20-ma’ruza. SHaharni rivojlashtirishda hududiy-fazoviy shakllar
Shaharning tarhiy tarkibi
Yangi shaharlar yaratish, shakllangan shaharlarni qayta qurish va yangilash
bo‘yicha turli shaharsozlik faoliyatining umumiy asosi bu - zamonaviy shaharning
arxitekturaviy-rejaviy tarkibini shakllantirishdir.
Umumiy tushuncha sifatida, shaharning arxitekturaviy-rejaviy tarkibi - uning
hududida sanoat, turar-joy, jamoat markazi va dam olish hududlarini joylashtirish, ular
orasidagi aloqa tizimini yaratish va har bir hududni tarkibiy tashkil etishni bildiradi.
Bularning barchasi yaxlit holda shahar rejasining arxitekturaviy kompozitsiyasini
tashkil etadi.
Shaharning tarhiy tarkibini shakllantirishning muhim sharti avvalo asosiy
funksional hududlar - aholi yashash va sanoat hududlariga bog‘liq holda uning
kelajakda rivojlanishini hisobga olishdir. Agar shahar aholi joylari guruhli tizimining
tashkil etuvchisi sifatida qaralsa, bu shaharning kelajakda rivojlanishini hisobga olish
tumanni rejalashtirishdan boshlanadi. Shaharning asosiy hududlarini rivojlantirish
qo‘shni shaharlar rivojlanishiga xalaqit bermaydigan va ular bilan hududiy qo‘shilib
ketmaydigan yo‘nalishda amalga oshiriladi.
Shaharning kengayishi uchun maxsus hududlar ajratiladi. Shaharni tashkil
etuvchi asosning kengayishi taxminlari, bir kishiga turar-joy maydoni me’yorining
o‘sishi, tabiiy-iqlimiy omillar ta’siri, shaharning iqtisodiy-geografik joylashishi, uning
ma’muriy-madaniy va ilmiy ahamiyatidan kelib chiqib, ushbu hududlarning
o‘lchamlari va shaharning umumiy rejaviy tuzilishidagi o‘rni aniqlanadi. Shaharning
asosiy hududlari uchun kelajakda talablarning me’yorlari mavjud. Ular ming kishi
hisobiga aniqlanadi. Shaharning asosiy qurilish massivi ichida barcha qurilish turlari
uchun hudud 15-20 ga/ming kishi, yashash hududi uchun 10-12 ga/ming kishi hisobida
ajratiladi.
Amaliyotda shaharning asosiy hududlarining bir nechta o‘ziga xos hududiy-
fazoviy rivojlanish tizimi shakllandi. Bular: sektorli, parallel, ikkita sanoat-yashash
majmualari va aholi joylarining guruhli tizimidir.
Mavjud shaharlarning kelajakda rivojlanish tizimi ko‘p jihatdan shaharning
tarixiy shakllangan tarkibi bilan belgilanadi. Yangi shaharlarda hududiy-fazoviy
rivojlanish tizimi yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olgan holda shaharning bosh
tarhini ishlab chiqishda ko‘rib chiqiladi.
3.1-rasm. Shaharning asosiy qismlari hududiy-makoniy rivojlanish chizmasi:
a - sektorli; б - parallel;e - ikkita ishlab chiqarish aholi yashaydigan komplekslar bilan; г - aholi
joylarining guruhli tizimida.
Ko‘p funksiyali shaharlar
- ma’muriy-xo‘jalik, madaniy va iqtisodiy
funksiyalarni o‘zida muvofiqlashtiruvchi, hamda rivojlangan sanoat va transportga ega.
Bular - poytaxtlar, viloyat markazlari va boshqa yirik shaharlar (ularda yuqoridagi
sanab o‘tilgan funksiyalarning har biri) shaharsozlik ahamiyatiga ega. Bu turdagi
shaharlar muhim tuman tashkil etuvchi markazlardan bo‘lib, keng va xilma- xil
aloqalarga, murakkab hudud tuzilishiga egadirlar.
Tumanlararo ahamiyatli sanoat va transport funksiyalari
ustun bo‘lgan shaharlar.
Bu turdagi shaharlarni sanoat, transport va sanoat-transport shaharlarga ajratish
mumkin.
Sanoat shaharlarining turlari xilma-xil. O‘zida turli sanoat tarmoqlarini
birlashtirgan shaharlar keng tarqalgan bo‘lib, ular asosan rivojlangan sanoat
tumanlarida paydo bo‘ladilar, tez rivojlanadilar va murakkab hududiy tarkibga
3.2-rasm. Shaharning bosh tarhi sxemasi (yopiq kompozitsiya):
1 - turar-joy tumanlari; 2 - shahar markazi; 3 - og‘ir sanoat; 4 - yengil sanoat; 5 - sport markazi;
6- sog‘liqni saqlash markazi; 7 - savdo markazi; 8 - stadion; 9 - shahar chegarasi.
egadirlar. Ko‘pgina sanoat shaharlari tor sanoat ixtisosligiga ega, masalan:
metallurgiya sanoatining, mashinasozlik, kimyo sanoatlarining markaz shaharlari.
Boshqa funksiyalar ustun bo„lgan shaharlar
- asosan mahalliy markazlar
vazifasini bajaruvchi kichik shahar joylari.
Kurort, ilmiy markaz, temir yo„l tugunlari
vazifasini bajaruvchi shaharlar.
Shaharning xalq xo‘jalik profili uning tarhiy tarkibiga, funksional qismlarning
joylashuvi, shuningdek, sanoat va turar-joy tumanlariga, ularning orasidagi oraliqlarga,
transport aloqalari xarakteriga va boshqalarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shaharlar qancha katta va ularning aholisi qancha ko‘p bo‘lsa, ular egallagan
hudud shuncha katta bo‘ladi, tarhiy tarkibi shuncha murakkab bo‘ladi, tarhning
xarakteri o‘zgaradi va boshqalar.
Eng yirik shaharlarda murakkab funksional va tarhiy tarkib shunday
shaharsozlik holatini keltirib chiqaradiki, unda erkin hududlarda yangi qurilishidan
tortib, to shaharning eski qismini rekonstruksiya qilish va qayta qurishgacha, yer osti
makonlarini o‘zlashtirishdan, jamoat markazini shakllanishigacha bo‘lgan masalalarni
hal etish lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |