122
bozor; b) «taqchil yoki och bozor», ya’ni tovarlar surunkali yetishmay qolib, talabga javob
bera olmaydigan bozor). 2
.Ishlab chiqarish vositalari bozori (mehnat qurollari, hamda,
xom-ashyo, yoqilg’i va metallarning oldi-sotdi bozoridir).
3.Moliya bozori (bu jamiyatdagi
moliya xizmatlari bozoridir. Moliya bozori tarkibiga quyidagilar kiradi:-pul bozori;-
qimmatli qog’ozlar bozori;-valyuta bozori; -investitsiya bozori;-ssuda kapitali bozori;-
sug’urta bozori. Moliya bozorida ikki guruhdan iborat sub’yektlar pul bilan munosabat
qiladilar.
Birinchisi-pul egalari yoki uni saqlab turuvchilar.Bunga aholi, firma, kompaniya va
davlat muassasalari kiradi. Ikkinchisi-pulga muhtoj bo’lgan sub’yektlardir. Qimmatli
qog’ozlar bozori-u daromad keltiruvchi qimmatli qog’ozlar: aktsiya, obligatsiya, veksel,
chek, depozit, sertifikatlarning oldi-sotdi qilinishidir. Bu bozor fond birjasi, deb yuritilib, u
yerda yirik korporatsiyalarning markaziy va mahalliy davlat mahkamalarining qimmatli
qog’ozlari sotildai va sotib olinadi).
4.Valyuta bozori (bu yerda turli mamlakatlar valyuta
oldi-sotdi qilinadi. Valyutani oldi-sotdi qilish operatsiyalari bilan O’zbekistonda
respublika Markaziy banki, respublika tashqi iqtisodiy Milliy banki va ish faoliyat uchun
ruxsat berilgan banklar shug’ullanadi. Valyuta bozorida muomalalar naqd yetkazib berish
(spot) bilan yoki valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs bo’yicha ma’lum muddatda (1-3 oy
va undan keyin) yetkazib berish (forvard) shaklida amalga oshiriladi. Valyuta
muomalalari, asosan, AQSH dollarida olib boriladi).
5.Mehnat bozori (bu ish kuchini oldi-
sotdi) 5
.Mehnat bozoro (bu ishchi kuchini oldi-sotdi qilish munosabatini bildiradi. Bu
yerda tovar bozoridan farqi o’laroq, insonning o’zi emas, balki uning mehnat qilish
qobiliyati oldi-sotdi shartnomasini tuzish asosida, malum muddatga sotiladi).6.
Intellektual
tovarlar bozori (bu bozorning maxsuz turi bo’lib, aqLiy mehnat mahsuli bo’lmish tovarlar
va xizmatlarning ayir-boshlanishini bildiradi. Bu bozorda sotuvchilar va xaridorlar maxsuz
tovar hisoblangan ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar,sanat va adabiyot asarlari, xilma-
xil axbarotlar oldi-sotdi yuzasidan o’zaro munosabatda bo’ladilar. Intellektual bozor turli
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Jumladan:-ilmiy texnik ishlanmalar bozori;-tasviriy sanat
bozori;-musiqa bozori;-antikvar buyumlar bozori;-kino bozori;-axbarot bozori va
hokazo).7.
Shou-biznes(madaniy) bozor (bu bozor yordamida har xil pullik tomoshalar
ko’rsatish yo’li bilan baromad topiladi. Shou-biznes bozori bilan maxsuz firmalar,
madaniy-musiqiy uyushmalar yoki ayrim biznesmenlar shug’ullanadi. Shou-biznesdan
tushadigan daromad aholidan olinadigan tomosha haqi, firmalardan tushadigan reklama
puli, tomoshabinlarga savdo-maishiy xizmat ko’rsatish haqi va boshqalardan shakllanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: