57
muassasalari dasturlari doirasida ishlab chiqarish amaliyotini o’tayotgan talabalarga;-
O’zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan muxbirlar va jurnalistlarga;-
O’zbekiston akademiyalari va oliy kasb ta’limi o’quv muassasalarida ma’ruzalar kursini
o’qi shva boshqa ishlar uchun jalb qilingan ma’ruzachilar va yo’riqchilarga;-O’zbekiston
Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan davlatlararo bitimlarga binoan, ishga
joylashtirishning boshqa xil tartibi belgilangan shaxslarga.
O’rindoshlik asosida ishga qabul qilish.
O’rindoshlik- xodim tomonidan asosiy
ishdan bo’shvaqtlarda mehnat shartnomasi shartlariga ko’ra, o’zining asosiy ishidan
boshqa muntazam haq to’lanadigan ishni bajarishdir. Xodimlarga o’rindoshlik asosida
faqat bir korxonada-asosiy ish joyida yoki boshqa korxonada ishlashga ruxsat beriladi.
Quyidagi mutaxasisliklar bo’yichabir necha korxonalarda o’rindoshlik asosida ishlashga
ruxsat beriladi:-maktablar, o’rta-maxsus, hunar-texnika va boshqa o’quv yurtlarining
o’qituvchilari, muallimlari, tarbiyachilari, konvertmeysterlari, jo’rlik qiluvchi sozandalar,
mehnatga haq to’lash bo’yicha ularga tenglashtirilgan xodimlar;-maktabgacha tarbiya,
maktabdan tashqari va boshqa bolalar muassasalarining, sog’liqni saqlash va ishtimoiy
taminot muassasalarining, madaniyat va sanat muassasalarining pedagog xodimlari;-
tibbiyot va farmatsevtika xodimlari;-veterinariya xodimlari;-to’garaklar (havaskorlik
ijodiyoti jamoalari) ning ustozlari va rahbarlari, mazkur to’garaklar (jamoalar) ning jo’r
bo’luvchi sozandalari va boshqa mutaxassislari.
O’rindoshlik asosida ishlaga oid cheklash o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar va
homilador ayollarga ham tatbiq etilishi mumkin. Shuningdek, agar qonun hujjatlarida
o’zgacha hol belgilanmagan bo’lsa, bir vaqtning o’zida ikkita rahbarlik lavozimini
egallashga yo’l qo’yilmaydi. O’rindoshlik asosida boshqa korxonaga ishga kiruvchi xodim
ish beruvchiga pasportini va asosiy ish joyidan ma’lumotnoma taqdim etishi shart.
Ma’lumotnomada korxonaning aniq nom iva manzili, o’rindoshlik asosida ishga
kiruvchining asosiy ish joyida bajaradigan ishi (lavozimi) ning nomi ko’rsatilishi lozim.
Maxsus bilimlarni talab etuvchi ishga qabul qilishda ish beruvchi ishga kiruvchidan
diplom yoki ma’lumoti va kasb –kor tayyorgarligi haqidagi boshqa hujjat taqDim etilishini
talab qilishga haqlidir. O’rindoshlik asosida ishlashning umumiy muddati bir oyda
xodimlarning tegishli toifalari uchun belgilangan i shvaqtining yarmidan oshmasligi kerak.
Barcha xodimlarga, shu jumladan, o’rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga dam olish
va ish qobiliyatini tiklash uchu nish joyi (lavozimi) va o’rtacha ish haqi saqlangan holda,
yillik mehnat ta’tillari beriladi. Binobarin, agar o’rindoshlik asosida ishlovchi bilan
tuzilgan mehnat shartnomasiga u har yilgi haq to’lanadigan ta’til huquqidan
foydalanmasligi haqidagi shart kiritiladigan bo’lsa, u holda bunday shart haqiqiy emas,
deb hisoblanishi kerak. O’rindoshlik asosida ishlovchi bilan mehnat shartnomasi asosiy
xodimlarni ishga qabul qilishdagi singari dastlabki sinov sharti bilan tuzilishi mumkin.
Mehnat shartnomasini o’zgartirish.
«Mehnat shartnomasini o’zgartirish» atamasi umumlashtiruvchi tushuncha bo’lib, u:
-mehnat shartlarini o’zgartirishni;
-boshqa ishga o’tkazishni;
-ish joyini o’zgartirishni o’z ichiga oladi.
Mehnat shartlarini o’zgartirish. Mehnat shartlari deganda mehnatni amalga oshirishga
asos bo’ladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining jami tushuniladi.
Ijtimoiy
Do'stlaringiz bilan baham: