84
1997 yil Yan Vilmut va uning hamkasblari qo‗y klonini rekonstruksiya qildilar va DOLLI ismli
qo‗y klonini yaratdilar. DOLLI birinchi klonlangan sut emizuvchi edi.
Vilmut va uning hamkasblari
Shotland qoratumshuq qo‗ylari tuxum xujayrasiga Dorsett qo‗ylari sut bezlari xujayrasi yadrosini
transplantatsiya qildi. Tuxum xujayra yadrosi kombinatsiyasi, birlashishi va xujayraning bo‗linishini
rag‗batlantirish elektrenergiyasi hisobiga amalga oshirildi.
Maxsus sut bezlari va retsipient organizmlar uchun inson genlari bor bo‗lgan promotorlar bilan
boshqariladigan transgen konstruksiyalar.
Transgenli parrandalar olinishi
Alohida ajratilgan blastoderma hujayralariga transfeksiya qilish bilan transgenli tovuqlarni olinishi.
Alohida ajratilgan hujayralarga
liposomalar yordamida
transgenni transfeksiya qilib, retsipientning blastodermasidagi murtak
osti qismiga kiritiladi. Olingan avlodlarning bir qismi ximerlar bo‗lib,
ba‘zi qismi transgen tashuvchi, chatishtirgandan so‗ng transgenli liniyalar olish imkoni tug‗iladi.
Transgenli baliqlar
Tabiiy baliqlar zaxirasi tugab borishi bilan sun‘iy yo‗l bilan baliqlarni ko‗paytirish
extiyoji
tug‗ilmoqda. Hozirda transgenli baliqlarni DNK mikro in‘eksiyasi va elektroporatsiya usuli bilan karp,
forel, losos baliqlari olinib kelmoqda. Mikroin‘eksiya yordamida olingan baliq embrionlarning yashab
qolishi juda yuqori bo‗lib, 35-80% tashkilqiladi. Transgenli avlodlarning olinishi esa 10-70% tashkil
qiladi.
Bartaraf etilishi zarur bo‗lgan qiyinchiliklar:
- bir hujayrali oqsilni olish jarayonlari odatda juda xajmli va energetik jihatdan og‗ir bo‗lib steril
sharoitlarda olib borilishi kerak, bu o‗z navbatida qimmatli uskunalarni talab etadi va doimiy tozalikni
va sterilizatsiyani talab etadi. Shartli sharoitlardan bu so‗nggi maxsulotga begona mikroflorani,
ayniqsa inson uchun patogen bo‗lgan mikroflorani tushishi hisoblanadi.
- bir hujayrali oqsilni ishlab chiqarishni rentabelligi uchun tayyor mahsulotning mashtabi yiliga 50
000 tonnani
tashkil etishi kerak, bu o‗z navbatida xomashyo materiali bilan ta‘minlanishi kerak.
- katta miqdordagi suvga bo‗lgan ehtiyoj, maxsulotni yakunlovchi ishlov berishiga va sovutish
uchun.
-
Turli soha mutahassislariga bo‗lgan ehtiyoj (mikrobiologlar, biokimyogarlar,
genetiklar,
kimyogarlar va kimyoviy muhandislar, oziqovqat, qishloq ho‗jaligi,
chorvachilik muhandislari,
ekologiya va toksikologiya, tibbiyot, veterenariya va iqtisod muhandislari.
Xulosa
1.
Tashqi muhitni ifloslantiruvchi qattiq va suyuq chiqindilarni hajmini oshishi bilan bog‗liq
bo‗lgan qonunchilikni yanada qattiqlashtirish (ya‘ni atrof muhitni saqlash talablaridan) bir hujayrali
oqsilni ishlab chiqarilishiga turtki bo‗ladi;
2.
Oqsil ishlab chiqarilishini raqobat bardoshligini oshirish zarurati (ishlab chiqarish sarf harajatini
pasaytirish va sifatini yaxshilash) nisbatan arzon xom ashyoni qo‗llash orqali, fermentativ jarayonlarni
va olinadigan maxsulotni so‗nngi bosqichlarni mukamallashtirish, hamda
produtsentlarni faolligini
oshirish orqali amalga oshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: