uglerod va
azot ning nisbatiga bog‗liq bo‗ladi.
Azot miqdorini oshishi lipid hosil bo‗lishini pasaytiradi. Azotning etishmasligi va uglerod
miqdorining yuqoriligida oqsil moddalarining hosil bo‗lishini pasayib, yog‗larning yuqori miqdorda
hosil bo‗lishiga olib keladi
Lipidlarni to‗planishi uchun muhitda fosforning bo‗lishi shart bo‗ladi. Fosforning
etishmovchiligida uglerod manbalari to‗liq sarflanmaydi, qatta miqdorida esa muhitda lipid bo‗lmagan
mahsulotlar to‗planadi. Lipidlarning fraksion tarkibiga fosfor miqdorining o‗zgarishi ta‘sir etmaydi.
Muhitning boshqa elementlari (
mikro- va makroelementlar ) ta‘siri achitqilarning o‗sish intensivligiga va
uglerod manbasining sarflanish tezligiga ta‘sir etadi, bu o‗z navbatida to‗plangan lipidlarning sifatiga emas,
faqatgina miqdorigagina ta‘sir etadi
19
.
KULTIVATSIYALASH SHAROITLARI. Sintezlanayotgan lipidlarning fraksion tarkibiga kultivatsiyaning sharoitlari ham ta‘sir etadi. Bular:
- aeratsiya; - pH; - harorat. Fosfoglitseridlar, yog‗ kislotalari va triatsilglitseridlarning sintezi aeratsiyalanish darajasiga
bog‗liq bo‗ladi.
Aeratsiya etarli bo‗lmagan sharoitlarda lipidlar aeratsiya etarli bo‗lgan sharoitdagidan
triatsilglitseridlarni 4 marta kam va fosfoglitseridlarni 2 va yog‗ kislotalarini 8 martaga ko‗p saqlaydi.
Aeratsiya jarayonini intensifikatsiyalanganda to‗yinmagan yog‗larning darajasi oshib boradi va
barcha to‗yinmagan kislotalar barcha guruxlarining nisbiy miqdori oshadi.
Muhitning rn ni oshirilishi natijasida fosfoglitseridlar va yog‗ kislotalarining oshishiga va bir
vaqtning o‗zida triatsilglitseridlar miqdorining pasayishiga olib keladi.
Hujayralar uchun lipidlarni hosil bo‗lishi va hujayralar o‗sishi uchun optimal harorat bir xildir,
bunda lipidlarni miqdori kultivatsiyalash haroratiga bog‗liq bo‗lmaydi.
Haroratni boshqarish orqali, fosfolipid membranalarida to‗yingan va to‗yinmagan yog‗
kislotalarining turli nisbatlarini olish mumkin.
Uglevodli substratlar uchun lipidlarni torf va yog‗och gidrolizatlarida ajratib olish texnologiyasi
yaxshi yo‗lga qo‗yilgan.
Torf va yog‗ochning 1:4 nisbatidagi gidrolizatlarida kultivatsiya bosqichida yuqori miqdordagi
biomassa chiqishi ta‘minlanadi (10 g/l gacha), bunda lipidlarning maksimal miqdori ( 51% dan ASV
gacha) va substratni yuqori o‗zlashtirish koeffitsienti bo‗lishi kerak (0,54 gacha).
1 tonna mutlaqo quruq torfning gidrolizi va fermentatsiyasidan so‗ng 50-70 kg mikrob
yog‗larini olish mumkin, bunda triatsilglitseridlar miqdori yuqori bo‗ladi.
19
Satoshi Omura Editor. The Search for Bioactive Compounds from Microorganisms.