Uchunchi shart - fuqaro ishlashga tayyor bo’lishi lozim. Fuqaroning ishlashga
tayyor ekanligini, uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib, rasmiy murojaat qilishi,
belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro’yxatdan o’tib turishi va mehnat
roganlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi.
To’rtinchi shart - fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqDim qilgan holda mahalliy
mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishi lozim.
So’nggi yillarda turli G’arb mamlakatlarida ishsizlar soni turlicha bo’ldi. Eng kam
ishsizlar ko’rsatgichiga ega mamlakat-bu Shveytsariyadir. Buyuk Britaniya va Italiyada
esa ular soni ancha ko’pchilikni tashkil qiladi. Yevropadan tashqarida ishsizlikning
barqaror past darajasi Yaponiyada saqlanib turibdi. G’arb mamlakatlarida keyingi o’n
yilliklar davomidagi ishsizlikning yuqori darajasi quyidagicha izohlanadi:
1.Sanoat tarmoqlarida xalqaro raqobatning kuchayishi. 1947 yili jahon sanoatining
60% i AQSH hissasiga to’g’ri keladi.bungun bu ko’rsatkich 15% ga yaqin soni tashkil
qiladi.
155
2.Butun jahon iqtisodiy inqirozi, bunga sabab (yoki turtki) 1973 yildagi neft krizisi
bo’ldi. U bugungi kungacha o’tib ketgani yo’q.
3.Sanoatda mikroelektronikaning qo’lanilishi o’sib, ishchi kuchlariga bo’lgan
ehtiyojning qisqarishiga olib keldi.
4.Ishlashni hohlovchi ayollarning soni ortib borishi cheklangan miqdordagi ish
joylariga talabgor kishilar miqdorining ko’payib ketishiga olib kelmoqda.
Demak, ishsizlikning sababi mehnatga bo’lgan bozor talabining o’zgarib turishidir.
Bu, o’z navbatida, tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishidan kelib chiqadi.
Texnika taraqqiyoti, mashinalarni ko’plab ishlatish ish kuchiga bo’lgan talabni
qisqartiradi, mehnat unumdorligini oshirib, ozchilik mehnati bilan ko’proq mahsulot ishlab
chiqarishni ta’minlaydi. Iqtisodiy turg’unlik va tushkunlik davrida mehnatga talab
kamayadi, bu esa ishlab chiqarishning o’zidagi qisqarish bilan izohlanadi. Ish haqi oshib
ketganda ham ish joyi qisqaradi, chunki, masalan, 10 kishi oladigan ish haqi 8 kishiga
berilsa, 2 kishi ishsiz qoladi.
Normal darajadagi ishsizlik iqtisodiyot uchun tabiiy hol, chunki iqtisodiyot uchun
mehnat zahirasi kerak. Xom ashyo, yoqilg’i, har xil materiallar zahirasi qanchalik kerak
bo’lsa, mehnat zahirasi ham shunchalik zarur-uni ishsizlar tashkil etadi. Mehnatga talab
oshgan qondiriladi. Yangi yerlar o’zlashtirilganda ularga kerak yumushchilar ishsizlar
safidan olinadi va hokazo.
Chunonchi, ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:
1.Friktsion ishsizlik vaqtincha ishsizlar bo’lib, ish joyini almashtirish paytida yuz
beradi, eski ishdan ketib, Yangi ishga o’tguncha ishsizlik yuzberadi.
2.Tarkibiy ishsizlik ishlab chiqarish tarkibi o’zgargan chog’da vujudga keladi.
Bunday yangi sohalar rivojlanib, eski sohalar qisqaradi, eski sohalarda ishlab
kelganlar, eski sohalarda ishlab kelganlar yangi sohaga kerak kasb o’zlashtira olmaydilar,
kasb o’zgarishi mobaynida ishsiz qoladilar.
3.Mavsumiy ishsizlik mavsumiy ishda band bo’lganlarning mavsum tugagach ishsiz
qolishi. Bu ishsizlik qishloq xo’jaligi, qurilish va kurort sohalariga xos.
4.Yashirin ishsizlik rasman ish bilan band bo’lganlarning faqat qisman ishlashi,
ya’ni to’liq ishlamay turishi. Unga qisqartirilgan ish kuni yoki qisqa ish haftasiga
o’tganlar, ish yo’qligidan haq berilmaydigan ta’tilga chiqqanlar kiradi.
5.Umumiy ishsizlik tovarlar va xizmatlarning bozori kasod bo’lishi natijasida
ularning ishlab qisqarib ketishi Bilan paydo bo’ladi. Bu ishsizlik, odamda iqtisodiy tanglik
sharoitida yuz beradi.
Ishsizlikning ham o’z o’lchovi bor. Bu-ishsizlik darajasi deb ataladi. Ishsizlik
darajasi ishga layoqatdli kishilarning qanday qismi ishsiz qolganini bildiradi va quyidagi
formula bilan hisoblanadi:
100
Q
N
Y
k
Bunda
k
Y
-ishsizlik darajasi
N
ishsizlar soni,
Q
-mehnatga layoqatli aholi soni.
Masalan, mamlakatda ishga yaroqli faol aholi 12 million kishi bo’lgani holda,
ulardan 0,6 million kishi ishsiz. Shuni hisobga olsak:
%
5
100
12
6
,
0
100
Q
N
Y
k
Demak, ishsizlik darajasi 5 foiz bo’lgan.
Binobarin, ishsizlik oqibatlarini bir yo’nalishda baholab bo’lmaydi. Uning ham
salbiy, ham ijobiy tomonlari bor.
156
(3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |