Davlatning aholini ishsizlikdan muhofaza qilish borasidagi tadbirlari.
Jiddiy talofotlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat ish bilan ta’minlashni oshirish
siyosatini o’tkazadi. CHunonchi, ishsizlikning friktsion va yashirinchi, turlari o’sganda
davlat:
-qaytadan kasb o’rgatadi;
-ta’lim berish tizimini kengaytiradi;
-bo’sh ish joylari haqidagi axborotlarni keng tarqatadi;
-mehnat birjalariga investitsiyalarni ko’paytiradi.
Agar ishsizlik davriy xususiyat kasb etsa, davlat byudjet, fiskal, kredit-pul
munosabatlari va vositalarini ishga soladi, ya’ni:
-ish bilan ta’minlashni kuchaytirish uchun ishlab chiqarishga ko’proq mablag’
sarflaydi;
-tadbirkorning manfaatdorligini oshirish uchun suda, hamda kreditlarning foiz
stavkalarini pasaytiradi;
-ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga solinadigan soliqlarni kamaytiradi.
Bu tadbirlardan tashqarii, davlat mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solishda:
-aholi soni, yo shva jinsi salmog’idagi o’zgarishlarga;
-ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud o’zgarishlariga,
-qo’shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezonlariga;
-ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi kabi omillarga alohida e’tibor
beradi.
158
Ishsizlikni kamaytirishning iqtisodiy tadbirlaridan eng asosiysi xalq xo’jaligi
tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq kichik korxonalarni barpo etishdir. Bunga esa:
-mehnat unumdorligini oshirish;
-ish joylarining moddiy-texnikaviy, texnologiya va sarmoya ta’minotlarini
yaxshilash;
-yangi noqishloq xo’jaligi mehnati zonalarini tashkil etish;
-ishlovchilar moddiy manfaatdorligini oshirish;
-oqilona soliqlar orqali erishish mumkin.
Binobarin, kichik korxonalarni tashkil etish quyidagi tamoiyillarga asoslanadi:
1.Ishlab turgan korxona (tashkilot) tarkibidan bir yoki necha tarkibiy bo’linmagan
ajralib chiqishi.
2.Birlashmaning tarkibiy birligi bazasida kichik korxona tashkil etish.
3.Kichik korxonani muayyan umumiy maqsadlarni amalga oshirish uchun sa’y-
harakat va resursni birlashtirishni ko’zlaydigan muassasa, korxona, tashkilot, fuqarolar
tashabbusi bilan tashkil etish.
O’zbekiston Respublikasida kichik korxonalarning quyidagi turlari bor:
1.Davlat mulkiga asoslangan kichik davlat korxonalari.
2.Jamoa mulkiga asoslangan kichik shirkat korxonalari, kichik aktsiyadorlik
korxonalari, xo’jalik jamoalari va shirkatlarning kichik korxonalari, jamoa va diniy
tashkilotlarning kichik korxonalari.
3.Fuqarolarning mulkiga asoslangan
-yakka tartibda ishlaydigan va oilaviy kichik korxonalar.
4.Kichik ijara korxonalari.
5.Kichik qo’shma korxonalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Abdullaev Yo. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil, 321-
329 betlar.
2.Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va
sotsiologiyasi». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 81-92 betlar.
3.Abdurahmonov Q.H., Xolmo’ninov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi».
Toshkent-2004 yil, 42-51 betlar.
4.Giddens Entoni. «Sotsiologiya». Toshkent: «Sharq»-2002 yil, 560-565 betlar.
5.Karimova. O., G’afforov Z. «Davlat va huquq asoslari». Toshkent: «O’qituvchi»-
1995 yil, 380-387 betlar.
6.Markovich Danilo. «Sotsiologiya truda». Moskva: «Progress»-1988 yil, 358-371
betlar.
7.Usmonov S.N, Dodoboev Yu.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «Fan»-
1999 yil, 92-94 betlar.
8.Chjen V.A. «Bozor sharoitida mintaqaning tarmoq taraqqiyoti». Toshkent:
«Iqtisodiyot va huquq dunyosi»-1997 yil, 149-175 betlar.
9.O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. Toshkent: «Adolat»-1996 yil, 26-
33 betlar.
10.O’zbekiston Respublikasi entsiklopediyasi. Toshkent-1997 yil, 327-330 betlar.
11.O’lmasov A. «Iqtisodiyot asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil, 117-119
betlar.
159
Do'stlaringiz bilan baham: |