Iste’mol savati-bu insonning salomatligini saqlash va uning hayoti faoliyatini
ta’minlash uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va
xizmatlarning minimal to’plamidir. Aslida, iste’mol savati uchta savatdan iborat: oziq-
ovqat, nooziq-ovqat, xizmat savatchalari. Iste’mol savatida oziq-ovqat savati muhim o’rin
tutadi. Oziq-ovqat savati-bu bir odamning bir oyda ovqatlanishi uchun ketadigan
maxsalotlar to’plami (u mahsulotlar istemolining minumal me’yori asosida hisoblab
chiqilgan). Bu to’plam jismoniy ehtiyojlarga mos keladi, zarur kaloriyani taminlaydi,
asosiy oziq moddalar mavjud va ovqatlanishni tashkil etishning ananaviy ko’nikmalariga
to’g’ri keladi (2-jadval).
Aholining turli ijtimoiy-demografik guruhlari uchun tavsiya etilayotgan oziq-ovqat
mahsulotlari to’plami (yiliga kg hisobida).
140
Do'stlaringiz bilan baham: |