1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги


Ish  bilan  ta’minlash  davlat  xizmatiga



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/177
Sana27.03.2021
Hajmi1,58 Mb.
#62111
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   177
Bog'liq
mehnat va mehnat munosabatlari sotsiologiyasi

Ish  bilan  ta’minlash  davlat  xizmatiga  ishga  joylashish  masalasida  ishidan 
ajralgan,  birinchi  marta  ishsiz  qolgan,  shuningdek,  uzoq  tanaffusdan  keyin  mehnat 
faoliyatini davom ettirish  istagini  bildirgan har bir  fuqaro  murojaat  qilishi  mumkin.  Agar 
ish  bilan  ta’minlash  xizmati  1  kun  davomida  uni  ish  bilan  ta’min etmasa,  11-kuni  ishsiz 
maqomini  oladi.  Ish  bilan  ta’minlash  xizmatiga  murojaat  etgan  dan  keyin  10  kun 
davomida  taklif  qilingan  ishdan  ikki  marta  bosh  tortgan  shaxs  ishlik  maqomiga  ega 
bo’lmaydi,  ammo  u  30  kalendar  kundan  so’ng,  umumiy  asosda  ish  qidiruvchi  shaxs 
sifatida  ish  bilan  ta’minlash  xizmatida  yangidan  ro’yxatga  olinadi.  Agar  biror  shaxs 
mehnatbirjasi  hisobida  turganda  ilgarigi  ixtisosi  bo’yicha  ishlash  qobiliyatini  yo’qotsa 
yoki zaruriy  kasb  malakasi bo’lmaganligi  sababli  munosib  ish topolmagan bo’lsa, yohud 
ishsizning  kasb  malakasiga  mos  ish  bo’lmaganligi  munosabati  bilan  kasbni  o’zgartirish 
zaruriyati tug’ilsa, ish bilan ta’minlash davlat xizmati uni kasb tayyorgarligidan o’tadigan, 
qayta  tayyorlaydigan  yoki  boshqa  kasbga  o’qitadigan  joyga  yuboradi.  Bu  vaqtda  unga 
stipendiya beriladi, o’qigan vaqti esa umumiy mehnat stajiga kiradi.  
Belgilangan taritbga ko’ra, ishsiz deb tan olingan shaxs ishsizlik nafaqasini oladi, bu 
ishini va ish haqini yo’qotgan yoki uzoq tanafusdan keyin o’z  ishiga tiklanishga xarakat 
qilib  yurganlar  uchun  12  oylik  davr  mobaynida  26  kalendar  haftasidan  oshmasligi,  ilgari 
ishlamagan  yoki  birinchit  marta  ish    qidirayotgan  shaxslar  uchun  13  haftadan  oshmasligi 
kerak.  16  yoshgacha  bolasi  yoki  qaramog’ida  boshqa  boqimandalar  bo’lgan  ishsizlarga 
nafaqa  miqdori  10  foiz  ko’ppayadi.  Ishsiz  shaxs  nafaqa  olish  davrida  faol  ravishda  ish 
izlashi  va  kamida  har  ikki  haftada  bir  marta  ish  bilan  ta’minlash  davlat  xizmatiga 
uchrashib  qo’yishi  kerak.  Uzrsiz  sabablarga  ko’ra,  belgilangan  muddatda  ish  bilan 
ta’minlash  davlat  xizmatiga  kelmaganda,  mehnat  intizomini  buzganligi  uchun  ishdan 
bo’shatilganda  nafaqa  berish  3  oygacha  to’xtatib  qo’yilishi  yoki  nafaqa  miqdori 
qisqartirilishi mumkin.  
Korxona,  muassasa,  tashkil  etilishi  va  shtatlar  qisqartirilishi  bilan  bog’liq  bo’lgan 
shaxslarni  ishga  joylash  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Bunday  shaxslar  ishdan 
bo’shatilayotganligi  to’g’risida  ikki  oy  oldin  shaxsan  qo’l  qo’ydirilib  ma’muriyat 
tomonidan  taqdim  etiladi.  Ma’muriyat  xodimni  ishdanbo’shayotganligi  to’g’risida 
ogohlantirish bilan birga unga shu korxona, muassasa va tashkilotning o’zida boshqa ishni 


 
157 
yozma ravishda taklif qilib ko’rishi kerak. Bu ham ishga joylashtirishning bir shakli bo’lib, 
farqi shundaki, bu vazifani ishga joylashtiruvchi organ emas, balki korxona, muassasa hal 
qiladi.  Korxona  faoliyatining  tugatilishi  munosabati  bilan  xodim  ishsiz  qolsa,  ularni  ish 
bilan  ta’minlash  majburiyati  shu  korxona,  muassasa,  tashkilotni  tugatish  haqida  qaror 
qabul qilgan organ zimmasiga yoki yuqori organ zimmasiga tushadi.  
Korxona,  muassasa,  tashkilotning  tugatilishi,  qayta  tashkil  etilishi,  shuningdek, 
shtatlarning  qisqartirilishi  bilan  bog’liq  xodimlar  ishdan  bo’shatilganda,  birinchidan, 
o’rtacha bir oylik maoshi miqdorida pul beriladi, ikkinchidan, ish qidirish davrida o’rtacha 
oylik  ish  haqi  saqlab  qolinadi,  ammo  bu  davr  ikki  oydan  oshmasligi  kerak.  Agar  xodim 
ishdan bo’shatilgandan keyin o’n kun davomida ish bilan ta’minlash davlat xizmatida ish 
qidiruvchi  sifatida  ro’yxatdan  o’tsa,  unda  u  ilgarigi  uchunchi  o’rtacha  oylikni  olish 
huquqiga ega bo’ladi. Shtat qisqartirilishi, korxona, muassasa, tashkilotning tugatilishi va 
qayta  tashkil  etilishi  munosabati  bilan  ishsiz  qolgan  xodimning  umumiy  mehnat  staji 
pensiyaga  chiqish  imkoniyatini  bersa,  qonunda  belgilangan  muddatdan  ikki  yil  avval 
pensiyaga chiqish huquqiga ega bo’ldilar.  
Oliy  yoki  o’rta  maxsus  o’quv  yurtini  ishlab  chiqarishdan  ajralgan  holda 
tugatganlarni  ish  bilan  ta’minlash  bir  necha  usullarda  amalga  oshiriladi.  Kontrakt  yoki 
o’yllanma  bitiruvchiga  alohida  korxona,  muassasa,  tashkilotbilan  mehnat  munosabatiga 
kirishish  va  ayni  vaqtda  ulardano’quv  yurtida  olgan  ixtisosi  bo’yicha  ish  bilan 
ta’minlashni  talab  qilish  huquqini  beradi.  Bu  hujjat  ko’rsatilgan  korxona,  muasasa, 
tashkilotga  yuborilgan  ishchi  va  mutaxasisni  qabul qilish,  ularni  o’z  ixtisosi  va  malakasi 
bo’yicha  ish  bilan  ta’minlash,  normal  ishlab  chiqarish  va  turar-joy  sharoiti  yaratish  va 
qonunda belgilangan  ish  haqi  to’lash  majburiyatini  yuklaydi. Oliy, o’rta, o’rta-maxsus va 
professional-texnika o’quv yurtlarini bitiruvchilarni qabul qilishdan bosh tortgan korxona, 
muassasa, tashkilotlar o’rtacha yillik ish haqi miqdolrida jarima to’laydilar. O’quv yurtini 
bitirganlar  kontrakt  yoki  yo’llanmada  kelishilgan  ishga  joylashishidan  bosh  tortsa  yoki 
kelmasa, undan o’qishi uchun sarflangan harajat undiriladi.  

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish