44
avtomatlashtirish, mehnatning sanitariya-gigiena shart-sharoitlari, jamoaning katta-
kichikligi, korxonaning qaerda joylashganligi, tarmoq ixtisoslashuvi vash u kabilar kiradi.
Sub’yektiv (shaxsiy) omillarga esa quyidagilar kiradi:
-Xodimning ijtimoiy–demografik xususiyatlari (jinsi, yoshi, ma’lumoti, malakasi,
ish staji, ijtimoiy ahvoli va hokazolar);
-ijtimoiy-psixologik xususiyatlar (da’volar darajasi, mehnat qilishga hozirlik,
omilkorlik ishlab chiqarish vaziyatida tezda yo’l topib olish, o’zini-o’zi nazorat qilish
qobiliyati va o’z harakatlari, hamda, ishlarini vaqt jihatidan taqsimlay olish, chiqishimlilik
vash u kabilar);
-sotsiologik omillar (kasbiy qiziqish, mehnat samaradorligi va ish sifatidan moddiy
va ma’naviy manfaatdorlik va hokazolar darajasi).
Ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarishdagi moslashuv jarayonida xodimning shaxsiy
imkoniyatlari ham muayyan ahamiyatga egadir.
Kasb yo’naltirish, moslashuv va korxonada kar’era tizimi.
Agar kasb to’g’ri tanlangan bo’lsa, moslashuv (ko’nikish) ancha tezroq va
muvaffaqiyatliroq kechadi.
Kasbiy tanlash-bu ilmiy asoslangan usullar yordamida
insonning u yoki bu ishni bajarishga tibbiy, ijtimoiy va psixofiziologik jihatdan yaroqligini
shakllantirish darajasi va imkoniyatlarini aniqlashdir.
Kasbiy tanlashning vazifasi-
tanlangan kasbdan qoniqmaslik natijasida, hamda xodimning zarur qobiliyatlari va
mayllari yo’qligi tufayli sarf bo’lgan xarajatlarni qisqartirish, kamaytirishdan iborat.
Kasbiy tanlash ikki bosqichda amalga oishiriladi:
birinchi bosqichda kuzatuv materiallari,
ishchi jarayonlarini so’rovlar, test savollariga jalb qilish, rahbarlar, yetakchi mutaxassislar
bilan suhbatlashish asosida professiogramma-kasbnoma (kasblarni har tomonlama
tasvirlash orqali ishchi, mutaxassis topshiriqni qanday va qaysi mehnat qurollari
yordamida, ishlab chiqarishning qanday texnikaviy sharoitlarida bajarishi lozimligi haqida
tasavvur beradi) tuzib chiqiladi.
Ikkinchi bosqichda korxonaga ishgakirayotgan yoshning
tibbiy dalillar, mayllar, ijtimoiy, ruhiy va fiziologik xususiyatlari o’rganiladi. Shular
asosida shaxsiy xaritatuzib chiqiladi, unda insonga ijtimoiy jihatdan baho beriladi (ongligi,
kasbiy faoliyatining sabablari, kasbiy qiziqishlari, fikr doirasining kengligi, ishlab
chiqarish faoliyatidan qoniqish hosil qilganligi), psixologik baho beriladi (oliy nerv
faoliyatining turi, miya boshqaruv tizimlarining tuzilish xususiyatlari). Shaxsiy xaritani
tuzib chiqish uchun, odatda, asosan, ikkita usuldan foydalaniladi:
testlar tizimi–masalalar
to’plamidan iborat bo’lib, ularni yechish jarayonida insonning psixofiziologik
xususiyatlari va sifatlari: diqqati, temperament iva shu kabilar namoyon bo’ladi; ishga
kiruvchilar bilan
shaxsiy suhbatlashish, so’rovnoma tarqatish. Korxonalarda va
tashkilotlarda xodimning o’qishi, ish staji, egallagan kasbiy malakalari, tashabbuskorligi
va sifatli mehnat qilish natijalaridan manfaatdorlik sifatlariga qarab, lavozim va kasblar
bo’yicha vazifalarga ko’tarish tizimi amalga oshirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: