3.1.
Shaharning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Iqtisodiy-geografik o‘rni:
shaharlar bir qancha omillar ta’siri
ostida vujudga
kelgan. Masalan, tabiiy - iqlimiy omillar natijasida yuzaga kelishi mumkin, ya’ni suv
havzalariga yaqin, vodiylarda, tog‘ yonbag‘irlarida va shunga o‘xshash yashash uchun
qulay sharoitlar mavjud joylarda. Qadimda karvon yo‘llari kesishgan joylarda ham
shaharlar shakllangan.
Paydo bo‘lish va rivojlanish davrlari:
yangi yoki qadimiy shahar. Masalan,
3.3-rasm. Yangi shahar loyihalanishi variantlari.
shaharsozlik nuqtai nazaridan yangi shaharlarning (Navoi, Chirchiq, Bekobod va b.)
tuzilishi qadimdan shakllanib, rivojlanib kelgan shaharlarga (Samarqand, Buxoro, Xiva
va b.) nisbatan boshqacha bo‘ladi. Chunki qadimiy shaharlarni rivojlantirishda
zamonaviy shaharsozlik talablari bilan bir qatorda tarixiy
muhit va yodgorliklarni
saqlab qolish ham asosiy ahamiyat kasb etadi.
Shahar rejalarini ishlab chiqishda quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
-
aholi joylashuvida shaharning o‘rni;
-
tanlangan hududning tabiiy-iqlimiy xususiyatlari;
-
shahar ko‘ndalang kesimi (profili);
-
shaharni tashkil yetuvchi tashkilotlar kattaligi;
-
shahar hududining funksional hududlarga ajratilishi shartlari;
-
turar-joy tumanlari va mehnat joylari orasidagi transport aloqasini tashkil etish;
-
shaharning kelajakda rivojlanishini hisobga olish;
-
atrof-muhitni himoya qilish talablari;
-
hududni muhandislik jihozlash shartlari;
-
qurilish iqtisodiyoti talablari;
-
arxitekturaviy-badiiy talablar.
Bu omillar shaharning rejaviy tarkibida o‘z aksini topadi, ya’ni
turar-joy
qurilmalarining ommaviy hududlar bilan magistral ko‘chalar va maydonlar yordamida
o‘zaro bog‘lanishida aks etadi. Omillarning birontasi ustun kelishi yoki bir
qanchasining birgalikda ko‘rsatadigan ta’siri natijasida
rejaviy struktura turlari
belgilanadi: ixcham, bo‘laklarga ajratilgan, tarqoq.
Ixcham turi
shaharning barcha funksional hududlrining yagona perimetrda
joylashishi bilan xarakterlanadi.
Bo ‘laklarga ajratilgan turi
shahar hududini daryolar, jarliklar yoki temir yo‘l
kesib o‘tgan hollarda yuzaga keladi. Ushbu holatda shaharning politsentrik strukturasi
mos keladi va alohida tumanlarining nisbatan mustaqilligi
va avtonomligi bilan
xarakterlanadi.
Tarqoq turi
o‘zaro transport tarmog‘i bilan bog‘langan bir qancha shahar rejaviy
qismlarini ko‘zda tutadi. Mehnat joylari tarqoq shaklda rivojlangan shahar va va bir
qancha yashash hududlari gruhlaridan shakllangan shaharlarda politsentrik va
avtonomlik yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Bundan
tashqari, agar katta daryo bo‘yida joylashgan bo‘lsa, shahar rejasi
qismlarga ajratilgan-chiziqli
yoki sanoat va turar-joyni chiziqli-parallel joylashtirish
va shahar rivojlanishi jarayoni xarakteriga ko‘ra
chiziqli
shaklda bo‘ladi.
Qismlarga ajratilgan-chiziqli
sistemada katta daryo bo‘yida
joylashishi bilan
bog‘liq holda shahar, odatda, daryodan ko‘ndalang yo‘nalishda uzoqlashib ketmaydi
va daryo bo‘ylab uzoq masofaga cho‘zilishi mumkin (60-70 km gacha).
Bu holatda tezyurar transportni uzoq masofaga qo‘llash zarurati tufayli asosiy
ahamiyat bo‘ylama aloqalarga qaratiladi.
Chiziqli rejalashtirish
shaklida shahar rejasining asosiy kompozitsion o‘qi bu
butun shahar bo‘ylab o‘tadigan shahar transportining bo‘ylama chizig‘idir. Shaharni
chiziqli rejalashtirishning
qulay tomoni shundan iboratki, shakllanib bo‘lgan
tumanlarni tubdan rekonstruksiya qilish zaruratisiz ham rivojlanishi mumkin. Chiziqli
shaharning muhim kamchiligi esa - uning bir-biridan ma’lum miqdorda mustaqil
bo‘lgan bir qancha aholi yashash joylariga ajralib qolishidir.
Rejalashtirish masalalarini hal qilishda shuni yodda tutish lozimki,
shahar - bu
rivojlaniuvchi organizm,
shuning uchun, uning rejaviy strukturasi hududiy kengayishi,
tashkil etuvchi elementlarining va ular orasidagi aloqaning yangilanishiga bog‘liq
holda doimiy o‘zgarish jarayonida bo‘ladi. Shaharlarning rivojlanishi ketma- ketlik
xarakteriga ega va shakllangan rejaviy strukturadan foydalanish bilan bog‘liq.