188
8.Komform afzallik-muammoni ko`pchilik foydasiga hal etish, ijtimoiy jihatdan
ancha kuchli bo`lgan tomon manfaatlarini qondirish.
Jamoalarga doir mehnat nizolarini hal qilish tartibi.
Amaldagi qonunlarni qo`llash, jamoa shartnomalari va bitimlarida yangi mehnat va
turmushning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini o`zgartirish masalalarini o`zgartirish
masalalari xususida mehnat jamoalari bilan korxona, muassasa, tashkilotlar ma`muriyati
yoki tarmoq boshqaruv organlari o`rtasida mehnat nizolari ziddiyatlari kelib chiqishi
mumkin. Yuqorida ko`rsatilgan masalalar yuzasidan mehnat jamoasining talablari umumiy
yig`ilishda ko`pchilik ovoz bilan tarkib topadi va tasdiqlanadi. Talablar yozma ravishda
bayon qilingan bo`lishi va tasdiqlanganidan keyin uch kundan kechimay ma`muriyatga
topshirilishi lozim. Agar mehnat jamoasining talablarini hal qilish ma`muriyat huquq
doirasidan tashqarichiqsa, u xudi shu muddat ichida bu talablarni ko`rib chiqish uchun
tegishli organga yo`llashi kerak. Mehnat jamoasining talablari rad qilingan yoki
qondirilgan hollarda bu talablar kelishtiruvchi komissiyaga ko`rib chiqish uchun taqdim
qilinadi. Kelishtiruvchi komissiyada bir to`xtamga kelinmagan yoki uning qarorlari ijro
qilinmagan taqdirda taraflar mehnat arbitrajiga murojaat etishga haqlidirlar.
Mehnat arbitraji a`zolarining soni va shaxsiy tarkibi taraflarning kelishuvi asosida
belgilanib, uning tarkibiga xalq deputatlari, yuqori turgan kasaba uyushmasa
organlarining, mehnat va ijtimoiy masalalar bilan shug`ullanuvchi organning vakillari
kiradi. Mehnat arbitrajining raisi taraflarning kelishuvi asosida arbitraj a`zolari orasidan
tayinlanadi. Mehnat arbitraji ariza tushgan kundan e`tiboran etti kun muddat ichida qaror
qabul qilishi lozim. Uning qarorini bajarish taraflar uchun majburiydir.
Basharti kelishtiruvchi komissiya va mehnat arbitraji taraflarning kelishmovchiligini
bartaraf qila olmasa, buning sabablaridan jamoa xabardor qilinadi. Bunday holda jamoa
o`z talablarini qondirish uchun qonunda nazarda tutilgan to ish tashlashgacha
tashlashgacha bo`lgan jamiki choralarni qo`llashga haqlidir. Ish tashlash jamoaga doir
mehnat nizosini hal etishning so`nggi chorasi bo`lib, uni o`tkazish to`g`risidagi qaror
jamoa yig`ilishida yashirin ovoz berish yo`li bilan qabul qilinadi va mazkur jamoa a`zolari
konferentsiya delegatlarining kamida uchdan ikki qismi uning uchun ovoz bergan
taqdirdagina u qabul qilingan hisoblanadi.
Ish tashlash odamlarning hayoti va sog`lig`ini xavf ostida qoldirishi mumkin
bo`lgan hollarda, shuningdek, temir yo`l va shahar jamoat transporti, shu jumladan metro,
fuqaro aviatsiyasi, aloqa, energetika, mudofaa tarmoqlari korxonalarida, davlat
organlarida, Respublikaning mudofaa qobiliyatini, huquq-tartiboti va xavfsizligini
ta`minlash vazifalarini bajarish zimmasiga yuklangan korxonalar va tashkilotlarda,
to`xtatib qolishi og`ir va xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan uzluksiz
ishlaydigan ishlab chiqarishlarda ish tashlashga yo`l qo`yilmaydi. Ish tashlashda
qatnashuvchi xodimning umumiy va uzlunsiz ish staji, davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha
ta`minot olish huquqi saqlanib qoladi, mann etilmagan ish tashlashlarda qatnashuvchi
xodimlarning esa ish joyi ham saqlanib qoladi. Ish tashlashda qatnashuvchi xodimlarning
ish haqi saqlanmaydi. Ish tashlashda qatnashmagan, ammo ish tashlash tufayli o`z ishini
bajarish imkoniga ega bo`lmagan xodimlarga korxona, muassasa, tashkilot xodimning
aybsiz bekor turilgan vaqt uchun to`lanadigan ish haqini saqlab qolish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: