Tovarlarning chetdan kelishiga qarab bozorquyidagi turlarga bo’linadi: 1.Ochiq
bozor (bu tovarlarning boshqa joydan erkin keltirilib va chegaralanmagan holda oldi-sotdi
qilinishidir. Ochiq bozor boj to’lovi bilan himoya qilinmaydi, bu yerga tovarlar
cheklanmagan holda keltiriladi. Jahon bozori o’z tabiati bilan ochiq bozor hisoblanadi,
unda hamma mamlmkatlar bemalol qatnasha oladi). 2.Yopiq (ichki) bozor (undagi tovarlar
hajmi va turlari, avvalo, mahalliy ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanish darajasiga
bog’liq bo’ladi, shuning uchun bu bozordagi mollar,asosan, oziq-ovqat, sanoat mollari,
xo’jalik va uy-joy qurilishi buyumlaridan iborat bo’ladi).
Mehnat bozori tushunchasi, uning shakllanishi va mehnat bozorini tartibga solish.
124
Hozirgi vaqtda o’tish davri iqtisodiyotining oldiga turgan dolzarb muammolardan
biri mehnat bozorini shakllantirish va samarali rivojlantirishdir. Tadqiqotchi
V.A.Pavlenkov takidlaydiki, bozor iqtisodiyotida mehnat bozori yollanib ishlashga qodir
kishilarning barchasini: ham yollanma mehnat bilan band bo’lganlar, ham band
bo’lmaganlarni qamrab oladi. A.A.Nikiforova esa boshqa umumiy ta’rifni taklif etadi:
«Mehnat bozori rivojlanishining darajasi va bozorda ishtirok etuvchi kuchlar: tadbirkorlar,
mehnatkashlar va davlat o’rtasida ma’lum davrda erishilgan manfaatlar balansini aks
ettiruvchi ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida vujudga kelgan». Ba’zi bir tadqiqotchilar
mehnat bozorini ish haqi va daromadlarning erkin harakati orqali mehnatga talabni va
ishchi kuchi taklifini o’zini-o’zi tartibga soluvchi mexanizm sifatida talqin qiladilar.
Boshqa tadqiqotchilarning fikricha, mehnat bozori ish beruvchilar va yollanib ishlashni
xohlovchilarni bevosita kelishuvi orqali talab va taklifni qanoatlantirish uchun sharoitlar
yaratadi va ishchi kuchini xarid qilish-sotish jarayonlarini bevosita tartibga solmaydi.
I.S.Maslovaning ta’rifi bo’yicha «mehnat bozori-bu o’suvchi tizim, unda mulkchilik
sub’yektlari ishchi joylari va ishchi kuchi takliflari, xodimga va «yollanma ishga talab
hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirib, ishlab chiqarish omillari (mehnat vositalari va
ishchi kuchi)ga o’zaro ta’sir etadi.» Mehnat bozori mavjud, ammo «kesik, shakli
o’zgartirilgan ko’rinishda, buning ustiga har narsani o’z ichiga oladigan xarakterga ega
bo’lmay, balki mehnat munosabatlarining, faqat bir qismini qamrab oladi». Bizning
fikrimizcha, mehnat bozori-bu ishchi kuchining «mehnatga bo’lgan qobiliyatini» sotish-
sotib olish tizimidir. Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar
kiradi: -ishchi kuchiga talab va uning taklifi; -qiymati; -bahosi;-yollashdagi raqobat.
Mehnat bozori faoliyat ko’rsatishining quyidagi asosiy tamoyillarini to’liq amalga
tatbiq etgan holda, mazkur bozorning shakllanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi: 1.Ishchi
kuchining erkin taklifi. Bu mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo’lish va
bo’lmaslikni ixtiyoriy tanlashini, mehnat qonunlari tomonidan taqiqlanmaydigan va har bir
xodimning shaxsiy va jamoa manfaatlarini hisobga oluvchi kasb va faoliyatturini erkin
tanlash uchun sharoitlar mavjudligini anglatadi; 2.Ish beruvchilarning ishchi kuchiga
mustaqil talabi. Bozor iqtisodiyoti xodimlarni barcha ish beruvchilar tomonidan
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Mehnat Kodeksi amal qilgan holda, ishga er-
erkin yollashlari va ishdan bo’shatishlari, hamda, bandlik, mehnat sharoitlari va unga haq
to’lashni kafolatlash bilan fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishlari uchun
imkoniyatlar yaratadi; 3.Yollanma xodimlarni ish beruvchilardan huquqiy va ijtimoiy
himoya qilinganligi; 4.Ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan «kun kechirish uchun zarur miqdordan kam
bo’lmaslik»ka rioya qilgan holda erkin belgilash.
O’zbekiston sharoitida mehnat bozorining samarali shakllanishiga to’siq bo’ladigan bir
qator quyidagi cheklovlar ham mavjud:-mehnatni qo’llashning noqishloq xo’jaligi
mintaqalarini yaxshi rivojlanmaganligi; -mehnat haqining past darajasi;-iste’mol
tovarlarining qimmatlashuvi;-yollanma ish kuchining malakasi va safarbarligining
pastligi;-ish beruvchilarning yetarli tajribaga ega emasligi va hokazo.
Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida
aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu muammolarni hal
qilish, ijtimoiy-mehnat mojarolarini bartaraf etish bo’yicha ish beruvchilar bilan yollanma
xodimlar o’rtasidagi munosabatlar markaziy o’rin egallaydi. Mehnat bozorida mazkur
munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy usullar asosida tartibga solinadi. Ta’kidlash
joizki, mehnat resurslari ortiqcha hududlarda (masalan, Andijon, Farg’ona, Namangan,
Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlar) mehnat
125
bozorini tartibga solishning ancha samarali usullari deb, ishchi kuchiga bo’lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |