O’n sakkiz yoshga to’lmagan yoshlarni ishga qabul qilish. MKning 77-moddasiga
muvofiq, ishga qabul qilishga o’n olti yoshdan yo’l qo’yiladi. O’n besh yoshga to’lgan
shaxslar otasi yoki onasining yoki ular o’rnini bosuvchi shaxs (vasiy, homiy)ning yozma
roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Bundan tashqari, yoshlarni mehnatga
tayyorgarlash maqsadida umumta’lim maktablari, hunar-texnika bilim yurtlari va o’rta–
55
maxsus o’quv yurtlarining o’quvchilarini o’n to’rt yoshga to’lganlaridan keyin ota-
onasining roziligi bilan ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi. O’n to’rt yoshdan o’n besh
yoshgacha bo’lgan o’smirlar, agar sanab o’tilgan o’quv yurtlarida o’qimasalar, ishga qabul
qilinishlari mumkin emas. MKning 241-moddasiga muvofiq, o’n sakkiz yoshga to’lmagan
shaxslarmehnatidan shu toifa xodimlarning sog’lig’i, xavfsizligi yoki ahloq-odobiga ziyon
yetkazish mumkin bo’lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa
ishlarda foydalanish taqiqlanadi. O’smirlarni ishga qabul qilishda ularning sog’lig’ini
muhofaza qilish borasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa kafolatlarni ham
hisobga olish zarur. Bular og’ir yuk ko’tarish va tashishning yo’l qo’yilishi mumkin
bo’lgan normalarini markazlashtirilgan tartibda belgilash, voyaga yetmaganlarni, tungi ish
vaqtidan tashqarii ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga va boshqalarga jalb etishning
taqiqlanishi va boshqalardir.
Ayollarni ishga qabul qilish. Mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek, yer osti
ishlarida ayollar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi, yer ostidagi ba’zi ishlar (jismoniy
bo’lmagan ishlar yoki sanitariya va maishiy xizmat ko’rsatish ishlari) bundan mustasnodir.
Bundan tashqarii, ayollarning ular uchun mumkin bo’lgan normadan ortiq yukni
ko’tarishlari va tashishlari mann etiladi. Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni
ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanadi. Bunday rad etish mehnat to’g’risidagi qonunlarni
buzish hisoblanadi va aybdor mansabdor shaxsni javobgarlikka tortishga olib kelishi
mumkin. Ish beruvchi homilador ayolni yoki uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayolni ishga
qabul qilishni rad etganda rad etish sababini ularga yozma shaklda ma’lum qilishi shart.
Haqi to’lanadigan jamoat ishlariga qabul qilish. Haqi to’lanadigan jamoat ishlari
deganda davlat organlari tomonidan tashkil etiladigan maxsus kasb-kor tayyorgarligini
talab etmaydigan, hamma bajaradigan belgilangan tartibda ishsiz deb tan olingan
shaxslarning vaqtinchalik ixtiyoriy mehnat faoliyati turlari tushuniladi. Jamoat ishlarining
quyidagi turlari tashkil etilishini tavsiya etadi: shahar (tuman) hududini obodonlashtirish:
turar-joy, kasalxona, maktablar, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, qariyalar uylari
va nogironlar uylari, hamda boshqa ijtimoiy muassasa ob’yektlarida tuzatish va ish
bajarishda qurilish tashkilotlariga yordam yordam ko’rsatish, bahorgi dala ishlari, pichan
o’rish, hosilni yig’ishtirish davrida qishloqqa yordam berish, sabzavot bazalarida ishlash,
yovvoyi meva, qo’ziqorin va o’tlarni terish, yuklash-ortish ishlari, keksa va nogiron
kishilarni parvarish qili shva boshqalar. Avariyalar, tabiiy ofatlar va shunga o’xshash
boshqa voqyealaroqibatlarini tugatish zaruriyati bilan bog’liq faoliyat turlarini jamoat
ishlariga tegishli, deb hisoblashga yo’l qo’yilmaydi. Jamoat ishlari, odatda, maxsus kasb-
kor tayyorgarligini talab etmasligi sababli, ishga kiruvchidan ma’lumotini, kasbini,
mutaxassisligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab etishga zarurat ham bo’lmaydi. Shu bilan
birga, biron-bir jamoat ishini bajarishga maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan shaxslar
qo’yilishi mumkin bo’lsa, ishga kiruvchi tegishli hujjat taqdim etishi shart. Ish beruvchi
jamoat ishiga kiruvchi bilan ikki oygacha davom etadigan muddatli mehnat shartnomasini
yozma ravishda tuzadi. Jamoat ishlarini bajaruvchi shaxslarga qonun hujjatlariga
belgilanganiga nisbatan qo’shimcha imtiyozlar va kafolatlar berish jamoa shartnomasida
nazarda tutilishi mumkin. Jamoat ishlariga kiruvchi shaxslar uchun dastlabki sinov
belgilanmaydi. Ishsiz shaxs jamoat ishlarida bo’lgan vaqt uchun ishsizlik nafaqasi to’lash
to’xtatiladi. Bu ishlarni bajarish muddati mehnat stajiga qo’shiladi. Jamoat ishlarini
bajarish to’g’risidagi shartnoma muddati tamom bo’lgandan keyin, taraflarning
kelishuviga ko’ra, u yangi muddatga uzaytirilishi yoki nomuayyan muddatga qayta
tuzilishi mumkin.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |