1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги


Aholini  ijtimoiy  himoya  qilish



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/177
Sana27.03.2021
Hajmi1,58 Mb.
#62111
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   177
Bog'liq
mehnat va mehnat munosabatlari sotsiologiyasi

Aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  deganda  aholiga  davlat  tomonidan  yashash  uchun 
barcha 
shart-sharoitlarni 
yaratishga 
maqsadli 
yo’nalgan 
kafolatlar 
tizimi 
tushuniladi.amalga  oshirish  usuliga  qarab  ijtimoiy  siyosatni  aktiv  va  passiv  turlarga 
ajratish  mumkin.  Passiv  ijtimoiy  siyosat  narxlarni  sun’iy  ravishda  tutib  turish,  shuning 
hisobiga  turmush  darajasini  oshirish  yoki  barqarorlashtirish,  ijtimoiy  himoyalashning 
barcha  yo’nalishlari  bo’yicha  dotatsiyalarni  oshirishni  ko’zda  tutadi.  Aktiv  siyosat 


 
145 
maqsadga  muvofiqdir.  Unda  tashabbus  ko’rsatish  va  tadbirkorlik  uchun  sharoit  yaratib 
berish,  nafaqaxo’rlar,  faxriylar,  bolalar,  byudjet  sohasida  xizmat  qiluvchilarni  qo’llab-
qo’vvatlashda davlatning rolini oshirish ustivor maqsadlar hisoblanadi.      
 Ijtimoiy  siyosatda  ikki  yo’nalishni  ajratib  ko’rsatish  mumkin:  aholini  ijtimoiy 
ta’minlash  va  davlat  ijtimoiy  kafolatlari.  Ijtimoiy  ta’minot  pensiya  ta’minoti,  nafaqalar 
bilan  ta’minlash,  aholining  ayrim  tabaqalari  uchun  belgilangan  imtiyozlar  va 
kompensatsiyalar  tizimi  va  ijtimoiy  xizmat  ko’rsatishni  o’z  ichiga  oladi.  Ikkinchisi  esa 
jamiyatning  bir  me’yorda  rivojlanishini,  ya’ni  sog’liqni  saqlash,  ta’lim,  madaniyat  va 
sog’lomlashtirish, shuningdek, turar joyga ega bo’lish huquqini ta’minlash bilan bog’liq. 
Ijtimoiy ta’minot quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshiriladi:  
1.Davlat ijtimoiy sug’urtasi. 
2.Respublika byudjeti mablag’lari. 
3.Mahalliy byudjetlar mablag’lari. 
Mehnatkashlarni  ijtimoiy  himoyalashning  quyidagi  to’rtta  quyi  tizimini  ajratib 
ko’rsatish mumkin:  
1.Davlat  ijtimoiy  ta’minoti  (bu  aholining  ijtimoiy  zaif  qatlamlariga  pulli  nafaqalar 
vositasida  ko’rsatiladigan  yordamdir.  Soliqlar  va  byudjet  tushumlari  hisobiga 
moliyalanadigan bu yordam ularga belgilangan quyi (minimal) darajasini kafolatlaydi. 
2.Davdat  ijtimoyi  sug’urtasi  (bu  zarur  turmush  tarzini  kafolatlaydi.  U  majburiy 
bo’lib  ish  beruvchilar  va  mehnatkashlarning  sug’urta  badallari,  davlat  tomonidan 
ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga moliyalanadi). 
3.Jamoa ijtimoiy sug’urtasi (bu yetarli turmush darajasini kafolatlaydi. Umajburiy 
yoki  ixtiyoriy  ravishda  amalga  oshirishi  mumkin.  Bunda  ish  beruchilar  va 
mehnatkashlarning sug’urta badallari to’lov manbalari bo’lib xizmat qiladi. 
4.Shaxsiy  sug’urta  (bu  forovonlikning  yuqori  darajasini  kafolatlaydi.U  ixtiyoriy 
ravishda fuqarolarning sug’urta badallari hisobiga amalga oshiriladi). 
Ijtimoiy institutlar va xodimlarni ijtimoiy himoya qilish mexanizmi. 
Har  qanday  davlatda  fuqarolarni  ijtimoiy  himoya  qilishni  amalga  oshirish  bilan 
shug’ullanadigan  ijtimoiy  institutlarning  butun  bir  tizimi  mavjuddir.  Ijtimoiy institut-bu 
odamlarning  birgalikdagi  faoliyatini  tashkiliy  tuzilma  tarzida  tashkil  etishning  barqaror 
shakli  yoki  normativ  jihatdan  tartibga  solinadigan  qoidalar  tizimidir.  Eng  muhim  va  eng 
qudratli  ijtimoiy-tashkiliy  institut-bu  davlatdir.  Ijtimoiy  himoya  qilish  vazifalarini 
bajarishda  sug’urta  kompaniyalari,  turli  ixtisoslashtirilgan  jamg’armalar,xayriya 
tashkilotlari,  shuningdek,  ijtimoiy  va  siyosiy  tashkilotlar  singari  institutlar  muhim  rol 
o’ynaydilar.  Yollanib  ishlaydigan  ishchi-xodimlarni  himoya  qilishi  lozim  bo’lgan 
institutlar  kasaba  uyushmalaridir.  Hozirgi  vaqida  jiddiy  ravishda  yangilanayotgan 
ananaviy  kasaba  uyushmalri  bilan  bir  qatorda,  ishchilarningt  yangi-yangi  tashkilotlari-
mustaqil  «kasaba  uyushmalari  ham  paydo  bo’lgan.  Ham  mustaqil»  ham  mustaqil 
bo’lmagan  kasaba  uyushmalarining  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlarning  mazkur  darajasidagi 
asosiy  faoliyati  mehnatkashlarning  huquqlari  va  manfaatlarini  himoya  qilish  uchun  o’z 
faoliyatlarida  ijtimoiy  sheriklik  shakllari,  hamda  mexanizmlaridan  foydalanish  sohasiga 
o’tdilar.  Bu  mexanizmning  mohiyati  ish  beruvchilar  vakillari  bilan  davlat  o’rtasida 
muzokaralar  o’tkazishdan,  shu  asosda  murosa-madoraga  kelish,  hamda  ma’lum  darajada 
maqbul qarorlar ishlab chiqishdan iborat.  
Jamiyatda  ijtimoiy-tashkiliy  institutlar  bilan  bir  qatorda,  ko’pincha  ijtimoiy-
normativ  institular  ham  bor.  YOllanma  xodimlarni  ijtimoiy  himoya  qilish  tizimidagi 
muhim  ijtimoiy-normativ  institut  hozirgi  vaqtdagi  ta’rif  bitimlari,  kontraktlar,  jamoa 
shartnomalari va hokazolardir.  


 
146 
Ijtimoiy ta’minot turlari. 
Pensiya-ijtimoiy ta’minotning, keksalar va mehnatga qobiliyatsiz kishilarga moddiy 
yordam  ko’rsatishning  eng  asosiy  va  eng  ommaviy  turidir.  Qonunga  muvofiq,  nafaqalar 
uch turga bo’linadi. Ular quyidagilardan iborat: 1.Qariliknafaqasi. 2.Nogironlik nafaqAsi. 
3.Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi.  
Ishlab turgan nafaqa oluvchilarga nafaqa 50 foiz miqdorida to’lanadi. Nafaqa olishi 
bilan birga, ishni davom ettirish huquqiga ega bo’lgan aytsrim toifadagi fuqarolar bundan 
mustasno sifatida nafaqani 100% oladilar. Bular:  
-ikkinchi jahon nogironlari va qatnashchilari;  
-ularga  tenglashtirilgan  kishilar,  jumladan,  jangovor  harakatlar  olib  borilgan 
mamlakatlarda baynalminal burchini bajargan harbiy xizmatchilar;  
-Chernobil falokat oqibatida shikastlangan shaxslar;  
-1941-1945 yillardagi urush davrida front ortida ishlaganlar;  
-I va II guruh nogironlari;  
-boquvchisini yo’qotganlik uchun oila a’zolariga pensiya olayotgan shaxslar.  
Mehnat ulushiga qarab taqsimlanadigan pensiyalardan farqli o’laroq, nafaqalar  
-o’ta  muxtoj  kishilarga  aynan  ko’maklashishi  kerak.  Boylikdan  nogironlarga, 
qariyalar  va  mehnatga  qobiliyatsiz,  kishilarga,  pensiya  tayinlash  uchun  zarur  ish  stajiga 
ega bo’lmagan fuqarolar (ish staji erkaklar uchun 25 yil, ayollar uchun 20 yil)ga nafaqalar 
xuddi pensiyalar singari oyma-oy to’lab boriladi.  Ijtimoiy  ta’minot  turi bo’lgan  nafaqalar 
sirasiga  vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik  bo’yicha,  homiladorlik  va  tug’ishbo’yicha 
to’lovlar ham kiradiki, ular uzoq davom etmaydigan vaqt mobaynida uzrli sabab yuzasidan 
xodim yo’qotgan ish haqi o’rniga yordam ko’rsatish maqsadida beriladi.  

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish