136
4.Ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish darajasi
5.Bolalarni tarbiyalash sharoitlari.
6.Ijtimoiy taminot va boshqalarni keltirib o’tish mumkin.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar inson va jamiyat hayotining iqtisodiy imkoniyatlarini
ifodalaydi. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti va har bir insonning farovonligi (va ha-iqiy
daromadlar, ish bilan bandlik va boshqalar) darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkichlarni
iqtisodiy ko’rsotkichlar sirasiga kiritiladi.
Ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar aholining yoshi, jinsi, kasbiy-malakaviy
tarkibini, ishchi kuchini jismoniy takror ishlab chiqarishni ifodalaydi.
Obyektiv ko’rsatkichlar obnktiv (iqtisodiy, texnik va hokazo) bazaga,ega bo’lsa,
subyektiv ko’rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida shaxslarning mehnat,oilaviy
munosabatlar, daromadlar,ish, turmush tarzi vash u kabilardan qoniqish bo’yicha hisobga
olinadi.
Qiymat ko’rsatkichlari barcha daromad ko’rsatkichlari va pul ko’rinishidagi boshqa
ko’rsatkichlarni (tovar aylanishi, xizmatlar, tashishlar, pul jamg’armalari va qo’yilmalari
va hokazolarni hajmi) o’z ichiga oladi.
Natural ko’rsatkichlar natural birliklarda
(dona,kvm, kubm va hokazolar) o’lchanadigan muayyan moddiy nematlar va xizmatlar-
oziq-ovqat mahsulotlari, energiya istemoli, mol-mulk, turar-joylar, madaniy–maishiy
tovarlar taminotining hajmini ifodalaydi.
Miqdor ko’rsatkichlari muayyan moddiy nematlar va xizmatlar istemol hajmini
aniqlaydi.
Sifat ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini
sifat ko’rsatkichlari esa aholi
farovonligini sifat jihatdan baholash imkonini beradi.
Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti
sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko’rsatkichlar tizimi taklif etiladi:
1)umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar;
2)aholi daromadlari;
3)aholi iste’moli va harajatlari;
4)aholining pul jamg’armalari;
5)jamg’arilgan mol-mulklar va turar-joylar;
6)aholining ijtimoiy tabaqalanishi;
7)aholining kam ta’minlangan tabaqalari.
Turmush darajasini ifodalash uchun
mutlaq va
nisbiy qashshoqlik ko’rsatkichlaridan
ham foydalaniladi.
Mutlaq qashshoqlik-daromadning umuman yo’qligi yoki shaxs
(oila)ning minimal turmush ehtiyojlarini qondirish uchun zarur daromadining yo’qligi.
Mutlaq qashshoqlik ko’proq daydilar, boshpanasizlar va shu kabilar orasida uchraydi.
O’zbekistonda
nisbiy qashshoqlik yashash minimummidan kam bo’lgan daromad
miqdori bilan aniqlanadi. Jahon amaliyotida esa bu ko’rsatkich mamlakat bo’yicha
o’rtacha daromadning 40-60 foizidan kam bo’lgan daromadlarga nisbatan qo’llaniladi.
Aholi daromadlari va ularning turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: