Mehnat resurslari yetishmaydigan mintalarda (masalan, Jizzax, Sirdaryo
viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi) ishchi kuchlariga talabni kamaytirish
(hududiy hokimiyatlarning u yoki bu mintaqalarida va tarmoqlarida ishlab chiqaruvchi
kuchlarni joylashtirish va yangi ish joylarini vujudga keltirishni sekinlashtirishga oid
quyidagi chora-tadbirlar: ortiqcha ishchi kuchlaridan foydalanganlik uchun qo’shimcha
soliqlarni belgilash; qat’iy kredit siyosatini o’tkazish; korxonaga xodimni ishga olganligi
uchun bir martalik tulovni joriy etish; ortiqcha ishchi va xizmatchilarni qisqartirishni
rag’batlantirish va hokazolar kiradi. Bundan tashqari, ishchi kuchlariga talabni
kamaytirishda mehnat unumdorligini oshirish va tejamkorlikka erishish muhim
ahamiyatga egadir), hamda ular taklifini ko’paytirish (hozirgi shart-sharoitlarda mehnat
byurosiga ishchi kuchlari taklifini mutloq ko’paytirish mumkin emas) mehnat bozorini
tartibga solishning maqsadga muvofiq usullaridir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatlari:
1.Abdullaev Yo. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil, 12-36
betlar.
2.Abdurahmonov Q.H., Bozorov N., Volgin N va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti
va sotsiologiyasi». Toshkent: «O’qtuvchi»-2001 yil, 94-110 betlar.
3.Abdurahmonov. Q., Holmo’minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi»
Toshkent-2004 yil, 53-66 betlar.
4.Usmonov S.N., Dodoboev YU.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari» . Toshkent: «Fan»-
1999 yil, 127-131 betlar.
5.Chjen V.A. «Zakonadatelnie osnovi rinka». Toshkent: «Sharq», 402-413 betlar.
6.O’lmasov A. «Iqtisodiyot asoslari». Toshkent: «Mehnat-1997 yil, 39-44 va 111-
112 betlar.
13-mavzuni mustahkamlash uchun test topshiriqlari.
1.Sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o’zaro manfaatli
va hamkorlik aloqalari nima deb ataladi?
a)bozor
b)iste’mol
v)tovar va xizmat
126
g)ishlab chiqarish
d)tashkilot.
2.Bozor qanday vazifalarni bajaradi?
a)ishlab chiqarish bilan iste’molni bog’lash
b)qimmatli tovar shaklidan pul shakliga aylantirish
v)ishlab chiqarishni yangilashga shart-sharoit hozirlash
g)iqtisodiyotni tartiblash
d)barcha javoblar to’g’ri.
3.Ekvivalent tushunchasining lug’aviy ma’nosini belgilang?
a)iqtisodiy tanglik
b)miqdoriy tenglik
v)bozorning qadrsizlanishi
g)pulning qadrsizlanishi
d)sifatning oshishi.
4.Ayirboshlash ob’yektning moddiy shakl jihatidan bozorning qanday turlari mavjud?
a)iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori
b)ishlab chiqarish vositalari bozori
v)moliya va valyuta bozori
g)intellektual tovarlar va mehnat bozori
d)barcha javoblar to’g’ri.
5.Iste’mol bozori o’zining holatiga qarab qanday xillarga bo’linadi?
a)to’yingan bozor
b)taqchil to’yingan bozor
v)yarim to’yingan bozor
g)a va b javoblari to’g’ri
d)a, b va v jaoblari to’g’ri.
6.Moliya bozori tarkibiga qanday bozorlar kiradi?
a)pul va qimmatli qog’ozlar bozori
b)valyuta va investitsiya bozori
v)ssuda kapitali va sug’urta bozori
g)a va b javoblari to’g’ri
d)a,b va v javoblari to’g’ri.
7.Ishchi kuchini oldi-sotdi qilish munosabatini qaysi bozor turi bajaradi?
a)intellektual tovarlar bozori
b)shou-biznes bozori
v)mehnat bozori
g)ishlab chiqarish vositalari bozori
d)valyuta bozori.
8.Intellektual bozor qanday ko’rinishlarda bo’lish mumkin?
a)ilmiy-texnik ishlanmalar bozori
b)tasviriy san’at bozori
v)musiqa va kino bozori
g)antikvar buyumlar va axborot bozori
d)barcha javoblar to’g’ri.
9.Ayirboshlash miqiyosi jihatidan bozor qanday turlarga bo’linadi?
a)mahalliy bozor
b)regional bozor
v)jahon bozori
127
g)a va b javoblari to’g’ri
d)a, b va v javoblari to’g’ri.
10.Amal qilish xususiyatiga qarab, bozor qanday turlarga ajratiladi?
a)tartibsiz (stixiyali) bozor
b)tartibli bozor
v)boshqariladigan bozor
g)a va b javoblari to’g’ri
d) a, b va v javoblari to’g’ri.
11.Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy aloqalarga kirishish darajasiga ko’ra bozor turlari
jumlasiga kiritilmaydi?
a)erkin va monopollashgan bozor
b)monopol raqobatli bozor
v)ochiq va yopiq bozor
g)oligopolistik bozor
d)sof monopoliya bozori.
12.Tovarlarning chetdan kelishiga qarab bozor qanday turlarga bo’linadi?
a)ochiq va yopiq bozor
b)erkin va monopol bozor
v)tartibli va tartibsiz bozor
g)mahalliy va regional bozor
d)mehnat va shou-biznes bozori.
13.Yopiq bozor yana qanday nom bilan yuritiladi?
a)tashqi
b)ichki
v)stixiyali
g)gorizontal
d)vertikal.
14.Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga nimalar kiradi?
a)ishchi kuchiga talab va uning taklifi
b)qiymati
v)bahosi
g)yollashdagi raqobat
d)barcha javoblari to’g’ri.
15.Mehnat bozori faoliyat ko’rsatishining qanday asosiy tamoyillari mavjud?
a)ishchi kuchining erkin taklifi
b)ish beruvchilarning ishchi kuchiga mustqil talabi
v)mehnat haqining yuqori darajasi
g)a va b javoblari to’g’ri
d)a,b va v javoblari to’g’ri.yu
16.O’zbekiston sharoitida mehnat bozorining samarali shakllanishiga to’siq bo’ladigan
qanday cheklovchilar mavjud?
a)mehnat haqining past darajasi
b)iste’mol tovarlarining qimmatlashuvi
v)yollanma ish kuchining malakasi va safarbarligining pastligi
g)ish beruvchilarning yetarli tajribaga ega emasligi
d)barcha javoblar to’g’ri.
17.Tovarlar surunkali yetishmay qolib, talabga javob bera olmaydigan bozor qanday nom
bilan yuritiladi?
128
a)to’yingan bozor
b)taqchil yoki och bozor
v)erkin bozor
g)jahon bozori
d)yopiq (ichki) bozor.
18.Moliya bozorida qanday guruhdan iborat sub’yektlar pul bilan munosabat qiladilar?
a)pul egalari va yoki uni saqlab turuvchilar
b)pulga muhtoj bo’lgan sub’yektlar
v)pulga befarq bo’lgan shaxslar
g)a va b javoblari to’g’ri
d)a, b va v javoblari to’g’ri.
19. .. .. .. – u daromad keltiruvchi qimmatli qog’ozlar: aktsiya, obligatsiya, veksel, chek,
depozit, sertifikatlarning oldi-sotdi qilinishidir.
a)pul bozori
b)qimmatli qog’ozlar bozori
v)investitsiya bozori
g)sug’urta bozori
d)ssuda kapitali bozori.
20.Qimmatli qog’ozlar bozori yana qanday nom bilan yuritiladi?
a)fond birjasi
b)mehnat birjasi
v)sug’urta kompaniyalari
g)kim oshdi savdolari
d)aktsiyadorlik jamiyatlari.
21.Quyidagilardan qaysi biri qimmatli qog’ozlar jumlasiga kiritiladi?
a)aktsiya va chek
b)obligatsiya
v)veksel va depozit
g)sertifikat
d)barcha javoblar to’g’ri.
22.Mehnat resurslari yetishmaydigan hududlar ko’rsatilgan to’g’ri javobni belgilang?
a)Andijon va Buxoro viloyatlari
b)Toshkent va Samarqad viloyatlari
v)Jizzax va Sirdaryo viloyatlari
g)Surxandaryo va Qashqadaryo viloyatlari
d)Farg’ona va Namangan viloyatlari.
23.Mehnat bozorida munosabatlar qanday usullar asosida tartibga solinadi?
a)jamoaviy
b)shaxsiy
v)hududiy
g)a va b javoblari to’g’ri
d)a, b va v javoblari to’g’ri.
24. Qaysi olimning ta’rifi bo’yicha, «mehnat bozori-bu o’suvchi tizim, unda mulkchilik
sub’yektlari ishchi joylari va ishchi kuchi takliflari, xodimga va yollanma ishga talab
hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirib, ishlab chiqarish omillariga o’zaro ta’sir etadi».
a)Maslova I.S.
b)Nikiforova A.A.
v)Pavlenkov V.A.
129
g)Sorokin P.A.
d)Zaslavskaya.
25.Ishlab chiqarish omillari jumlasiga nimalar taalluqli?
a)mehnat vositalari
b)ishchi kuchi
v)ish o’rinlari
g)a va b javoblari to’g’ri
d)a, b va v javoblari to’g’ri.
14-mavzu: Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish.
Reja:
1.Mehnat resurslarining shakllanishi.
2.Mehnat resurslaridan foydalanish.
3.Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishini tahlilqilishning ahamiyati.
Tayanch iboralar:
mehnat resurslari; iqtisodiy jihatdan faol aholi; fuqarolik jihatidan iqtisodiy faol aholi;
mehnat resurslarini shakllantirish; foydalanish; mehnat resurslarini taqsimlash; mehnatni
sarf qilish samaradorligi; mehnatli layoqatli aholi; ish beruvchilar; yollanma ishchilar;
kadrlar ko’nimsizligi; imtiyozli pensionerlar; ishlovchi o’smirlar.
Mehnat resurslarining shakllanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |