoniy jihatdan quvvatsiz yoki charchagan, kasal yoki 
jarohatlangan odam, shuningdek sovuq suvda turgan yoki tasodifan suvga tushib ketgan odam 
cho`kishi mumkin.
Jabrlanuvchilarni qutqarishda tez yordam ko`rsatishning birinchi printsipi alohida 
ahamiyat kasb etadi. Bunda aniq va ehtimol tug’ilgan xavfni aniqlash uchun hodisa sodir bo`lgan 
joyni ko`zdan kechirish muhim rol o`ynaydi. Cho`kayotgan odam ongsiz va instinktiv ravishda 
harakat qilishini tushunib olish kerak. Shuning uchun ham, cho`kayotgan odamga yordam 
berishga harakat qilinar ekan, hech qachon unga darhol yaqin suzib bormaslik kerak.
Cho`kayotgan odamga yordam ko`rsatishning turli usullari bor, biroq, ularning hech biri 
universal emas. Bir qarorga kelishdan oldih, ushbu vaziyatda foydalanish mumkin bo`lgan eng 
xavfsiz usulni tanlash kerak.

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish