Moniy ta’limoti yurtimizda buddaviylikdan keyin keng tarqalgan edi. u zardo’shtiylik va xristianlikning
sintezlashuvi natijasida vujudga kelgan. Moniy fors va arab tillarida bir necha risolalar yozgan. Lekin ular
bizgacha etib kelmagan. Moniy hatto «Moniylik yozuvi» nomli alifbo ham tuzgan. uning ta’limoticha, hayotda
dastavval nur dunyosi – yaxshilik va zulmat dunyosi- yovuzlik bo’lgan. Ular o’rtasida abadiy kurash boradi,
inson ikki unsurdan (ruh — nur farzandi, jism — zulmat mahsuli) iborat. Moniylik xalq ommasi manfaatlarini
himoya qiluvchi ta’limot bo’lgani sababli hukmron mafkura qarshiligiga duch kelgan.
Moniylik ta’limoti asosida Mazdak ta’limoti yuzaga kelgan. U eramizning V-VI asrlarida keng tarqalgan
edi. Uning asoschisi Mazdak (470-529 yillar) bo’lgan. Mazdak va uning maslakdoshlari o’z qarashlarida halq
ommasiga suyangan. Xalqning ozodlik, erkinlik, hurlik yo’lida olib borgan harakatlariga rahnamolik qilgani
uchun tez fursatda ularning maslakdoshlari, izdoshlari ko’payib ketgan. Mazdakiylik ijtimoiy tengsizlikni
bartaraf etish yo’lida kurashga da’vat etuvchi mafkura sifatida xizmat qilgan. Unda asosiy yovuzlik-boylikka
hirs qo’yish va o’ta kambag’allik qoralanadi. Bu insonparvar harakatdan cho’chigan shoh Mazdakni turli hiylalar
bilan o’limga mahkum etadi. Mazdakiylar harakati, eramizning VI asrida bostirilganiga qaramay, turli
mamlakatlarda muayyan darajada davom etgan. O’rta Osiyoda Muqanna, Ozarbayjonda Bobak boshliq
dehqonlar va shahar kambag’allarining zulmga qarshi kurashlari bunga misol bo’ladi.
11
Абу Райҳон Беруний. «Танланган асарлар». 1-жилд. Т. «Фан», 1968, 72-бет.
12
Абу Райҳон Беруний. «Танланган асарлар». 1-жилд. Т. «Фан», 1968, 82-бет.
Markaziy Osiyoda vujudga kelgan qadimgi falsafiy ta’limotlar, ular ilgari surgan g’oyalar bugungi kunda ham
muhim ahamiyatiga ega. Sanab o’tilgan qadimgi diniy-falsafiy ta’limotlar, ya’ni zardo’shtiylik, uning bosh
kitobi — «Avesto», Moniy ta’limoti, «Moniy yozuvi», mazdakiylik harakati jamiyatda adolat, erkinlik, teng
huquqlilik tamoyillarini qaror toptirishiga da’vat etgan. Vatan ozodligi yo’lida jon fido etgan Muqanna
boshchiligidagi harakat nafaqat O’rta Osiyoda, balki jahonning boshqa o’lkalarida ham aks-sado bergan.
Vatanimizning o’sha davrda shakllangan va rivojlangan boy madaniyati, milliy ma’naviyatimiz, falsafamiz
jahon tsivilizatsiyasiga katta ta’sir ko’rsatgan.
Sirasini aytganda, mamlakatimiz tarixi islom dini yurtimizga kirib kelgan davrdan boshlanmaydi. U islomga
qadar ham ming yillar mobaynida rivojlanib kelgan shonli tarixiga ega. Lekin, afsuski, Vatanimizning ana shu
davr tarixi nihoyatda kam o’rganilgan. Bu davrga oid manbalarning aksariyati esa yo’q qilib yuborilgan. Bu
vayronkorlikning boshida miloddan avval makedoniyalik Aleksandr turgan bo’lsa, mamlakatimizni zabt etgan
keyingi bosqinchilar ham ana shu yo’ldan borgan. Ular xalq ongidan mustaqillik va erkin hayot to’g’risidagi
maqsad-muddaolarni butunlay yo’qotib yuborishga urinishgan. Buning natijasida ma’naviy qashshoq va tarixiy
xotirasiz kishilar tarbiyalanishi lozim edi. Bosqinchilar Movarounnahrda nihoyatda boy madaniyat
shakllanganini e’tirof etgan. Ammo uning bosqinchilik g’oyalariga mos kelmaydigan juda ko’p namunalarini
ayovsiz yo’q qilishgan. Ayniqsa, ma’naviy qadriyat va madaniy boyliklarni shafqatsizlarcha g’orat qilish asosiy
o’rinda turgan. Yurtimizda arablar istilosiga qadar ustuvor bo’lgan ma’naviy va madaniy durdonalar qadrini
yaxshi anglaydigan va ularning ahamiyatini to’g’ri tushunadigan kishilar birinchi navbatda yo’q qilib
yuborilgan. Bu to’g’rida Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida quyidagilarni
yozgan: «Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o’rgangan va bilimini
boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib va butkul yo’q qilib yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va
rivoyatlar) islom davridan keyin haqiqatni bilib bo’lmaydigan darajada yashirin qoldi»
11
. Ushbu asarning
boshqa sahifasida ulug’ vatanparvar olim yuqoridagiga o’xshash yana bir fikrni quyidagicha ifoda etgan:
«Qutayba xorazmliklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani
sababli ular savodsiz bo’lib, o’z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo’ldilar»
12
.
Beruniy zamonida islom yagona hukmron diniy mafkura bo’lib turganini e’tiborga olsak, zikr etilgan asar va
undagi teran fikrlarni bunday o’ktamlik bilan aytish g’oyat ulkan jasoratni talab etgani ayon bo’ladi.
Istilochilarning bunday vayronkor siyosati keyin ham davom etgan. Xususan, mustabid sho’rolar mafkurasi
hukmronlik qilgan davrda ham ana shunday hol ro’y bergan. Nihoyatda boy qadriyatlarimiz, falsafiy
ta’limotlarimiz, umuman o’z merosimizdan bebahra bo’lib qoldik.
Istiqlol tufayli ajdodlarimiz yaratgan boy va o’lmas madaniy merosni o’rganish imkoni tug’ildi. Tarixiy xotirani
tiklash, xalqimiz qalbida milliy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish hozirgi kunda
ma’naviy hayotning ustuvor yo’nalishiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |