137
Ish haqi ko’pchilik aholining asosiy daromadi. Rivojlangan mamlakatda jami
daromadlarning 70-80 foizini ish haqi tashkil etadi. Ish haqi –yollanib ishlovchilarning
ishlab topgan daromadi, ishlovchilar va ularning oilasini boqish uchun ketadigan
tirikchilik voistalarini xarid eti shva pul jamg’armasini hosil qilish uchun ishlatiladi. Ish
haqi uch qichmdan tashkil topadi:
1.Asosiy ish haqi.
2.Mukofot tarzidagi (bonus) ish haqi.
3.Belgilangan ish vaqtidan ortiqcha ishlaganlik uchun beriladigan pul to’lovi.
Ishlovchining qo’liga tegishiga qarab, ish haqi
brutto (umumiy) va
netto (sof) ish haqiga
bo’linadi. Brutto ish haqini yalpi, ishlovchi hisobiga yozilgan ish haqi desa ham bo’ladi.
Netto ish haqi esa yalpi ish haqidan har xil to’lovlar chigirib tashlagandan so’ng,
qoladigan sof ish haqi, ya’ni ishlovchining hamyoniga kelib tushadigan puldir.
Bajarilgan ishni o’lchami mezonga qarab ish haqi vaqtbay va ishbay (donabay) ish
haqiga bo’linadi. Vaqtbay ish haqi ma’lum malaka va tajriba ega bo’lgan xodimning
ishlagan vaqtiga, ya’ni necha kun yoki soat ishlaganiga, vaqt sarfiga qarab to’lanadi.
Ishbay ish haqi muayyan malakali ishchi yaratgan sifati tovar miqdori yoki bajargan ish
hajmi uchun oladigan haqidir. Uning miqdori mehnat unumdorligiga nisbatan to’g’ri
mtanosiblikda o’zgaradi. Masalan, ishchiga bir dona mahsulot uchun 40 so’m ish haqi
belgilangan. U bir ish kunida 5 dona mahsulot yaratsa, 200 so’m, agar ish unumini oshirib,
6 ta mahsulot yaratsa, 240 so’m oladi.
Ish haqining miqdori o’zgaruvchan bo’lib, bu o’zgarish asosan uch omil ta’sirida
yuz beradi:
1.Ish haqiga talab va uning taklifi. Ish kuchi tovar bo’lar ekan, uning narxi bo’lgan
ish haqi mehnat bozoridagi talab va taklif nisbatiga bog’liq bo’ladi. Mehnatga talab
oshganda ish haqi ko’payadi, mehnat taklifi oshganda esa ish haqi kamayadi. Mehnat
bozoridagi talab va taklif tenglashgan taqdirda muvozanat ish haqi yuzaga keladi, ish haqi
bir me’yorda saqlanadi.
Ish kuchiga talab 400 kishini tashkil etadi, uni mehnat bozori qondirdi. Ish kuchi
bozorida talab va taklif tenglashganda ish haqi 4000 so’m darajasida muvozanatlashadi.
Agar talab oshsa, ish haqi 6000 so’m yoki 7000 so’mga yetishi taklif ko’paysa, 3000 yoki
2500 so’mga tushishi mumkin.
2.Mehnat unumdorligi. Ish haqitalab va taklifdan qat’i nazar, mehnat unumdorligi
ta’sirida ham o’zgaradi. Ish bilan bandlik sharoitida ish haqi mehnat unumdorligi oshsa
ko’payadi yoki aksincha.
3.Bozor uchun ishlay bilish. Ish haqi umuman ishlaganlik uchun emas, balki bozor
talabiga mos ravishda bajarilgan mehnat uchun beriladi. Tovarlar bozorbop bo’lib, yaxshi
sotilsa, ish haqi ko’payadi, ular bozorda o’tmay qolsa, ish haqi kamayadi. Firmalar
tovarlarini sota olmasligi oqibatida ishchilarga ish haqini vaqtida to’lay olmaydi yoki uni
kam to’laydi.
Pensiya daromadning maxsus turi bo’lib, u qarilik yoki nogironlik tufayli ishga
yaramay qolganlarga davlat va firmalar tomonidan to’lanadi. Qarilik pensiyasi ishlab
topilgan, lekin berilishi kechiktirilgan daromadga kiritiladi. Har bir kishi ishlagan
kezlarida topgan pulining bir qismini pensiya jamg’armasiga o’tkazib boradi, bu pul
Do'stlaringiz bilan baham: